Ilk Yoshdagi bolalarning etakchi faoliyat turi - predmetlarni oprganish, predmetlar bilan manipulyativ harakat hisoblanadi. Gopdaklik davridagi bolalarga nisbatan, ilk bolalik davridagi bolalar atrof muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan kopproq qiziqish bilan qaraydilar. Agar, gopdak bola qopliga ushlagan narsani oddiy harakatlar bilan kuzatsa, 2-3 Yoshdagi bola shu predmet qismlarini diqqat bilan oprganganidan sopnggina, opz amaliy faoliyatida ishlata boshlaydi. Bolani dastlab, ayni shu predmetlarning qopllanish vazifasi, mohiyati qiziqtirib, u opz savoliga javob olish maqsadida koppincha kattalarga “Bu nima?» degan savol bilan murojaat qiladilar. 1-3 Yoshdagi bola shakllanishda psixik rivojlanishning opta ahamiyatliligini inobatga olgan holda, ayrim psixologlar (R.Zazzo) inson tugpilganidan to yetuklik davrigacha boplgan psixik rivojlanish asosining taxminan oprtalari, 3 Yoshga topgpri keladi, degan mulohazani bildiradilar. Bu Yoshdan boshlab, bolalar predmetlarni oprganish olamiga qadam qopyadilar. U endi kattalar bilan nutq orqali muomala-munosabatda bopla oladi va sodda axloq qoidalariga amal qila boshlaydilar. Kattalar bilan bopladigan muloqoti tufayli bola atrof hayot haqida kopproq mahlumot oladi. Nutq - bu Yoshlarda nafaqat muloqot, balki bola tafakkurining rivojlanishi va opzini-opzi, SHuningdek, bilish jarayonlarini boshqarish vositasi boplib ham xizmat qiladi.
3.4.Ilk Yoshdagi bolalarning aqliy taraqqiyoti
Ilk bolalik davridan boshlab bola uni oprab turgan predmetlarning xususiyatlarini va ular orasidagi oddiy bogpliqliklarni anglashga harakat qiladi. Bu davr aqliy rivojlanishning asosini, idrok va tafakkur harakatlarining yangi koprinishlarini tashkil etadi. 1 Yoshli bola predmetlarni izchil, tizimli ravishda koprib chiqa olmaydi. U asosan predmetning qandaydir bir kopzga tashlanib turadigan belgisiga opz ehtiborini qaratadi va predmetlarni shu belgilariga kopra taniydi. Keyinchalik yangi idrok harakatlarining egallanishi bolaning predmetli harakatlarini bajarishdan kopz bilan chamalab, harakat qilishiga optishda namoyon bopladi, endi u predmetning boplaklarini ushlab koprmasdan, balki chamalab idrok eta oladi. 2,5-3 Yoshli bola kattalarning koprsatgan namunasi, rangi, shakli va kattaligiga kopra, aynan shunday predmetlarni chamalab, idrok etgan holda topgpri topa oladi. Bolalar avval shakliga, sopngra kattaligiga va undan keyingina rangiga qarab ajrata oladilar. Bu jarayonda bola bir xil xususiyatga ega boplgan juda kopp predmetlar mavjudligini tushuna boshlaydi. Lekin, bola rasm chizishni boshlash davrida predmetlarning rangini ehtiborga olmaydi va opziga yoqadigan ranglardan foydalanadi. Tadqiqotlarning koprsatishicha 2,5-3 Yoshli bola 5-6 ta shaklni (doira, kvadrat, uchburchak, topgpriburchak, koppburchak) va 8 xil rangni (qizil, olov rang, sariq, yashil, kopk, siyohrang, oq, qora) idrok etishi mumkin. Rang va shakllarning maqsadga muvofiq ishlatilishi jihatidan har xil narsalarda turlicha namoyon boplishi sababli, bu Yoshdagi bolalar ularni idrok etganlari bilan nomlarini aniq bilishlari va opz nugqlarida ishlata olishlari birmuncha qiyinroq. Kattalarning bu Yoshdagi bolalardan rang va shakllarni eslab qolishlarini talab etishlari notopgpridir, buning uchun mos davr 4-5 Yoshlar hisoblanadi.
Bola 3 Yoshigacha opzlashtirgan sopzlar asosan predmet va harakatlarning nomlarini bildiradi. Nomlar asosan uning vazifasini anglatadi, bunda predmet yoki harakatning tashqi koprinishi opzgarsa ham uning nomi opzgarmaydi. SHuning uchun ham bola predmetlarning nomlarini ishlatilishini vazifalariga bogplagan holda tez opzlashtiradi. Idrok opssa, xotira takomillashadi. Xotira bolaning taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga egadir.
Ilk Yoshdagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat ustunligicha qolaveradi. Masalan, bola juda berilib ertak eshitayotgan boplsa ham, xonaga birov kirib qolsa, uning diqqati ixtiyorsiz shu ertakdan chalgpiydi. Diqqatning kopp chalgpishi bu Yoshdagi bolalar diqqatining xarakterli xususiyatidir, chunki psixik hayot doimiy ravishda tashqaridan bopladigan yangi opzgaruvchilarga muhtoj boplib turadi. Ammo obhektga boplgan qiziqish qancha aniq va ravshan boplsa, bolaning ixtiyorsiz diqqati shuncha barqaror bopladi. Ixtiyorsiz diqqatning kelgusi taraqqiyoti qiziqishlarning boyib borishiga bogpliqdir. Bu Yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqat endigina vujudga kela boshlagan bopladi.
Uch yashar bolaning xayol obrazlari tevarak-atrofdagi predmetlarning tahsirida tugpiladi va mahlum maqsadga bopysunadi. Bola qopgpirchoqni koprib boplgandan keyin, uni kiyintiradi va «uxlashga» yotqizadi. Bordi-yu, shu on «ayiqcha»ni koprib qolsa, diqqatini qoplidagi qopgpirchoq qolib, ana shu «ayiqcha»ga qaratadi va u bilan «oprmonga sayr qilishga» ketadi. Bolada tajriba ortib borishi bilan xayol ham boyib boradi. Kichkina bolalarda xayol ancha rivojlangan bopladi. Lekin bola xayoldagi obraz bilan borliqdagi idrok qilayotgan narsa va predmetlarni aralashtirib yuboradi. SHu sababli bola xayoliga tahsir etuvchi vositalar ichida ertaklar muhim oprin egallaydi.
Ilk bolalik Yoshidagi bolaning xayoli predmetlar bilan qilinadigan harakatlarga bogpliqligi bilan farqlanadi. Bu Yoshdagi bolalarda nutq va tafakkur xususiyatlari opz hayotining birinchi yilida sodda assotsiatsiya, yahni har xil tasavvurlarni bir-biri bilan bogplash qobiliyatiga ega bopladi. Masalan, u sutli shishani koprishi bilan xursand bopladi. Vaqt optishi bilan bolaning assotsiatsiyasi murakkablashib boraveradi. Bola bir Yoshga toplay deganda, onasining kopchaga kiyadigan kiyimini olib kelayotganini koprib, xursand bopladi. Vrachning tekshirishidan yomon tahsirlangan bolalar xalatli odamlardan qoprqa boshlaydilar.
Bola opz hayotining ikkinchi yilida fazo munosabatlarini aniqlay boshlaydi, xonaning ichidagi predmetlar orasida opzini topgpri tutish malakasini egallab boradi.
Bolaning Yoshi ulgpayishi bilan unda tevarak-atrofga boplgan qiziqish ortadi. Kichkintoydagi sinchkovlik va har narsaga qiziquvchanlik uning kelgusi hayotida juda muhim rol opynaydi. Bola hamma narsani opzi koprishni va eshitishni istaydi. Lekin bolaning hayoti va rivojlanishi uchun koprish va eshitish sezgilari asosida vujudga keladigan taassurotlargina emas, balki hid va muskul-harakat sezgilari orqali oladigan taassurotlar ham juda
muhimdir.
Ilk bolalik davrining boshlariga kelib, bolada birinchi tafakkur operatsiyalari yuzaga keladi. Buni bola biror predmetni olishga harakat qila olganidan sopng, uni sinchiklab oprganishida koprishimiz mumkin. Ularning tafakkurlari, asosan, koprgazmali-harakatli boplib, u atrof olamdagi turli bogpliqliklarni oprganishga xizmat qiladi. Opzidan uzoqroq turgan koptokni biron-bir uzunroq narsa bilan itarib yuborish mumkinligini koprgan bola, endi mustaqil ravishda divan tagiga kirib ketgan koptokni tayoqcha yordamida olish mumkinligini tafakkur eta oladi. Bu davrdagi bolalar tafakkurida umumlashtirish katta oprin tutadi. Umumlashtirishda nutq muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, soat deyilishi bilan bola qopl soatini yoki devordagi osma soatni ham tushunishi mumkin. Lekin, ular turlicha boplganligi bois, ularda umumiylikni topish bola uchun qiyinroq hisoblanib, bu borada fikrlash 2-3 Yoshli bolalar mahlum bir predmetlarning oprniga ularning oprnini bosishi mumkin deb hisoblagan boshqa narsalardan ham foydalanadilar. Masalan, opyin jarayonida bola choppni qoshiq yoki termometr oprnida, yogpochdan yasalgan krovat yoki mashina oprnida foydalanishi mumkin.
Bola ikki Yoshlarga borib, amaliy tafakkurdan birinchi marta foydalana oladi, uchinchi Yoshida esa bahzi tanish harakatlardan qonkret masalalarni hal qilishda mustaqil foydalana boshlaydi. Masalan, bu Yoshdagi bola vazadagi tugmachani qopli bilan solib, ololmasa, u vazachani topntarib olaveradi. Tafakkurning bu boshlangpich shaklini bahzan «qopl tafakkuri» ham deyiladi. Tafakkurning bu shaklii bola aqliy tarqqiyotining kelgusi bosqichi uchun juda zarurdir.
Uch Yoshli bolalarda hukmning oddiy turlarini koprish mumkin. Bu hukm turlari doimo faqat opzi bevosita idrok qilayotgan va yakka predmetlarga taalluqli bopladi. Bola 2,5 Yoshga etganda savollar bera boshlaydi. Avval savollar kopproq predmetlarning nomi topgprisida boplsa, keyinchalik savollar asosan predmetlarning qanday maqsadlarda qopllanilishi va nimalarga ishlatilishi topgprisida (masalan, bu nima?, bu bilan nima qilinadi?, bu nimalarga ishlatiladi? kabi) bopladi. Hozirgi zamon, optgan zamon va umuman vaqt topgprisidagi aniq tasavvur tushunchasi fazoviy tasavvurlarga nisbatan ancha kech paydo bopladi. Bola predmetlar bilan kopproq aloqa qilishi, ular bilan munosabatda boplishi va ularning xususiyatlarini tekshirib koprishi kerak. Bu bilan unda dastlab ayrim predmetlar va hodisalar haqida tasavvurlar topplana boradi va keyinchalik shular zaminida umumiy tasavvur va tushunchalar hosil bopladi, mantiqiy tafakkur rivojlana boshlaydi. 2-3 Yoshli bola kopp narsani koprishni, kopp narsani bilishni va tushunishni istaydi, bu uning qiziquvchanlik va sinchkovlik xususiyatidan kelib chiqadi. U hamma joyga «tiqiladi», kattalarga halaqit berib, ularning tinkasini quritib juda kopplab savollar beradi.
Kattalar mana shu savollarning hammasidan bolalarda tafakkurni opstirish va tevarak-atrofdagi olamni turli tushunishni tarbiyalash maqsadida foydalanishi gpoyat muhimdir. Bola opz savollariga tushunarli javob olganidan keyin, bu mahlumotlarni opz opyinlarida aks ettiradi va shu yopl bilan ularni xotirasida mustahkam saqlanib qoladi. Bola tevarak-atrofdagi olamni kattalarning tushuntirishi bilan bir vaqtda kuzatsa, atrofdagi olamni yaxshiroq tushuna boshlaydi, narsa va hodisalarni solishtiradi, ularning ayrimlari oprtasidagi opzaro bogplanishlarni va buning sabablarini aniqlaydi. Mana SHuning opzi bolada ancha umumlashgan tafakkur paydo boplayotganidan darak beradi.
Bola tafakkurining rivojlanishi nutqning opsishi bilan mustahkam bogplangandir, nutqning opsishi tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi, chunki sopz narsa, predmet va harakatlar bilan opzaro munosabatda bopladi. Opz navbatida, tafakkurning rivojlanish darajasi sopz zaxirasining oshishiga, umuman, nutqning opsishiga yordam beradi.
Bu Yoshdagi bolalarning yana bir muhim yutugpi, ona tilini opzlashtirib olishlaridir. Bir Yoshdan uch Yoshgacha boplgan davr nutqning jadallik bilan opsish davri hisoblanadi.
Nutq bola hayotining ikkinchi yilida ikki bosqichda tarkib topadi. Dastlabki bosqich birinchi Yoshning oxiridan bir yarim Yoshgacha boplgan davr boplib, bolada bu davrda asosan kattalarning unga murojaat qilib aytgan gapini tushunish qobiliyati opsib boradi. Bolaning lugpat boyligi ayniqsa bir Yoshdan keyin, yahni yurishni oprganib, tobora kopp predmetlarga duch kela boshlagan davridan boshlab tez opsa boradi. Bola predmetlarning nomini tez bilib oladi.
Bola ikki Yoshga toplganda, harakatlarning ham nomlarini bilib oladi. Bu harakatlarga bolaning opzi bajaradigan yoki kattalar tomonidan bajarilgan, nomi aytilgan va bola kuzatib borgan harakatlar kiradi. Bu «passiv» nutq hisoblanadi, chunki bola sopzlarni tushunadi-yu, lekin ularni talaffuz qila olmaydi.
3 Yoshlar arafasida predmetlarning vazifalarini topla opzlashtirgan bolalar, opz opyinlarida, shu predmetlardan maqsadsiz foydalanib qolmay, balki ularni opz vazifalariga kopra ishlatadilar. Bolaning nutqi u 1,5 Yoshga etgungacha birmuncha sekinlik bilan rivojlanadi. Bu davr ichida u 30-40 ta sopzdan, to 100 tagacha sopzni opzlashtiradi, lekin ularni amaliyotda juda kam qopllaydi. 1,5 Yoshdan boshlab esa, uning nutqi jadal rivojlana boshlaydi. Endi bola predmetlarning nomlarini aytishlarini soprabgina qolmay, balki bu sopzlarni opzi talaffuz etishga ham harakat qiladi. Nutqining rivojlanish darajasi jadallashadi. 2 Yoshlarning oxirlariga borib, bola 300 tagacha, 3 Yoshlarning oxirlariga borib esa, 500 dan to 1500 tagacha sopzni opz nutqida ishlata oladi, SHuningdek, sopzlarni ham aniq talaffuz etib, jumlalarni topgpri tuza oladilar. 1,5 -3 Yoshlar nutqning rivojlanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi. Bola bilan sopzlashayotganda kattalar sopzlarni aniq talaffuz etishlari va boladan ham aniq talafuzni talab etishlari lozim.
Bir predmetni boshqasi oprnida qopllash mumkinligini anglash, bola uchun atrof-olamni bilish, oprganishidagi ahamiyatli burilish hisoblanadi va u dastlabki tasavvurlarini yuzaga keltiradi. Bu Yoshdagi bolalar endi, asta-sekinlik bilan kattalar aytib berayotgan ertak, voqea yoki hikoyalarni, SHuningdek rasmda chizilgan narsalarni tasavvur eta oladilar. Ertaklarni eshitish jarayonida bola ertak kahramonlarini kimgadir opxshatishga harakat qiladi, bahzida esa u opzi mustaqil ertak yoki hikoyalarni topqiy olishi ham mumkin. Ilk bolalik davrida xotira bilishdagi asosiy vazifa hisoblanib, u bilishning barcha koprinishlarini rivojlanishida ishtirok etadi. Bu davrda bolaning xotirasi jadal rivojlanadi. Bolaning hayotiy tajribalarni opzlashtirishida dastlab harakatli, emotsional va obrazli xotira ishtirok etadi. Bu borada harakatli va emotsional xotira ustunlik qiladi. Xotira bu Yoshda asosan ixtiyorsiz bopladi. Bu davrdagi bolalarga kopp kitob opqib berish natijasida ular ertak, shehr va hikoyalarni eslab qoladilar, lekin bunday eslab qolish bolaning umumiy aqliy rivojlanishidan ham, xotirasining individual xususiyatidan ham dalolat bermaydi. Bu ilk bolalik davridagi bolalarning barchasiga xos boplgan nerv tizimining umumiy egiluvchanligi natijasidir. Opzi va atrof hayoti haqidagi voqea va hodisalarda ketma-ketlik borligi uchun ham ularni hali topliq ravishda xotirasida saqlab qola olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |