O‘zR Vazirlar Mahkamasini 21iyul 2009 yildagi № 206 qaroriga asosan yagona
tarif setkasiga asosan ish haqini belgilash quyidagi razryad va tarif koeffitsentlari
asosan belgilanadi.
Mehnat va unga haq to‘lashni hisobga olish, hisobotni tuzish va mehnat haqi
jamg‘armasi utsidan nazorat qilish va ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lgan to‘lovlarni amalga
oshirish uchun sub’ektlarning xodimlari,
jumladan, sanoat tarmog‘idagi sub’ektlarning
ishchi va xodimlari uchta guruhga bo‘linadi:
- sanoat ishlab chiqarishidagi ishchi va xodimlar- ushbu sub’ektning asosiy
yo’nalishida band bo‘lgan ishchilar va xodimlar;
- nosanoat ishlab chiqarishidagi ishchi va xodimlar- asosiy ishlab chiqarishga va
sub’ektning faoliyatini muqobil yuritishga yordam beruvchi tarmoqlarda band bo‘lgan
ishchi va xodimlar;
- asosiy ro‘yxatdan tashqari ishchi va xodimlar- pudrat shartnomasi va boshqa
vaqtincha shartnomalarga asosan vaqtincha sub’ektda
ishlayotgan va unga xizmat
ko‘rsatayotgan ishchi va xodimlar.
Bundan tashqari mehnat bo‘yicha hisobot shaklida sanoat ishlab chiqarishidagi ishchi
va xodimlari o‘z navbatida ikkita guruhga- asosiy ishchilar va xizmatchilar (rahbarlar,
mutaxasislar va boshqa xizmatchilar)ga bo‘linadi. Yuqorida keltirilgan guruhlar,
xodimlarning soni va tarkibi to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlar tegishli «Ishchi va
xizmatchilarning soni va mehnat haqi bo‘yicha satitsika ma’lumotlarini tuzish»
to‘g‘risidagi yo’riqnomaga muvofiq tartibga solinadi va aniqlanadi.
Mehnatga haq to‘lash hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan tashkil topgan:
a) xodimlr bilan mehnat haqi bo‘yicha hisoblashishni (mehnat haqi va boshqa
to‘lovlarni hisoblash, tegishli summalarni ushlash va qolgan summalarni berish( o‘z
vaqtida amalga oshirish;
v) ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga hisoblangan
mehnat haqi va tegishli
ajratmalarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri qo‘shish;
s) tezkor boshqarishni amalga oshirish va tegishli hisobot ma’lumotlarini tayyorlash
uchun mehnat va unga haq to‘lash bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni yig‘ish va guruhlashtirish;
d) ijtimoiy sug‘urta, pensiya va bandlik jamg‘armalari bilan hisoblashishni o‘z
vaqtida va to‘g‘ri amalga oshirish.
Иш ҳақи тўлаш
разряди
Тариф
коэффиценти
Иш ҳақи тўлаш
разряди
Тариф
коэффиценти
1
2,476
12
6,115
2
2,725
13
6,503
3
2,998
14
6,893
4
3,297
15
7,292
5
3,612
16
7,697
6
3,941
17
8,106
7
4,284
18
8,522
8
4,640
19
8,943
9
4,997
20
9,371
10
5,362
21
9,804
11
5,733
22
10,240
Mehnat va unga haq to‘lash hisobi sarflangan mehnatning miqdori va sifati, ushbu
yo’nalishdagi mablag‘lardan foydalanish, mehnat haqi jamg‘armasini
shakllantirish va
ijtimoiy xususiyaga ega bo‘lgan to‘lovlarni amalga oshirish utsidan tezkor nazorat
o‘rnatishni ta’minlashi lozim. Chunki yuqorida keltirilgan vazifalarning o‘z vaqtida
amalga oshirilishi xodimlarning turmush farovonligini yaxshilash va iqtisodiy silsilalardan
himoya qilishning asosiy omillaridan biridir.
Korxonada xodimlar ikki guruhga ajratiladi:
1.Asosiy faoliyatda band bo‘lgan xodimlar (sanoat ishlab chiqarish xodimlari);
2. Asosiy bo‘lmagan faoliyatda band bo‘lgan xodimlar.
Mehnat haqi o‘z tarkibiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
A) asosiy;
B) qo‘shimcha mehnat haqi.
Mehnatga haq to‘lashning quyidagi shakllari mavjud: ishbay, vaqtbay.
Yangi schyotlar rejasiga asosan, ishchi va xizmatchilar bilan hisob - kitobning sintetik
hisobi 6710 - “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob - kitoblar” nomli
sintetik schyotlarda
yuritiladi, bu schyot korxona ro‘yxatidagi va ro‘yxatda turmaydigan
xodimlar bilan mehnat haqi to‘lash (barcha turdagi mehnat haqi,
mukofotlar, ishlaydigan
nafaqaxurlarga beriladigan nafaqalar, hamda boshqa to‘lovlar) bo‘yicha, shuningdek,
mazkur korxonaning aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlari yuzasidan daromadlarni to‘lash
bo‘yicha hisoblashlar bo‘yicha axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangandir.
Ishlagan kunlari va soatlarining miqdori o‘ndan bir miqdorda ko‘rsatiladi. Tabellarga
qo‘lda ishlov berilganda (kontirovka) harf va sonlar bilan,
agarda kompyuterda ishlov
berilganda sonlar bilan kodlashtiriladi. Sub’ektlarda tabellarning ikkita shakli qo‘llaniladi
- T-12 va T-13 va ular yordamida mehnat vaqtidan foydalanish hisobga olinadi va nazorat
qilinadi.
T-12 shaklida ish vaqtidan foydalanishdan tashqari hisoblangan mehnat haqi ham
ko‘rsatiladi. Unda har bir xodimga biriktirilgan tabel nomeri, xodiqiyining ismi va nasabi,
guruhi, mutaxassisligi yoki mansabi, maoshi, shu oyda ishlagan kunlarining soni va soati,
shundan belgilangan soatdan ortiqcha ishlagan vaqti-soatda, kechasi va tunda ishlagan
vaqtlari, ishga kelmagan vaqti va sabablari, dam olish va bayram kunlari, bundan tashqari
bo‘sh turib qolgan vaqtlari ham ko‘rsatiladi. Oxirgi usunida sub’ektning qaysi faoliyatining
tarmog‘ida ishlaganligi va hisoblangan mehnat haqi ham ko‘rsatiladi.
Chunki ushbu
ma’lumot mehnat sarflarini, mahsulot va ishning tannarxini tegishli moddalari bo‘yicha
hisoblash imkoniyatini yaratadi va mehnat unumdorligini hisoblashga asos bo‘ladi.
T-13 shaklida esa ushbu ko‘rsatkichlar har bir bo‘lim, tarmoq yoki ishning turi
bo‘yicha (mehnat haqi summasidan tashqari) qayd qilib boriladi.
Ushbu hujjatlarning ma’lumotlariga asoslangan holda quyidagi hujjatlar to‘lg‘aziladi:
- hisoblashish-to‘lov qaydnomasi» - T-49 shakli. Bu hujjatda har bir xodim bo‘yicha
kodlari ko‘rsatilgan holda tegishli oyda hisoblangan mehnat haqi summasi ishlagan joyi
ko‘rsatilgan holda qayd qilinadi va ushbu mehnat haqi summasidan qonun hujjatlariga
muvofiq chegirib qolingan summalar chegirtmalarning turlari bo‘yicha ko‘rsatilib, oxirgi
usunda xodimga beriladigan summa ko‘rsatiladi va ushbu summaga asosan to‘lov
qaydnomasi tuzilib, kassaga belgilangan tartibda beriladi;
«Hisoblash qaydnomasi» T-51 shaklida ham asosan ushbu ma’lumotlar tegishli oyda
har bir xodim bo‘yicha qayd qilib boriladi. Ayrim hollarda T-49 shaklining o‘rniga
qo‘llaniladi.
21-son BHMSda korxona xodimlariga ish haqining barcha turlari: mukofotlar,
yordam pullari, ishlayotgan nafaqaxo‘rlarga nafaqalar va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar
bo‘yicha joriy qarzdorliklar hisobini yuritish uchun 6710-"Xodimlar bilan ish haqi
bo‘yicha hisob-kitoblar" va 6720-"Deponentlashtirilgan ish haqi"
hisobvaraqlar mo‘ljallangan.
6710-"Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar" hisobvarag‘ining kreditida
hisoblangan mehnat haqi, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha
yordam pullari va boshqa
shunga o‘xshash summalar, hisobvaraqning debetida - hisoblangan ish haqidan
ushlanmalar aks ettiriladi.
6720-"Deponentlashtirilgan ish haqi" hisobvarag‘ida olinmagan ish haqlari bo‘yicha
ishchilarga qarzlar aks ettiriladi.
Deponentlar bilan hisoblashishlar hisobi, berilmagan ish haqi reestri ma’lumotlari
asosida to‘ldiriladigan deponentlashtirilgan ish haqi kitobida yuritiladi.
6710-"Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar" va 6720-
"Deponentlashtirilgan ish haqi" hisobvaraqlari tahliliy hisobi, korxonaning har bir ishchisi
bo‘yicha ishchi va xizmatchilar shaxsiy hisobvaraqdan (T-54 va T-54a shakllar)
foydalangan holda yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: