1214 yili SHayx Zayniddinga atab solingan yodgorlik Arxeologik tekshirishlarga ko`ra, yodgorlik yonida joy-lashgan chillaxona XII — XIII asrlarga, maqbara o`rnida bo`lgan xonakoh, XIV asrga oid. Maqbara devorlari asosi XVI asrda qurilgan, tepasi va peshtoqi XIX asr oxiri va XX asr boshlaridata`mir qilingan. YOdgorlik peshtoq — gumbazli cho`zinchoq maqbara — xonakohlar tipiga mansub. CHortoq xonakohning to`rt tomonida eshiklar ochilgan. Tashqi gumbaz baland asosga o`rnatilgan. YOg`och darvozaga ustaning nomi — «Mirshaxob Abdumo`min o`gli» o`yib yozilgan. Darvoza tepasidagi deraza o`rnida yog`och panjara saqlanib qolgan. XIII — XIV asrlarda maqbara atrofida qabriston vujudga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |