2-mavzu: O’zbekiston hududida qadimgi davr davlati va huquqi


Jinoyat va jazo masalalari hamda sud ishlarining yuritilishi



Download 44,4 Kb.
bet9/10
Sana09.12.2022
Hajmi44,4 Kb.
#882394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu

Jinoyat va jazo masalalari hamda sud ishlarining yuritilishi.
“Avesto”da ibtidoiy jamoa tuzumiga xos bo’lgan qonli qasos olish haqida hech narsa eslanmaydi. Qonli qasos olish odati o’z o’rnini davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladigan jazolarga va jinoyatchining jabrlanuvchiga yoki qarindoshlariga to’laydigan haqlariga bo’shatib bergan edi.
“Avesto” jinoyat tushunchasiga aniq ta’rif bermaydi. Lekin zardushtiylik aqidasiga ko’ra, yolg’on gapirish, birovni aldash gunoh, ya’ni jinoyat hisoblanadi. Tabiatga nisbatan qo’pol muomalada bo’lganlarga ham jazolar tayinlangan. Yer, suv, tuproq, olov muqaddas hisoblangan.
“Avesto”ning “Vandidat” qismining 5-bobida tabiat va muhitni bulg’aydigan va turli kasalliklar tarqatadigan hayvon va hashoratlarni yo’qotishga kuchli da’vat etilsa-da, lekin uy jonivorlarini ehtiyot qilishga chaqirilgan. Suv yoki (ov) itini o’ldirgan kishi 10.000 barsum, 10.000 ruhiyatni tetiklashtiradigan o’simlik bargi terib berishi lozim edi. Shuningdek, u 1000 ta echkiemar, 1000 ta suv qo’ng’izi, 1000 ta kasal tarqatuvchi pashshani o’ldirib gunohini yuvishi lozim bo’lgan.
Bu haqdagi qonunlar “Avesto”ning “Vandidat” ( “Devlarga qarshi qonun”) nomi bilan atalgan bobida jamlanib, unda shaxsning suvdan foydalanish, jinoyat va jazo, oila-nikoh, mulki bilan bog’liq huquqlarini tartibga soluvchi qoidalar o’z aksini topgan. Ushbu qonunning 13-15 boblarida suvni tejash, uni qadrlash, undan unumli foydalanish haqidagi qoidalar berilgan. Unda har kuni ikki marta sug’orish mumkinligi, har bir ekin ekuvchi bir belko’rak kenglik va chuqurlikdagi ariqqa sig’adigan suv olishga haqli ekanligi, suvni taqsimlash ishlarini kohinlar amalga oshirganligidan dalolat beradi.
“Avesto”da ko’rsatilishicha, odam yoki it o’ligini yerga ko’mib uni olti oygacha qazib olmagan kishi ming darra, agar bir yilgacha qazib olmasa, u holda uni o’n ming darra urush bilan jazolanishi ko’rsatilgan. “Vandidat”da murdani yoqqan kishiga nisbatan o’lim jazosi belgilangan.
Shunday qilib, “Avesto”da jinoyatning shaxsga qarshi, mulkka qarshi va oilaga qarshi qaratilgan turlari bir-biridan ajratib ko’rsatilgan.
Odam o’ldirish, insonni kaltaklash, urish va unga tan jarohati yetkazish, uni hushidan ketkazish kabi xatti-harakatlar shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlarga kirib, bular uchun asosan turli miqdordagi qamchin bilan savalash jazosi qo’llanilgan. Jinoyat takrorlangan holda, uning har bir takrori uchun 20 ta qamchin jazosi qo’shilgan. Demak, bu jinoyatni og’irlashtiruvchi holatlardan hisoblangan. Birovni urib, uning qonini oqizgan shaxsga nisbatan qilmish (jinoyat)ning og’ir-engilligiga qarab jazo belgilangan:
-Ey, olamni yaratgan Zot! Ey, Haqiqat!
Birovni urib, uning qonini oqizgan kimsa yozug’aning jazosi nechuk?
Ahura Mazda javob beradi:
-Ellik qamchin aspahih – ashatra va ellik qamchin saravushu – charana bilan savalanadi.
Ikkinchi marta yetmish qamchin aspahih – ashatra va yetmish qamchin saravushu – charana bilan savalanadi.
Uchinchi marta to’qson qamchin aspahih – ashatra va to’qson qamchin saravushu – charana bilan savalanadi.
Kimda-kim oldingi gunohlarining tovonini to’lagani holda to’rtinchi marta ushbu ganoh bilan bulg’ansa, uning jazosi qanday?
Ahura Mazda javob beradi:
-Uning amali “pishavtanu”dir. Gunohining jazosi yigirma qamchin saravushu – charana va yigirma qamchin saravushu – charana bilan savalanadi.
-Ey, olamni yaratgan Zot! Ey, Haqiqat!
Birovga shikast yetkazib, uning qonini oqizgan holda tovon to’lashdan bosh tortgan kimsaning jazosi qanday?
Ahura Mazda javob beradi:
-Uning amali “pishavtanu”dir. Gunohining mukofoti yigirma qamchin aspahih – ashatra va yigirma qamchin saravushu – charana bilan savalanadi”.

Gunohlar ichida eng og’iri – odam va itlar jasadini “tuproqqa topshirish”, ya’ni yerga ko’mish, suvga tashlash, gulxanda kuydirish jinoyati bo’lib, “dunyoda hech bir jazo, hech bir tovon bunday ganohni poklay olmaydi”, deb ta’kidlanadi “Avesto”da.


Mulkiy jinoyatlarga o’g’irlik, olingan qarzni o’zlashtirish va boshqalar kirgan. “Avesto” qarzdorlik va o’g’irlikni gunoh deb hisoblaydi: «”Kimda-kim qarzni o’z egasiga qaytarmasa, uning bu amali o’sha omonatni o’g’irlagan bilan barobar bo’ladi”. Olingan qarzni o’zlashtirish ham jinoyat hisoblangan.
O’g’il tomonidan otaga qo’l ko’tarish, oila a’zolariga shikast yetkazish, er va xotin, ota va o’g’il o’rtasidagi ahdnomani, “so’z qasami”ni buzish oilaviy jinoyatlar turkumini tashkil qilgan. Bunday jinoyatlarga asosan qamchin jazosi tayinlangan. Jjasadni yerga ko’mish, suvga tashlash, gulxanda kuydirish man qilingan. Shuning uchun ham jasadni zardushtiylar uydan, manzilgohdan, shahardan, tuproqdan, muqaddas olovdan, suvdan chetlashtirib uni toshli va qumli tepaliklarga yoki boshqa maxsus joylarga olib borib qoldirganlar. Uydan, olovdan va suvdan uzoq joylarda tashlab qoldirilgan murdalarni yirtqich hayvonlar va qushlar yo’q qilgan. Yil davomida qor va yomg’ir suvlari murda suyaklarini yuvib, ularni quyoshning muqaddas nuri yana tozalagandan so’ng, maxsus odamlar - “go’rkovlar” zardushtiylarning ochiq qabristonlariga kelib, tozalangan suyakni qishloq-shaharlarga olib kelganlar. Faqat shundagina, murakkab dafn marosimidan keyin, suyaklarni yerga ko’mish yoki maxsus xonalarda, sopol idishlarda va tobutchalarda saqlash mumkin edi.
“Avesto”da sud ishlarini yuritishga oid me’yorlar ham mavjud. Sudya vazifasini kohinlar, jamoa boshliqlari amalga oshirgan.
Sud ishlarini yuritishda ibtidoiy jamoa tuzumining belgilari yaqqol namoyon bo’lgan. Masalan, “Avesto”da bayon etilishicha, qasam ichib ahd qilgan kishi o’z ahdini bajarmagan yoki uni buzgan hollarda haqiqatni isbotlash uchun protsessual normalardan ordaliya (sinab ko’rish yoki jazo berish) qo’llanilgan. Ingliz olimasi Meri Boys va A.G.Perexanyan hamda Z.Muqimovning ta’kidlashlaricha, Sipiytmon Zardusht ta’limotida adolatli sud qilish uchun ordaliyaning 33 usuli mavjud bo’lgan1. Agar so’z qasam to’g’risida borsa, suv bilan sinash, agar shartnomaga oid bo’lsa, o’t bilan sinash o’tkazilib, aybdor yoki gumondorga o’zining haqligini isbotlashga imkon berilgan. Meri Boysning ta’iflashicha, daryo suviga uloqtirib ordaliya o’tkazishning turlaridan biri Yajini valkayaga binoan, ayblanuvchi o’z yonida turgan kishining oyoqlarini ushlab turgan holda suvga sho’ng’ishi lozim bo’lgan. Sho’ng’ish vaqtida: “Varuna, haqiqatan meni himoya qil” deb aytgan. Ana shu lahzada kamondan o’q uzilgan va chopqir kishi o’q ketidan yugurgan, agar o’qni aybdor suv tagida o’lib qolmasdan keltirsa, qasam xudosi Varuna aybdorni avf etdi va oqladi, deb hisoblangan1.
Shuningdek, o’t bilan sinash usullaridan birida aybdor yonayotgan ikki chalayon (o’tli chambarak) orasidagi tor yo’lakdan yugurib o’tishi lozim bo’lib, agar tirik qolsa, shartnoma tangrisi Mitra uni aybsiz hisoblagan. Bundan tashqari, o’t bilan sinashda aybdorni yalong’och ko’kragiga eritilgan miss quyish usuli ham qo’llanilgan. Meri Boysning yozishicha, Olov tangrisi Atar tog’laridagi temirlarni eritib, olovsimon suyuqlikni yoki alangali daryoni yer yuziga oqizadi. Har bir kishi bu daryodan kechib o’tishi lozim bo’ladi, haqiqatgo’y (pok)lar uchun yangi sog’ilgan sut daryosiga o’xshab qoladi, gunohkorlarning ichi eritilgan temir bilan to’ldirilib yong’inga aylanadi. Gunohkorlar va jaholat yer yuzidan tamoman yo’q bo’ladi. Bundan keyin jamiyat (er)da farovonlik, baxt-saodat, adolat va yaxshilik ustunlik qilib, odamlarning o’zaro muomala va munosabatlari, so’zlari, ishlari tinchlik va osoyishtalik munosabatlari bilan bog’lanadi.
Ordaliyaning qaynab turgan suyuqlik (yog’ yoki qaynoq suv) bilan sinash, muz bilan sinash, diniy marosimlarda qo’lda tutib turiladigan metall yoki daraxt novdalaridan yasalgan xivichlar bog’lami bilan va barsman bilan urib sinash, mudom yashil butasimon o’simlik – efedra shirasiga sut aralashtirib tayyorlangan insonni ruhlantiradigan, ya’ni bardam tutadigan xaoma ichimligi ichirib (mast qiladigan darajada emas) sinash va boshqa usullari ham mavjud bo’lgan.



88

Download 44,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish