2-mavzu: O’zbekiston hududida qadimgi davr davlati va huquqi


Qadimgi davrda mulkiy munosabatlarning tartibga solinishi



Download 44,4 Kb.
bet7/10
Sana09.12.2022
Hajmi44,4 Kb.
#882394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu

Qadimgi davrda mulkiy munosabatlarning tartibga solinishi.
“Avesto”da mulk tushunchasini belgilovchi, mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi alohida me’yorlar nazarda tutilmagan bo’lsa ham, lekin mulkni himoya qilishga qaratilgan muhim qoidalarni uchratish mumkin.
O’zbekistonda qadimgi davrda dehqonchilik asosiy ishlab chiqarish sohasi bo’lganligi sabali mulk huquqida yerga egalik markaziy o’rin egallagan. Barcha sharq mamlakatlaridagi singari butun yerlar rasman podshoning mulki hisoblangan. Biroq amalda turli huquqiy rejimdagi yerga egalik shakllari mavjud bo’lgan. Ularning ichida jamoalarga tegishli yerlar, katta oilalarga tegishli yerlar keng tarqalgan. Bulardan tashqari o’zlashtirilmagan bepayon yerlar, ekin ekilmagan yerlar va yaylovlar ham mavjud edi.
Oilalarga tegishli yerlar xususiy egalikdagi yerlar hisoblangan bo’lsa kerak.
“Avesto”ga binoan qarzdor olgan qarzni to’lamay, uni o’zlashtirsa jinoyat hisoblangan. Yuqorida ta’kidlanganidek, “Avesto”da «Kimda-kim qarzni o’z egasiga qaytarmasa, uning bu amali o’sha omonatni o’g’irlagan bilan barobar” degan qoida bilan ham mulk qattiq himoya qilingan. Shuningdek, “qo’y qasami”, “sigir qasami”, “ekin qasami” kabi tartibotlar kishilarning mulkini o’rtaga qo’yib qasam ichish bilan huquqiy munosabatlarga kirishganliklaridan dalolat beradi.
Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda uy joylar, tomorqa yerlari, chorva, ishlab chiqarish qurollari, barcha ro’zg’or va shaxsiy buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari xususiy mulk hisoblangan.
Lekin hali O’zbekistonda xususiy huquq, ya’ni fuqarolik huquqi me’yorlari uncha taraqqiy etmagan edi.
Majburiyatlarning shartnomalardan kelib chiqadigan turi keng tarqalgandi. Oila va jamoada berilgan so’zdan yoki qasamdan voz kechish, odamlar o’rtasida tuzilgan ahdnomani buzish katta gunoh hisoblangan: “O Spitama, shartnomani buzuvchi kishi butun mamlakatni buzadi, shu bilan birga Artaga tegishli barcha mulku mollarga putur yetkazadi. O Spitama, ahdingni buzma…” (Yasht, X bob).
“Bir-birini qo’llovchi ikki qadrdon do’st o’rtasida tuzilgan ahdnoma yigirma karrali kuchga ega; bir jamoaning ikki a’zosi o’rtasida tuzilsa, o’ttiz baravar kuchga ega; ikki hamkor o’rtasidagi ahdnoma qirq bor o’z kuchini saqlaydi; er va xotin o’rtasidagi ahdnoma ellik darajali kuchga ega; ikki ummat orasidagi ahdnoma oltmish karra kuchga ega; ustoz va shogird shartnomasining yetmish karralik kuchi bor; kuyov va qaynota ahdnomasi to’qson xissalik kuchga ega; ota va o’g’il o’rtasida tuzilgani yuz karra; ikki mamlakat o’rtasida tuzilgan shartnoma ming karra kuchga egadir…».
Huquqiy manbalarda shartnomalarning xilma-xil turlari eslab o’tiladi. Dastlabki shartnomalardan biri ayirboshlash bo’lib, asta-sekin o’z o’rnini oldi-sotdi shartnomasiga bo’shatib bergan.
Qishloq jamoalari o’rtasida tovar ayirboshlashda “pul” vazifasini kulolchilik va temirchilik buyumlari, oziq-ovqat va chorva mahsulotlari bajargan. Qishloq jamoalarida yetishtirilgan mahsulotlarning asosiy qismi shu joyning o’zida, ya’ni ayrim jamoalar o’rtasida iste’mol qilingan.
Yetishtirilgan mahsulotlarning ma’lum qismlarini bozorga olib borish xo’jalikda yoki ro’zg’orda maxsus qurollar (buyumlar, kiyim-kechaklar) zaruriyatidan kelib chiqqan. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning turli hunar-kasblariga bog’liq bo’lgani uchun mahsulotning ortiqcha qismini ayirboshlash an’anasi yanada rivojlangan. Savdo asosida an’anaviy xo’jaliklar va hunar turlari taraqqiy etgan. Bu jarayon ishlab chiqarishni jadallashtirgan.
Shartnomalar asosan og’zaki shaklda tuzilgan. Yozma shartnomalar va ularda guvohlarning ishtiroki haqida aniq ma’lumotlar yo’q. Ikki tomonning qo’l qisib shartnoma tuzishi keng tarqalgan.

Download 44,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish