2-mavzu. Mehnat va ish haqi hisobi Mavzu rejasi


 Mehnatga haq to‘lashning tarifli tizimi



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana17.12.2022
Hajmi0,64 Mb.
#889604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-mavzu Mehnat va ish haqi hisobi 2

2. Mehnatga haq to‘lashning tarifli tizimi 
Tarifli tizimi - bu, mehnat sharoitlari va uning og‘irligi, ishlarni bajarishning tabiiy 
iqlim sharoitlari, mehnatning jadalligi va xususiyati inobatga olingan holda, mehnatga haq 
to‘lashni tabaqalashtirishni ta’minlashda foydalaniladigan me’yorlar majmuidir. 
Quyidagilar mehnatga haq to‘lashning tarifli tizimini tashkil etuvchi asosiy 
elementlar hisoblanadi: 

tarif stavkalari va setkalari, 

tarif koeffitsientlari, 

malakaviy-tarif ma’lumotnomalari, 

ustama va boshqa qo‘shimcha haqlar. 
Tarif stavkalari va setkalari 
Tarif stavkasi - bu bir birlik ish vaqti uchun to‘lanadigan, pul shaklida ifodalangan 
mehnatga haq miqdori. 
Ishchilarga mehnat haqi to‘lashda qo‘llaniladigan 
tarif stavkasi
- bu bir birlik vaqt 
(soat, kun, oy) davomida bajarilgan ma’lum murakkablikdagi mehnat uchun mukofot 
miqdoridir.
Razryad -
bajarilayotgan ishning murakkabliligi ko‘rsatkichidir. Ular asosida u yoki 
bu ish turiga tarif belgilanadi. Shu vaqtning o‘zida razryad ishchining malakasi ko‘rsatkichi 
vazifasini ham o‘taydi. Mehnatga haq to‘lash har doim bajarilgan ish razryadiga asosan 
amalga oshirilganligi uchun, ishchi tomonidan bajarilayotgan ish razryadi oshishi bilan 
uning mehnat haqi miqdori ham ortib boradi. 
Bir oyga hisoblanganda nolinchi razryad tarif stavkasi miqdori qonunchilik bilan 
belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan past bo‘lmasligi kerak. Bu tarif stavkasi 
ishchidan hech qanday malaka talab etmaydigan, eng oddiy turdagi mehnatga haq to‘lash 
uchun qo‘llaniladi. 
Mehnatga haq to‘lashning vaqt birligi qilib soat, kun, oy tanlanishi mumkin. Shunga 
mos ravishda, tarif stavkasi soatlik, kunlik yoki oylik bo‘lishi mumkin. Ishchilar mehnatiga 
haq to‘lash uchun u yoki bu turdagi tarif stavkasini tanlash, bu korxonada qanday mehnat 
me’yorlari qo‘llanilishi bilan shartlanadi. Agar mehnat me’yorlari smenli topshiriq 
shaklida ifodalangan bo‘lsa, u holda unga haq to‘lash uchun kundo‘zgi tarif stafkalari 
qo‘llaniladi. 


Oxirgi paytlarda mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lash tizimida soatlik tarif 
stavkasi ahamiyati ortib bormoqda. Bu birinchidan, iqtisodiyotning ko‘pchilik 
tarmoqlarida mehnatga haq to‘lash soatlik stavkalar asosida amalga oshirilayotganligi; 
ikkinchidan, ayni soatlik tarif stavkasi asosida, ishchiga amaldagi qonunchilik bilan 
kafolatlangan (zararli mehnat sharoitlari tufayli qisqartirilgan ish vaqtida, ish vaqtidan 
tashqari ish bajarganligi uchun, kechki payt ishlaganligi uchun va hokazo) qo‘shimcha haq 
miqdorini aniqlanishi bilan tushuntiriladi. 
Ish vaqtining jamlangan hisobini qo‘llovchi korxonalarda aniq bir ishchining o‘rtacha 
ish haqini hisoblash uchun foydalaniladigan o‘rtacha soatlik ish haqidan soatlik tarif 
stavkasini farqlash zarur. 
Barcha turdagi tarif stavkalari (soatlik, kunlik va oylik) miqdori bajarilayotgan ish 
qiyinchilik darajasi, shuningdek sharoitlari va jadalliligiga bog‘liq holda oshib boradi. 
Tarif stavkasi negizida rag‘batlantirish tizimi tashkil topadi. Ish haqiga mukofotlar, 
ustamalar, qo‘shimcha haqlar, tuman koeffitsientlari tarifga nisbatan foiz hisobida 
hisoblanadi. 
Bajarilgan ishlar razryadidan kelib chiqqan tarif stavkalari miqdorlari orasidagi nisbat 
tarif setkasida har bir razryad uchun belgilangan tarif koeffitsientini qo‘llash yo‘li bilan 
aniqlanadi. Nolinchi razryad tarif koeffitsienti birga teng. Birinchi razryaddan boshlab u 
ortib boradi va tarif setkasida ko‘rsatib o‘tilgan oxirgi, eng yuqori razryad uchun o‘zining 
eng yuqori miqdoriga yetadi. Birinchi va oxirgi razryad tarif koeffitsientlari nisbatini tarif 
setkasi diapazoni deb nomlash qabul qilingan. 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish