3.5.Ilk bolalik davrida bolalar shaxsining rivojlanishi
Bu davrdagi bolalarning xatti-harakatlari ularning xohish va hissiyotlari juda opzgaruvchan bopladi. Masalan, bolaning yigplashi hamda yigpidan topxtashi juda tez opzgaradi. Ilk davrda bolada opz yaqinlariga: onasi, otasi, buvi-buvalari, tarbiyachisiga nisbatan muhabbat shakllanadi. Bola opz yaqinlaridan maqtov olishga harakat qiladi. Ota-onalar tomonidan bolaning xatti-harakatlari va shaxsiy xususiyatlariga beradigan ijobiy emotsional baholari ularda opzlarining layoqat va imkoniyatlariga nisbatan ishonchini shakllantiradi. U opz ota-onasiga nihoyatda qattiq bogplangan boplib, intizomli va itoatkor bopladi. Ana shu bogpliqlik sababli bolaning asosiy ehtiyojlari qondiriladi, xavotirligi kamayadi. Onasi yonida boplgan bolalar kopproq harakat qiladilar va atrof muhitni oprganishga intiladilar. Bu davrda bola opz ismini juda yaxshi opzlashtiradi. Bola doimo opz ismini himoya qiladi, uni boshqa ism bilan chaqirishlariga norozilik bildiradi. Kattalarning bola bilan qiladigan muomala-munosabati uning opzini alohida shaxs sifatida anglashini boshlanishiga imkoniyat beradi. Bu jarayon asta-sekinlik bilan amalga oshadi. Kattalarning bola bilan qanday muomala qilishlariga qarab uning opz «Men”ini anglay boshlashi birmuncha avvalroq yoki kechroq yuzaga kelishi mumkin. 3 Yoshli bola opzini, opz xohish va ehtiyojlarini qondirishi mumkin boplgan manba deb biladi va bu uning “Menga bering”, “Koptaring”, «Men ham boraman» kabi talablarida koprinadi. Uch Yoshli bolalar opzlarini opzgalar bilan taqqoslay boshlaydilar, buning natijasida bolalarda opz-opzini baholash vujudga keladi. SHu davrdan boshlab bolalarda mustaqil boplish ehtiyoji yuzaga keladi va bu ularning «.opzim qilaman” qabilidagi sopzlarida namoyon bopladi.
3 Yoshdagi inqiroz: 3 Yoshga kelib bola opzini kattalar bilan taqqoslay boshlaydi va kattalar qilishi mumkin boplgan (huquqi boplgan), ular bajara oladigan harakatlarni bajarishga intiladi. “Men katta boplsam mashina haydayman”, «Men sizga katta tort olib kelaman», «Mening yuzta qopgpirchogpim bopladi» kabi xohishlarini opz tili bilan ifodalaydi va u kelasi zamonda gapirsa ham opzining barcha xohishlarini shu bugun amalga oshirishga harakat qiladi. Koppincha bunday xislat qathiylik va qaysarlik bilan namoyon bopladi. Bu qaysarlik asosan bolaning kattalarga bildirgan salbiy xatti-harakatlarida namoyon bopladi. Bola opzini mustaqil harakat qila olishini anglagan vaqtdan boshlab, unda «opzim qilaman» boshlanadi va bu yana kaysarlik va opjarlik tarzida koprinadi. 3 Yoshdagi inqiroz bola shaxsining mahlum bir darajada rivojlanganligi va kattalar bajaradigan xatti-harakatlarni qila olmayotganligini anglashi natijasi hisoblanadi. Inqiroz davrida yuzaga keladigan iroda, layoqat va boshqa bir qancha xususiyatlar uni shaxs boplib shakllanishiga tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |