2-mavzu: Ma’naviyatning vujudga kelishi (genezisi) va dastlabki rivojlanish davri. Reja



Download 463 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana18.12.2022
Hajmi463 Kb.
#890291
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
маънавият маъруза -2



2-mavzu:Ma’naviyatning vujudga kelishi (genezisi) va dastlabki 
rivojlanish davri. 
Reja: 
1.
Insonning ijtimoiylashuvi ma’naviyatning vujudga kelish. 
2.
Ibtidoiy sinkretizm.

3.
Ma’naviyatning vujudga kelishi tug’risidagi turli nazariyalar va qarashlar.


4. Ma’naviyat genezisida mehnatning o‘rni.
5.Ma’naviy hayotda diniy va siyosiy mafkura ta’sirining kuchayishi.
 
Insonning ijtimoiylashuvi ma’naviyat vujudga kelishining asosiy 
sababi. 
Inson doimo izlanishda. Eng avvalo u o‘zining kimligini bilgisi, insoniy 
tabiati bilan uyg‘unlikda yashagisi keladi. Insonning o‘zini anglashi ibtidosida va 
asosida ma’naviyat turadi.Ma’naviyatning o‘zi esa insonning poda bo‘lib 
yashashdan ongli urug‘-jamoa bo‘lib yashashga o‘tishi jarayonida, ya’ni 
ijtimoiylashuvi jarayonida shakllana boshlagan. Neandertal odam o‘zini 
tabiatdan, hayvonot olamidan ajratib anglashi va ilk urug‘ jamoada 
munosabatlarini tartibga solishi jarayonida ma’naviyatning ilk kurtaklarini 
vujudga keltirdi. Bu haqda biz ularning marosimiy unsurlari yaqqol ko‘rinib 
turgan dafn qoldiqlari orqali bilamiz. Antropologiya fanining so‘nggi tadqiqotlari 
hozirgi zamon odami (kramonon odami) neanddertallarning bevosita avlodi 
emasligini, neandertal genlari zamonaviy insonda faqat besh foizini tashkil 
etishini ko‘rsatmoqda. Neandertal odam homo sapiens (aqlli odam) deyiladi. 
Kramonon odami (zamonaviy insonlarning ilk ajdodlari) esa homo sapiens 
sapiens (aqlli-aqlli odam, yoki ikki karra aqlli odam) deyiladi. Kramonon 
neandertallarni va saqlanib qolgan boshqa qadimgi odam xillari asta-sekin siqib 
chiqargan, qisman assimilyatsiyalashtirgan. Kramonon odamida ma’naviyat 
unsurlari neandartallarga* nisbatan yana-da ko‘proq bo‘lgan, deb faraz qilish 
mumkin. 
Taxmin qilish mumkinki, kramonon odam yaratgan madaniyat bevosita 
neandertal odam madaniyati emas, lekin undan ancha-muncha unsurlarni olgan. 
Chunki neadertal odam yevropaning sovuq iqlimida, og‘ir sharoitda yashagan va 


turmush tarzida, ko‘nikmalarida, madaniyatida mazkur sharoitda foydali bo‘lgan 
unsurlarni yaratgan. 
Rus qadimshunosi P. I. Boriskovskiy «Insoniyatning eng qadimgi 
o‘tmishi»
1
kitobida marosimlar 400 ming yil ilgari paydo bo‘lgan deydi.G‘arb 
olimlaridan J. Klark marosimlar yoshini neandertal va «rodeziyalik» odam bilan 
bog‘laydi va 200— 150 ming yilga tenglashtiradi
2

Ilk marosimchilik 400 ming yoki 200 ming yil ilgari paydo bo‘lganmi, 
degan masala ustida bahs yuritish shart emas. Biz uchun eng muhimi - inson o‘z 
biologik, hayvoniy tabiatidan asl insoniy tabiatiga o‘tish jarayonida ma’naviylik 
unsurlarini o‘zlashtira boshlagani va oqibatda yangi tosh asrida nisbatan 
muvozanatga keltirilgan murakkab tizimga ega ma’naviyatni yaratganidir. 
Dadil aytish mumkinki, neandertal odamlarda diniy-ma’naviy hayot 
unsurlari faqat dafn marosimlari bilangina cheklanmagan. Ular hattoki falakiyot 
hodisalariga, yulduzlar turkumlariga, alohida yulduzlarga nom berganlar. Isbot 
uchun shunday misol keltirish o‘rinlidir: o‘zbeklar Yetti og‘ayni, Yetti qaroqchi 
deb nomlaydigan yulduzlar turkumi bor. Yevropaning ko‘p xalqlari ularni Katta 
ona ayiq, Kichik ayiq deb atashadi. Jahonning boshqa ayrim xalqlari ham ularga 
nisbatan «ayiq» nomini qo‘llaydi. Qadimgi yunonlarning falakiyot asotirlarida bu 
bir necha variantda shunday tushuntiriladi. Ona ayiq – Zevsning mahbubasi 
Kallisto, Kichik ayiq - uning o‘g‘li Arkos. Zevs xotini Geraning rashkidan 
qo‘rqib, Kallistoni ayiqqa aylantirib qo‘yadi (boshqa bir variantda uni ayiqqa 
Gera aylantiradi, yana birida esa Artemida). Arkos ov qilib yurganda ayiq 
qiyofasidagi onasiga duch keladi va tanimasdan o‘q-yoyidan otmoqchi bo‘ladi. 
Zevs o‘g‘li Arkosning beixtiyor onasining qotiliga aylanib qolmasligi uchun uni 
ham ayiqqa aylantiradi va har ikkisini osmonga dumidan ushlab otib yuboradi 
(osmon ayiqlarining dumi uzunligi shundan). 
* Қулайлик учун неандерталлардан ташқари осий ва африкада сақланиб қолган қадимги одамнинг барча 
хилларини шартли равишда умумийлаштириш неандерталлар деб аташ маъқул. 
1

Download 463 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish