Ma’naviyat vujudga kelishiga oid turlicha qarashlar.
Ma’naviyat
vujudga kelishi to‘g‘risida turli nazariyalar mavjud. Ular asosan inson ongi,
tafakkuri, e’tiqodi kelib chiqishi bilan bog‘liq nazariyalaridir. Biz ularni
ma’naviyatga nisbatan qo‘llaymiz. Ulardan keng tarqalganlaridan biri mehnat
nazariyasidir. Unga muvofiq, odamlar ishlab chiqarishning yangi turlarini, yangi
mehnat qurollarini va usullarini kashf etishi jarayonida bilimlari, ko‘nikmalari
rivojlangan, mahsulotlar almashuvi va boshqa moddiy, ijtimoiy aloqalari xilma-
xillashgan va murakkablashgan. Bular o‘z navbatida yangi tartib-qoidalar,
axloqiy, iqtisodiy, huquqiy, diniy va shaxslararo me’yorlarga ehtiyoj tug‘dirgan.
Ma’naviyatning kelib chiqishini diniy qarashlar bevosita Yaratganning
irodasi bilan bog‘laydi. Olloh go‘yoki insonni ongi, axloqi va sh.k. qarashlari,
imon-e’tiqodi bilan yaratgan. U ba’zan adashib, gunoh ishlarga qo‘l ursa-da,
Yaratgan uning qalbiga aslida to‘g‘ri imon-e’tiqodni solgan yoki to‘g‘ri yo‘l
ko‘rsatish uchun payg‘ambar jo‘natgan. Inson o‘z qalbiga, ko‘ngliga quloq tutishi
lozim. Sufiyona (tasavvufiy) qarashlarda butun moddiy va ma’naviy olam
Ollohning tajallisi (imanatsiyasi) o‘zgacha shakldagi in’ikosidir. Binobarin, asl
ma’naviyat ilohiy mazmunga ega, u Parvardigor irodasiga mos keladi.
Ma’naviyat kelib chiqishini boshqa turli-tuman nazariyalar nuqtai nazaridan ham
o‘rganish mumkin. Masalan, pozivitizm (neopozitivizm) ma’naviyatni
odamlarning o‘zaro kelishuvi bilan bog‘laydi, konvensional hodisa deb
hisoblaydi. Pozitivistlar qarashlarini quyidagicha ifodalashi mumkin: biror qoida
yoki me’yor ko‘pchilikka ma’qul kelsagina, odamlar unga rioya etish to‘g‘risida
kelishsagina, shakllanadi, yashab qoladi va rivojlanadi. Barcha me’yorlar,
baholar, qonunlar, qoidalar asosida odamlarning o‘zaro kelishuvi yotadi. Agar
odamlar bu qoida va me’yorlarga rioya etmasalar, ulardan hech qanday foyda
bo‘lmaydi.
Boshqa nazariyalar to‘g‘risida keyingi o‘rinlarda aytib o‘tamiz.
XIX asrning zabardast olimlaridan biri amerikalik L.Morgan insoniyat
tarixini uch davrga bo‘ladi: yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya. Aslida bunday
uchga bo‘lish g‘oyasi shotlandiyalik faylasuf Adam Fergyussonga borib taqaladi.
Fergyusson 1768 yilda olg‘a surgan tasnifi asosiga xo‘jalik yuritish usuli va
mulkiy munosabatlar rivojlanish darajasini qo‘ygan. Uning qarashlari fransuz
ma’rifatparvarlari, ayniqsa Antuan Kondorse tomonidan rivojlantiriladi. 1836
yilda daniyalik olim Kristian Yurgensen arxeologik matteriallar asosida insoniyat
tarixida uch asrni – tosh asri, bronza asri va temir asrni ajratish g‘oyasini o‘rtaga
tashladi. Albatta, ushbu “asrlar”ning xronologik davomi shartli edi.
Inson yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya davrlarini boshdan kechirganligi
to‘g‘risidagi konsepsiya ko‘plab olimlar tomonidan qabul qilinadi va
rivojlantiriladi. Ular orasida birinchi galda ingliz etnografi E. B. Taylor nomini
eslash joiz. Ammo amerikalik Lyuis Morgan mazkur konsepsiyani har
tomonlama rivojlantirdi va ilmiy dalilladi. Shu sababdan konsepsiya ko‘proq
uning nomi bilan bog‘lanadi.
Morgan o‘zining «Qadimgi jamiyat» asarida bu uch davrning har birini
alohida bosqichlarga bo‘ladi. Har bir davrni moddiy ishlab chiqarish rivojlanishi,
alohida yirik ixtirolar tarixi bilan bog‘lab tahlil etadi. U ibtidoiy oila rivojlanishi
bosqichlarini ajratib ko‘rsatadi.
3
Morgan fikrlariga, ayrim xulosalariga
keyinchalik fan ancha aniqliklar kiritdi. Ba’zilarini qayta ko‘rib chiqdi. Lekin
uning asari konkret dalillarga, materiallarga boyligi uchun bugungi kungacha
ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. U taklif qilgan davrlash, kamchiliklaridan qat’i
nazar, hozir ham qo‘llanilishi mumkin, o‘z zamonasida esa ancha ijobiy rol
o‘ynagan. Morgan qarashlari mehnat nazariyasiga oid qarashlardir.
Yovvoyilik davrida inson poda bo‘lib yashagan, o‘zaro munosabatlarini
biologik qoidalar asosida ongsiz, stixiyali qurgan. Varvarlik davrida ypyg‘,
jamoa-ypyg‘, qabilalarga uyushgan, turmushi ancha ongli kechgan, ma’naviyati
shakllanib, sezilarli rivojlangan, o‘zaro munosabatlar qatiy qoidalar, urf-odatlar
orqali tartibga solingan. Va, nihoyat, sivilizatsiya davrida aqliy mehnat jismoniy
mehnatdan ajralib chiqqan va maxsus ma’naviy faoliyatga aylangan. Ahloq, din
hamda davlat bilan birga tug‘ilgan xuquq me’yorlari (qonunlar) odamlarning
o‘zaro munosabatlarini, ijtimoiy hayotini qattiq tartibga solgan, nazorat qilgan.
Ta’kidlash joizki, bu uch davr o‘rtasida aniq chiziq o‘tkazish mumkin emas.
Ayniqsa yovvoyilik qachon tugab, inson qachon varvarlikka o‘tgani, xatto inson
qachon gapira boshlaganini uzil-kesil falon vaqtda yuz berdi, deyish qiyin. Lekin
yovvoyilik bir necha million yil davom etganini, varvarlik 250-300 ming yildan
kam bo‘lmaganini, sivilizatsiya boshlanganiga bor-yo‘g‘i 6 ming yildan sal
oshganini aytish mumkin. Albatta, Morgan tasnifi shartli va taxminiy. Neandertal
odamni biz Homo sapiens – aqlli inson toifasiga kiritamiz. Ammo varvarlik
deganda ko‘z oldimizga neandertal odam emas, kromanon odam, ya’ni qiyofasi
zamonaviy bo‘lgan, bizdan farq qilmaydigan, kuchli qabilalarga uyushgan,
ko‘chmanchi, yarim o‘troq va o‘troq hayot kechiradigan, ammo hali o‘z davlatini
tuzmagan yangi tosh asri odami keladi. Bu, balki, bizning o‘tmishni psixologik
3
Л. Морган. Древнее общество. Л., 1934 г.
qabul qilishimizning, neandertal odamlar jamoasi ichidagi va turli jamoalar
o‘rtasidagi munosabatlarni, turmushning tashkil etilishini, o‘sha paytdagi
voqealarni, jamiyat tarixini aniq bilmasligimizning natijasidir. Shu bois
ma’naviyat shakllanishini hammaga ma’qul tarixiy davrlarga bo‘lish qiyin.
Ammo yozma adabiyot, ilm-fan vujudga kelib, ma’naviyat sivilizatsiya doirasida
rivojlana boshlagandan keyingi jarayonni ancha batafsil yoritish mumkin.
Ibtidoiy odamlarning tabiat bergan tayyor maxsulotlarni yig‘ib iste’mol
qilishdan ularni o‘zlari ishlab chiqarishga o‘tishi, o‘rta yuqori paleolitdan boshlab
yangi tosh asri (neolit)ga qarab rivojlanishi davomida ayrim hayvonlarni
xonakilashtirishi, ba’zi o‘simliklarni ekib, o‘stira boshlashi ularning bilimi,
tafakkuri,
ongi
rivojlanishini
tezlashtirgan.
Ularda
chorvachilik
va
dehqonchilikka oid ilk bilimlar, yangi mehnat
qurollari paydo bo‘lgan, eskilari
takomillashgan. Toshni shunchaki qo‘pol yo‘nish o‘rniga, unga sayqal berish
usullari topilgan. Ijtimoiy turmush rivojlanishi tezlasha boshlagan. Nihoyat yangi
tosh asri davrida mehnatning birinchi tarixiy taqsimoti yuz bergan: dehqonchilik
va chorvachilik bir-biridan ajralib chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |