2-mavzu: O‘lkashunoslikning asosiy manbalari Reja



Download 99,96 Kb.
bet21/63
Sana08.02.2022
Hajmi99,96 Kb.
#435508
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   63
Bog'liq
2-maruza

Bo`stonliq — Toshkent viloyatidagi qishloq. Bo`stonliq «bog`-rog`» ma`nosidagi bo`ston so`zidan ko`ra bo`ston (bo`zto`nli) degan urug` nomi bilan atalgan deyish to`g`riroqdir. SHu rayonda CHimboylik degan qishloq ham bor (CHimboy — urug` nomi) — lik, — lig affiksi kishilarning qaysi qabila-urug`dan ekanini ham ko`rsatadi: masalan, ming qabilasidan bo`lgan kishilar minglik deb atalgan.
Zarkent — Toshkent viloyatidagi qishloqlardan biri. V. V. Bartol’d arab geograflaridan Muqaddasiy asarlarida SHosh viloyatida qayd qilingan Zarankatu qishlog`ini hozirgi Zarkent bo`lsa kerak, deb taxmin qiladi. Zar «oltin» bo`lsa, zer, zerin «quyi», «etak» demakdir. Zerinkat bo`lganda «Pastdagi qishloq», «Tog` etagidagi qishloq» deyish mumkin edi.
Qo`yliq — Toshkent shahrining chekkasidagi joy. Professor H. H. Hasanov Qo`yliqni
«Quyilik», «pastlik»deb izohlaydi. YAna shuni aytish kerakki, DO`rmon urug`ining bir shoxobchasi «qo`yli» deb atalgan Qo`yli Qo`yliq bo`lib ketgan bo`lishi mumkin. Bundan tashqari, Mo`g`ul sarkardalaridan birining ismi Qo`yliq bo`lgan. Mo`g`ul sarkardalarining nomlari O`rta Osiyo toponimiya-sida anchagina saqlanib qolgan. Bundan tashqari, o`sha sarkarda Qo`yliq Toshkentga ham kelgan.
Ohangaron daryosi — Sirdaryoning o`ng irmog`i. Mo`g`ullar kelmasdan oldingi manbalarda Iloq daryosi deb atalgan. Daryo vodiysida temirchilik rivojlangani uchun daryoni
Ohangaron, ya`ni «Temirchylar daryosi» deb ataganlar.
To`ytepa — bu nomning negizida to`y ma`nosi yotishi munozara qilinishi mumkin.
Turgan gapki, bu nomning to`y (svad’ba), to`yko`l so`zlariga dahli yo`q Dori o`t va kulollar ishlatadigan sopol idishlar yasash uchun ishlatadigan loy ham to`y deyiladi. Sopol yasaydigan tuproqni «gil» deb izoxlashga bir qadar asos bor. Ammo Mahmud Koshg`ariyning asarida boshqacha izoh beriladi:
«To`y — askarlarning turar joyi. Xon to`yixon askargohi». SHunga asoslanib, To`ytepa — «qal`atepa», «qo`rg`ontepa», «lashkartepa» ma`nosida bo`lishi ham ehtimol.
Toshkent shahrida bir qator qadimgi me`morchilik obidalari mavjud. Bulardan biri — Abdulqosim shayx madrasasidir. Bu madrasa Abdulqosim eshon, Qoraxon eshon, Ma`dixon qozi madrasasi ham deb atalgan.. O`rta Osiyo me`morchiligi asosida XIX asrda o`sha davr an`analari bilan qurilgan tarixiy yodgorlikdir. O`ziga tutashgan masjid va hammom bilan birga qadimgi Beshyog`och dahasidagi mahalla guzarini tashkil qilgan. Dastlab madrasa bir qavatli bo`lgan. 1864 yili hovli qismida ikkinchi qavati qurilgan. Binoni bezashda asosiy e`tibor bosh fasadga qaratilgan. U chorsi pishiq g`ishtdan ikki qavatli qilib, sharqqa qaratib qurilgan. Bosh fasadni bezash maqsadida uning ikki yoniga bir xil ravoqlar ishlangan. Bosh fasadning o`rta qismida madrasa devori sirtidan 1,82 m. bo`rttirib chiqarib, balandligi 16 m. li peshtoq ishlangan. Uning ikki yonida guldasta minora qad ko`tarib, ularning tepa qismida XVI — XVII asrga xos mezana bor. Peshtoqning old va yon tomonlari to daxana asosigacha va devorning kungurador qismi chorsi pishiq g`ishtdan tekis qilib ishlab chiqilgan, uning yuqori qismi esa sharafa hamda kitoba bilan bezatilgan. Ko`kaldosh madrasasi singari bunda ham darvozadan kiraverishdagi chap tomonda darsxona, o`ngda masjid, to`rida xonaqoh «Mo`yi muborak» — deb ataladi. Bu bino madrasadan ilgari 1820 yili qurilgan. Darsxona va masjid tomlari o`zaro kesishadigan ravoqlar ustiga gumbaz qilib qurilgan. Hovlining tarxi — chorsi 28X22 m. Kompleksga kirgan masjid keyinchalik buzilib ketgan. Madrasa 1983 yili ta`mir qilingan. Uning binosidan qadimgi yodgorliklarni targ`ib qilish uyi sifatida foydalaniladi.

Download 99,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish