topshiradi. Pashsha barcha jonivorlardan bir tomchidan kon keltirib ilonning
tiliga tomiza boshlaydi. Navbatdagi jonzotdan qon keltirayotgan pashshaga
yo‘lda qaldirg‘och uchraydi va undan kimning qoni eng shirinligini aniqladingmi,
deb so‘raydi.
Pashsha javoban, odamzodning qonidan shirinrog‘i yo‘q ekanini,
hozir odam qoni tomchisini ilonga olib ketayotganini aytadi. Shunda qaldirg‘och
pashshani yo‘ldan qaytarishga harakat qiladi. Ammo pashsha qaldirg‘ochga
quloq solmasdan, ilon tomon uchib ketadi. Qaldirg‘och pashshani quvib, u ilon
tiliga endi qonni tomizayotgan paytda yetib oladi va ilonning tilini cho‘qib, uning
uchini ikkiga ayirib yuboradi. Ammo o‘girilib qochmoqchi bo‘lgan qaldirg‘och
dumining uchini ilon tishlab oladi. Natijada ilonning tili, qaldirg‘ochning dumi
ayri bo‘lib qoladi. Shundan buyon ilon qaldirg‘ochni ta’qib qiladi, qaldirg‘och
esa odamlarga yaqin, hatto ular yashaydigan uylarning ichkari shiftiga uya quradi.
Inson qaldirg‘ochni doimo himoya qiladi.
Ertakning (asotirning) qisqacha mazmuni shunday. Lekin ma’naviy
mazmuni juda teran. Unda, birinchidan, ibtidoiy odamning ilk zoologik
kuzatishlari,
bilimlari
mustahkamlangan.
Haqiqatan,
qushlar
orasida
qaldirg‘ochdan boshqa birortasining dumi ayri emas (chumchuk, musicha,
kabutar, qumri, hudhud, to‘rg‘ay, to‘ti, mayna va boshqa qushlarni eslang). Xuddi
shunday hayvonot olamida tili ayri maxluklar nihoyatda kam (ular
asosan
sudralib yuruvchilardir). Ibtidoiy odam bunday o‘xshashlikni bir biriga bog‘lagan
va asotirda birlashtirib va o‘zicha tushuntirishga harakat qilgan.
Ikkinchidan, keltirilgan parchada inson tabiatdagi eng ulug‘, eng e’zozli
jonzot, u hech bir maxluqqa yem bo‘lishi mumkin emas, degan g‘oya ilgari
surilgan. Bu g‘oya ibtidoiy odamning tabiatdagi o‘z o‘rnini
anglashi, o‘zini
tabiatning egasi deb bilishini aks ettiradi. Tabiatdagi har bir jonivor, qaldirg‘och
kabi, insonga xizmat qilishi lozimligini ifodalaydi.
Uchinchidan, asotirda haqiqatning nisbiy ekanligi, agar u insonga zarar
yetkazsa, aksilinsoniy bo‘lsa, undan voz kechish kerakligi ifodalangan.
To‘rtinchidan, yaxshilikka yaxshilik
bilan javob qaytarish, yaxshilikni
unutmaslik targ‘ib etilgan (insonning qaldirg‘ochga munosabati, uyi shiftidan joy
berishi).
Beshinchidan, ibtidoiy odamning ma’lum diniy va dunyoviy tasavvurlari,
e’tiqodi asotirda aks etgan.
Oltinchidan, bu ertak (asotir)ning o‘zi
folklorning, xalq og‘zaki badiiy
ijodiyotining go‘zal bir namunasidir. Unda ibtidoiy odamning badiiy didi,
qarashlari aksini topgan.
Bu asotir
yaratilayotgan paytda ahloqiy, diniy, falsafiy ta’limotlar tizimi,
tabiatshunoslik fani, ixtisoslashgan san’at turlari bo‘lmagan. Shu bois bir asotir
diniy, falsafiy, axloqiy, tabiatshunoslik bilimlarining unsurlarini o‘zida mujassam
etgan. Ijtimoiy amaliyot kengayib, odamlarning tajribasi va mehnat ko‘nikmalari
oshgan sayin, ularning ahloqiy, diniy tasavvurlari yangi tamoyillar, me’yorlar
bilan, tabiat va inson haqida to‘plangan bilimlar bilan boyib boravergan. Lekin
ular ibtidoiy jamiyatda asrlar davomida yaxlit, sinkretik tarzda ifodalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: