2-mavzu. Mehnat va ish haqi hisobi Mavzu rejasi


 Ta’til muddatini hisoblash va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana17.12.2022
Hajmi0,64 Mb.
#889604
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2-mavzu Mehnat va ish haqi hisobi 2

6. Ta’til muddatini hisoblash va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini 
to‘lash tartibi 
Ta’tillarning muddati olti kunlik ish haftasi yuzasidan taqvim bo‘yicha ish kunlari 
bilan hisoblab chiqariladi. 
Ta’til davriga to‘g‘ri kelib qolgan va ishlanmaydigan kunlar deb hisoblanadigan 
bayram kunlari ta’til muddatini belgilashda hisobga olinmaydi. 
Yillik ta’tilning umumiy muddatini hisoblab chiqarishda qo‘shimcha ta’tillar yillik 
asosiy ta’tilga (shu jumladan uzaytirilgan ta’tilga ham) qo‘shib jamlanadi. 
Barcha hollarda qonun hujjatlari bilan belgilangan ta’tillarni jamlashda ularning 
umumiy muddati qirq sakkiz ish kunidan oshib ketishi mumkin emas. 
Ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarilgan ta’til muddati, har bir to‘liq 
ta’til miqdorini o‘n ikkiga bo‘lib, so‘ng to‘liq ishlangan oylar soniga ko‘paytirish yo‘li 
bilan aniqlanadi. Bunda o‘n besh taqvimiy kunga teng va undan ko‘p bo‘lgan kunlar bir oy 
deb yaxlitlanadi, o‘n besh taqvimiy kundan kami esa chiqarib tashlanadi. 
Xodim mehnat ta’tilida bo‘lganda tarif stavkalari, lavozim maoshlari miqdorlari 
oshgan hollarda mehnatga haq to‘lashning yangi shartlaridagi korxonaning ishlagan 
kunlariga to‘g‘ri kelgan ish kunlarining amaldagi soni uchun to‘lovlar qayta hisoblanadi. 
O‘rindoshlik asosida ishlovchi ishchilarga mehnat ta’tili asosiy ish joyidagi ta’til 
bilan bir vaqtda, o‘rindoshlik asosida ishlagan ish vaqtiga mutanosib ravishda ta’til vaqtiga 
haq to‘lash bilan beriladi. 
O‘zR MKning 285-moddasi, xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik 
nafaqasini quyidagi hollarda to‘lashni nazarda tutadi: 
- kasal bo‘lish (jaroxatlanish) tufayli mehnat qobiliyatini yo‘qotganda; 
- sanatoriy-kurortlarda davolanganda; 
- kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo‘lganda; 
- karantin e’lon qilinganda; 
- sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtinchalik boshqa ishga o‘tkazganda; 
- protez-ortopediya korxonasi statsionariga joylashtirilgan holda protez qilinganda. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi mehnatda mayib bo‘lgan va kasb 
kasalligiga chalinganda ish haqining to‘liq miqdorida, boshqa hollarda esa, xodiqiyining 
davlat ijtimoiy sug‘urtasi badallarini to‘lagan muddatiga (umumiy ish stajiga), 
qaramog‘idagi voyaga yetmagan bolalarining soni va boshqa holatlarga qarab, ish haqining 
oltmish foizidan yuz foizigacha miqdorda to‘lanadi. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasining eng kam miqdori qonun hujjatlarida 
belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan oz bo‘lmasligi va nafaqa hisoblab chiqariladigan 
ish haqi miqdoridan ortib ketmasligi lozim. 


2007 yil 1 yanvarga qadar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari, o‘rnatilgan 
tartibda berilgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi (kasallik varaqasi) asosida 
(yo‘qotilganda dublikat asosida) Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan to‘langan. 
2007 yil 1 yanvardan boshlab vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini to‘lash 
bilan bog‘liq xarajatlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan - ularning o‘z mablag‘lari 
hisobiga amalga oshiriladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini belgilash va to‘lash quyidagi 
hollarda amalga oshirilmaydi: 
- ishdan yoki boshqa vazifalardan bo‘yin tovlash maqsadida o‘z salomatligiga ataylab 
ziyon yetkazgan yohud o‘zini kasallikka solgan xodimlarga. Ularga ilgari to‘langan nafaqa 
sud qarori asosida undirib olinadi; 
- giyohvandlik yoki mastlik bilan bog‘liq harakatlar oqibatida, shuningdek, spirtli va 
giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish oqibatida boshlangan kasalliklar yoki jarohatlar 
tufayli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik; 
- jinoyat sodir qilish vaqtida olingan jarohatlar oqibatida boshlangan xodimlarning 
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlikda; 
- sud qarori asosida majburiy davolash vaqti uchun (ruhiy kasalliklardan tashqari); 
- hibsda bo‘lgan davr uchun va sud-tibbiyot ekspertizasi vaqti uchun. 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish