-mehnatni rag‘batlantirish qat’iy normalashtirildi;
-mehnatni rejalashtirish va nazorat qilish qat’iylashtirildi;
-mehnatni “jismonan majburlash” joriy qilindi;
-yollanma ishchidan “fikrsiz robot” sifatida foydalanish usuli qat’iy o‘rnatildi.
Ishbilarmonlik etikasini qo‘llash, boshqa komponentlar bilan mojarolarni yuzaga keltirmasdan, etaklovchi korxonalarning etik faktorining potensialini maksimal darajada ishlatishga imkoniyat beradi.
4. “Insoniy munosabatlar” ta’limi 4. “Insoniy munosabatlar” ta’limi Menejment kamchiliklariga ilmiy ta’sir etish uchun “inson munosabatlar” ta’limi paydo bo‘lishdan boshlanadi. Uning asoschisi amerikalik psixolog E. Meyo(1880-1949) hisoblanadi. E. Meyoning xulosasi bo‘yicha ishlab chiqarish va boshqaruvda hamma muammolar ichki munosabatlari nuqtai-nazaridan qarab chiqilishi kerak. 1820-1830 yillarda AQShda ilmiy va ma’muriy menejmentlarga muqobil harakat sifatida “teylorizm)ga qandaydirdarajada qarshi yangi nazariya - . “Insoniy munosabatlar” maktabi paydo bo’ldi. Bu maktabga amerikalik jamiyatshunos va ruhshunos E. Meyo (1880-1949) asos soldi.
Bu maktab nuqtai nazaridan:
--ishchi-bu fikrsiz robot emas, balki obro‘-e’tiborga, o‘z-o‘zini hurmat qilishga, o‘z qadr-qimmatini his etishga;
-boshqa kishilar tomonidan ma’qullanishga, shaxsiy maqsadlar va manfaatlarga erishishga intilishda muayyan ijtimoiy ehtiyojlarga ega bo‘lgan individdir.
Ayni individlar kompaniya va firmalarning manbai ekanligidan kelib chiqib, insoniy munosabatlar maktabi boshqaruvining:
-tashabbuskorlikdan;
-ishchilar bilan hamkorlikdan;
-kompaniyadan “birdamlik ruhi” va “mushtaraklik tuyg‘usi”ni shakllantirishdan foydalanish hamda ularni rag‘batlantirishga asoslangan tegishli usullarni ishlab chiqdi.
Amerikalik olim Duglas Mak Gregori (1906-1964) ikki jildlik «X» va «У» nazariyasi kitobini yaratdi. «X» nazariyasida boshqaruvga an’aaviy yondoshuvni ma’muriy buyruqbozlik jarayonini aks ettiradi.
X (iks) nazariyasiga ko‘ra, namunaviy yollanma ishga-tabiatdan yalqov bo‘lgan kiishi, shu sababli u topshirilgan ishdan bo‘yin tovlashga urinadi, unda izzattalablik, mas’uliyat sezish, fahm-farosat etishmaydi. Bunday holatda xodimni doimo majburlash, nazorat qilish, jazolash va jarima solish qo‘rqitib turish zarur.
У (igrik) nazariyasi birinchisiga qarama-qarshi: yollanma ishchilar tabiatan faol, ularga tashabbus-korlik va uddaburonlik, o‘z zimmasiga mas’uliyat olish salohiyati xosdir. Bunday holda menejerning vazifasi kishilar o‘z maqsad va manfaatlariga g‘oyat maqbul tarzda erishadigan shart-sharoitni yaratishdan iborat bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |