Tayanch so’z va iboralar
Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya, jamiyat va yoshlar, xudbinlik va loqaydlik, qarindosh-urug’chilik va mahalliychilik, mafkuraviy immunitet, korruptsiya va manfaatparastlik, Kadrlar tayyorlash milliy modeli, intellektual, ma’naviy asos, moddiy boylikning quli, jamg’arma, madaniyat durdonalari, urf-odat, audiovizual texnika.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
“Barkamol avlod yili” Davlat dasturida nimalar belgilandi?
“Yoshlar yili” davlat dasturi ning mazmun mohiyati nimada ?
“O’zbekiston Respublikasi yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi Qonunda nimalarga e’tibor berilgan?
Yoshlarning jamiyatdagi o’rni qanday?
O’zbekistonda yoshlarning yaxshi ta’lim olishi uchun ko’maklashuvchi qanday jamg’armalar tashkil etilgan?
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi qarorida yoshlar tarbiyasi haqida nimalarga e’tibor qaratilgan.
Uzluksiz ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaning roli
Milliy tarbiyaning nazariyasi, uslubiyati va o’quvchi yoshlar birlashmalari tizimini, ma’naviyat bilan shug’ullanuvchi mutasaddi lavozim professiogrammalarini ishlab chiqish, o’quvchi yoshlar uyushmalari va ularning tizimi va faoliyati mazmunining shakllarini ishlab chiqish kabi dolzarb amaliy vazifalarning echimini topishni yuklaydi.
Barkamol avlodni voyaga etkazishda diniy aqidaparstlikning tarixiy ildizlari, zamonaviy holati va unga qarshi kurashning nazariy asoslariga ham ko’p bog’liqdir. Odamlarimiz tafakkurida og’ir kurash kechayotganidan ogoh bo’lish lozimligi, vaziyat - tarixiy xotira va milliy o’zlikni anglash va bu orqali barcha ma’rifiy mamlakatlarda bo’lganidek, g’oyaga qarishi g’oya bilan kurashishning falsafiy, tarixiy asoslarini yaratishni, inson huquqlari milliy harakat dasturini ishlab chiqishni talab qilmoqda. Bu esa falsafa, tarix, madaniyatshunoslik, pedagogika, siyosatshunoslik, sotsiologiya va boshqa fanlarda yangi dunyo qarash va yangi tafakkur shakllanish xususiyatlarini o’rganib, natijalarini hayotga tezroq tadbiq qilishni, milliy o’zlikni anglash jaryonini tahlil qilish, g’oyaviy kurash strategiyasi va texnikasi, usul va shakllarini ishlab chiqishni taqozo qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning «Tafakkur» jurnali bosh muharriri, savollariga javoblari va respublikamizning bir guruh tarixchi olimlari, shuningdek jurnalistlar, matbuotchilar va adabiyotshunos olimlar bilan bo’lgan suhbatlarida, Vazirlar Mahkamasining «Ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» hamda «O’zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida»gi qarorlarida yoshlarimiz ongida milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, ularning ma’naviyatini milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida yuksaltirish, o’tgan ming yilliklar mobaynida ajdodlarimiz yaratgan shonli tariximiz haqidagi haqiqatlarni qayta tiklash va uning misolida yosh avlodni milliy iftixor, vatanparvarlik tuyg’ulari ruhida tarbiyalash kabi g’oyalar, vazifalar ta’lim tizimining ham oldida turgan dolzarb vazifalarga aylandi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil avgust oyida bo’lib o’tgan IX sessiyasida qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mamlakatimiz xalq xo’jaligining barcha tarmoq va sohalarini yuqori malakali va erkin fikrlovchi, ma’naviy jihatdan barkamol mutaxassis kadrlar bilan ta’minlashga qaratilgan tarixiy muhim hujjatlardir. Uzluksiz ta’lim tizimi qayta qurildi: umumta’lim maktablari, o’rta kasb-hunar bilim yurtlari, oliy ta’lim muassasalari hozirgi zamon talablari va mamlakatimiz xalq xo’jaligi ehtiyojlari, manfaatlari nuqtai-nazaridan qayta tashkil etildi. Ko’plab universitetlar, yangi tipdagi kollej va litseylar barpo qilindi. Xalq xo’jaligining turli tarmoqlari bo’yicha yangi-yangi sohalar, mutaxassisliklar, yo’nalishlar tashkil etildi. Uzluksiz ta’lim tizimiga oid barcha fanlar bo’yicha davlat ta’lim standartlari yangidan yaratildi. Barcha o’quv dasturlari, darsliklar va qo’llanmalar davlat ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqib qayta tayyorlanmoqda. Uzluksiz ta’lim tizimining hamma bosqichlari bo’yicha pedagogo’qituvchilarning ixtisoslik malakalarini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo’yicha ishlar keng miqyosda va izchil amalga oshirilmoqda.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida nazarda tutilayotgan tadbirlarning g’oyaviy-nazariy asoslari milliy g’oya bilan chambarchas bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |