2-Mavzu: Ma’naviy –ma’rifiy tarbiya, jamiyat va yoshlar



Download 135,39 Kb.
bet1/21
Sana19.06.2023
Hajmi135,39 Kb.
#952334
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
2.,-мавзу


2-Mavzu: Ma’naviy –ma’rifiy TARBIYA, jamiyat va yoshlar


O’tish davrining yoshlarga ta’siri. Bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga o’tishda albatta “o’tish davri” bo’lishini tarix tasdiqlaydi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Bir tuzumdan ikkinchisiga, “markazlashtirilgan tartibda rejalashtirilgan va boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik uslubidan bozor iqtisodiyotiga o’tish – bu mavjud xo’jalik yuritish usulini yangilash yoki takomillashtirish emas, balki tamoman yangicha xo’jalik yuritish tizimini joriy etishdir. Bu bir sifat holatidan ikkinchisiga o’tishdir. Bu odamlar uchun mutlaqo yangi hayot falsafasidir. Shunga ko’ra, u bir vaqtning o’zida bo’ladigan tadbir sifatida, amalga oshirilishi mumkin emas, balki bir qancha bosqichlarni o’z ichiga oluvchi uzoq davrni talab qiladi1.
Shu sababli o’tish davrida eski mafkura zaiflashadi va yangisi hali tayyor bo’lmaydi. Natijada, turli xil g’oyalar, oqimlar, mafkuraviy tazyiqlar ko’payadi. Ayniqsa, ular bilimi sayozroq, g’o’r yoshlarni mo’ljalga olishadi. Shu sababli ba’zilar ularning tuzog’iga tushib jamiyat uchun ancha noxushliklar keltiradi.
Mamlakatimizda bu narsaga katta e’tibor qaratilib yoshlar o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar kuchaytirilmoqda.
Sog’lom va barkamol avlodni voyaga etkazish orzusi aynan mustaqillik bilan bog’liq ezgu intilish bo’lgani bois istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab uni amalga oshirish eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo’lib kelmoqda. Yurtimizda 2008 yilning “Yoshlar yili”, 2009 yilning “Qishloq farovonligi va taraqqiyoti yili”, 2010 yilning “Barkamol avlod yili” deb nom berilishi va shu munosabat bilan maxsus davlat dasturining qabul qilinishi bu borada amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlarning yangi va yanada yuksak bosqichga ko’tarilishiga olib keladi.
Avvalo, shuni ta’kidlash lozimki, ushbu dasturlarning ma’no mazmuni, g’oyasi, maqsadi, amal qilish tamoiyillari davlatimiz rahbari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bayramiga bag’ishlangan tantanali yig’ilishlarida so’zlagan nutqlarida chuqur asoslab berilgan.
Aholimizning aksariyat qismini tashkil etadigan yoshlar ijtimoiy qatlamining echilishi lozim bo’lgan muammolariga e’tiborni jalb qilish, yoshlarni hayotimizda haqiqatan ham hal qiluvchi bunyodkor kuchga aylantirish bilan bog’liq keng ko’lamli vazifalarni amalga oshirish ushbu dasturlarning asosiy maqsadidir.
Avvalo, bu dasturlar aynan bizning mamlakatimiz rivojiga taraqqiyotning o’zbek modeli tamoyillariga xos xususiyatlarni, yurtimizning buguni va ertangi kunini belgilab beradigan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan aniq chora tadbirlarni o’zida mujassam etishi bilan e’tibor tortadi. Ta’kidlash joizki, istiqlolning ilk kunlaridan boshlab yurtimizda o’sib kelayotgan yosh avlodni jamiyatning haqiqiy tayanchi va suyanchiga aylantirish masalasiga e’tibor kuchaytirilgan.
1991 yil 20 noyabrda “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi. Mazkur qonun hozirgi kungacha yoshlar manfaatini himoya qilish, ularning jamiyatimizda munosib o’rin egallashlari uchun tegishli imkoniyatlarni yaratishga xizmat qildi. Ammo, shiddat bilan o’zgarib borayotgan bugungi kun, bugungi davr bu sohadagi ishlarni yaxshilash, yoshlarning manfaatlarini ta’minlashga va huquqlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani yanada takomillashtirish va shu asosda yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlarni ochib berishni taqazo etmoqda. Hozirgi globallashuv sharoitida yosh avlodimizni turli ma’naviy tajovuzlardan himoya qilish haqida gapirganda, nafaqat xalqimizni ulug’laydigan buyuk xususiyatlar, ayni paytda uning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatgan, eski zamonlardan qolib kelayotgan noma’qul odatlar haqida ham ochiq so’z yuritishimiz zarur. Birinchi navbatda xudbinlik va loqaydlik, qarindosh-urug’chilik va mahalliychilik, korruptsiya va manfaatparastlik, boshqalarni mensimaslik kabi illatlardan jamiyatimizni butunlay xalos etish to’g’risida o’ylashimiz lozim. Bu o’ta muhim vazifa keng jamoatchiligimizning, ayniqsa, ziyolilarimiz, olim va adiblarimiz, san’at va madaniyat ahli, o’zini ma’naviyat sohasiga bag’ishlagan barcha insonlarning doimiy diqqat markazida bo’lishi lozim.
Ma’lumki, 2008 yil oxirida mamlakatimizda 18 yoshgacha bo’lgan yoshlar 10 million 360 ming nafarni yoki umumiy aholining taxminan 40 foizini, 30 yoshgacha bo’lganlar esa – 17 million 80 ming nafarni yoki 64 foizni tashkil etdi1.
Respublikamiz aholisining aksariyat qismini yoshlar va o’smirlar tashkil qiladi. Har yili 500 ming atrofida yoshlar maktab quchog’idan chiqib, katta hayotga qadam qo’ymoqda. Ularning 10 foizdan ortig’i test sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tib oliy, o’quv yurtlariga kirib o’qishmoqda. “O’zbekiston oliy maktab tizimi 63 oliy o’quv yurtini o’z ichiga oladi, ularda 250 mingdan ortiq talaba ta’lim olmoqda”. Respublika kasb-hunar ta’limi tizimida esa hozirgi kunda jami 0,5 mlndan ortiq kishini qamrab olgan 1400ga yaqin o’quv yurti ishlab turibdi.
Aholining aksariyat qismini tashkil etadigan ana shu ijtimoiy qatlamning echilishi lozim bo’lgan muammolariga e’tiborni jalb qilish, yoshlarni hayotimizda haqiqatan hal qiluvchi bunyodkor kuchga aylantirish bilan bog’liq keng ko’lamli vazifalarni amalga oshirish lozim.
Mamlakatimizda ta’lim tizimini yangi yuqori bosqichga ko’targan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ham yoshlarning tarbiyasiga alohida o’rin beriladi. Bu ishlarni amalga oshirish jarayonida milliy g’oya va mafkurani yoshlar ongiga singdirish vazifasi qo’yildi.
Darhaqiqat yoshlarni milliy g’oyani anglashi, ishonch va e’tiqodiga aylanishi, qanday yangi qadriyatlar shakllantirilganligi bilan ham bog’liq bo’ladi. Chunki milliy g’oya bir tomondan yoshlarni o’zining ob’ekti sifatida qarasa, ikkinchi tomondan yoshlar milliy g’oyaning ilg’or rivojlantiruvchilari va kelajak avlodga etkazuvchilari hisoblanadilar. Uchinchidan, yoshlar qanchalik milliy g’oya bilan qurollangan va uni anglab olgan bo’lsa jamiyat shunchalik taraqqiyotga erishadi. Bu holat milliy g’oya va yoshlarning o’zaro bog’liqligini belgilaydi. Boshqacha aytadigan bo’lsak, milliy g’oya qanchalik mazmunli va millat kelajagi uchun xizmat qiladigan va har bir kishining uzoqqa mo’ljallangan maqsad va manfaatlari, pirovardida esa millatning istiqbolini belgilashga xizmat qiladigan bo’lsa, uni yoshlar shunchalik tez qabul qiladi va unga nisbatan o’zining ijobiy munosabati shakllanadi. Demak, jamiyat milliy g’oya orqali yoshlarga qanday g’oya va fikrlarni taklif etsa, shunga mos ravishda mafkuraviy jihatdan chiniqqan vatanparvar zamonaviy bilimlarni egallagan yoshlarga ega bo’ladi. Eng muhimi shundaki, har bir jamiyatda qanday shaklda qanday maqsadda bo’lmasin har qandy yangi g’oyaga turli yangi kontseptsiyalarga nisbatan yoshlar o’z munosabatini bildiradi va aholining boshqa qatlamiga nisbatan tezroq qabul qiladi. Chunki yoshlar fiziologik va psixologik jihatdan hali shakllanish bosqichida bo’lgani uchun ularni anglab olish va e’tiqodiga aylnishiga ehtiyoj katta bo’ladi. Shuningdek yoshlar yangilikni tez ilg’ab oluvchi hamda salbiy hodisalarga tez beriluvchanlik xususiyatlari bilan ham ajralib turadi. Yoshlar o’zlarining ijtimoiy-ruhiy va boshqa jihatlariga ko’ra, jamiyatda tez o’zgaruvchan sharoitga moslashish qobiliyatining yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. Ular jamiyatning shunday ijtimoiy guruxiga mansubki, ushbu gurux vakillarining ongi shakllanish jarayonida bo’lib, ular turli xil g’oyalar (shu jumladan buzg’unchi g’oyalarning ham) ta’siriga tez beriluvchan bo’ladilar. Ular shuningdek, o’tkir hissiy bilish qobiliyatiga ega bo’lib, so’z bilan amaliyotning nomutanosibligi xolatlarini aniqroq sezadilar. Kattalar tomonidan o’ziga xos qabul qilinadigan ayrim “adolatsizlik” ko’rinishlari yoshlarning xali to’liq shakllanmagan ongiga, dunyoqarashiga kuchli ziyon etkazishi mumkin.
Shuning uchun xozirgi kunda yoshlar orasida milliy g’oya, milliy g’urur va or-nomus bilan bog’liq ma’naviy-ruhiy holat va fazilatlar muxim ahamiyatga ega.
Mustaqillik mohiyati va ahamiyatini sarhisob qiladigan bo’lsak , bu ijtimoiy o’zgarishda yoshlarning o’rni muxim. Mustaqillik tufayli yoshlarning dunyoqarashi o’zgardi. Ularning g’urur, oriyat, sha’n va nomus tuyg’ulari kuchaymoqda. Hayotga va mehnatga munosabati, Vatanga, ona zaminga mehri, egalik va mas’uliyat xissi kuchaydi. Bir so’z bilan aytganda yoshlar o’zligini anglay boshladi. Qanday zaminda yashayotganimizni xis qilish, umuminsoniy qadriyatlarga intilish bilan birga, Sharq falsafasi, o’zbekona tafakkur nuri barchaning dilidan o’rin ola boshladi. Milliy an’analarimiz va udumlarimizni tiklash va rivojlantirish tamoyili kuchaydi. Islom dinimizni qadrlash ma’naviyatimizni yangi ma’nolar bilan to’ldirishga olib keldi. Ulug’ bobokalonlarimiz madaniy xazinasiga haqiqiy vorislik qila boshladik. Ulardan faxrlanish imkoniyatiga ega bo’ldik. Yurtimizda yashayotgan barcha millat, elat vakillarining tinch-inoq yashashi uchun sharoit yaratildi. Bundan yoshlar bahramand bo’lmoqda.
Yoshlarni oldida haqiqatni aytishdan cho’chimaslik, soxtakorlikdan qochish, mavjud qiyinchiliklar, muammolarni ochiq-oydin bayon etish lozim. Ayni paytda davlatimiz rahbariyati olib borayotgan ijobiy ishlar va mavjud muammolarni bartaraf etish uchun olib borilayotgan ijobiy ishlar va mavjud muammolarni bartaraf etish uchun olib borilayotgan sa’y-harakatlari va erishilayotgan amaliy natijalar xususida targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borishga yoshlarni ruhlantirish, uning jamiyatimiz, davlatimiz, mustaqilligimizga bo’lgan ishonch-e’tiqodini mustahkamlash olimlarimiz, peshqadam ziyolilarimiz, ma’ruzachilarimiz, mafkuraviy ishlar bilan shug’ullanuvchi barcha targ’ibot-tashviqotchilarning birinchi darajali vazifasi hisoblanadi1.
Milliy g’oyaning yoshlarga nechog’li ta’siri, safarbar etuvchilik, ilhomlantiruvchilik, buyuk kelajak sari chorlovchilik sohasidagi ahamiyati, ta’lim va tarbiyada tutgan o’rni va roli uning xayot haqiqatlariga, real borliqqa xalq turmushiga qanchalik mos va muvofiqligiga qarab belgilanadi.
Chunki milliy g’oyaning kuchi bir tomondan ma’rifat-targ’ibot ishlari, uning samaradorligiga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan yoshlarning kundalik xayotda duch kelayotgan muammolarning tushunishlari, ularning munosabatlariga, fikrga fikr bilan, g’oyaga g’oya bilan javob bera olish, uni qanday hal etayotganliklariga bevosita bog’liqdir. Millat ravnaqi, Vatanga kerak bo’lsa jonini jabborga berib faoliyat ko’rsatadagan yoshlar bo’lmasa milliy istiqlol mafkurasida ko’zda tutilgan maqsadlarga erishib bo’lmaydi. Bu yoshlarda milliy g’ururni baland bo’lishini taqozo etadi.
Bularning barchasi oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan talaba va o’quvchilarning ma’naviy tarbiyasiga davlat siyosati darajasida katta ahamiyat berilayotganini yorqin dalilidir. Shunday bo’lishi ham lozim edi. Chunki o’tish davrining murakkab kechuvchi jarayonlari yoshlarning ma’naviy va madaniy tarbiyasiga turlicha ta’sir ko’rsatishi tabiiy edi. Jumladan, bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan muayyan muddat moddiy boylik, pul, valyuta jamg’arish harakati avj oladi. Bu esa yoshlarning ma’lum qismida nima bo’lsa­da, boylik to’plash hirsini kuchaytirib, ularda ma’naviy boyliklarga e’tiborsizlikni tug’diradi. Bundan oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining talaba va o’quvchilari ham mustasno emaslar. Ularning ma’lum qismi bozorga, savdo­sotiqqa o’zini urishga intiladi. Boylik, pul, puldorlikka nisbatan ularda moyillik hislari uyg’onadi. Dang’illama uylarni, “boyvachcha” larning chet el rusumidagi avtomashinalarini, ularning yalt­yult kiyimlarini ko’rib, yoshlarning ayrimlarida bunday turmush tarziga havas uyg’onib, hayotning asosiy mazmunini mana shunday “boyvachchalarcha” yashashdan iborat degan bir yoqlama, noto’g’ri tushuncha o’rnashadi.
Natijada, moddiy boylikning quliga aylanish ulardagi ma’naviyat chashmasining ko’zini butunlay bekitib qo’yishi mumkin. Bunday yoshlarda o’qishiga havas so’na boshlaydi, hatto gazeta va jurnallarni, badiiy adabiyotni mutlaqo o’qimay qo’yishadi. Ularning o’ziga xos va mos “ma’naviy va madaniy muhiti” yuzaga kelishi mumkin. Bu restoran, kafe va choyxonalarda beriladigan ziyofatlar, gapxo’rlik, dahshat yoki behayolik mavzuidagi videolar, “qittaq­qittak”, kayf qilish va hokazolar bunday “ma’naviy va madaniy muhit” ning mazmunini tashkil etadi. Oqibatda, jamiyatdagi muhim ijtimoiy, madaniy, ma’naviy hodisalarga nisbatan bunday yoshlarda befarqlik, loqaydlik, hatto ijirg’anish bilan qarash hissini tug’dirishi ehtimoldan xoli emas. Mana shunday salbiy, noxush hodisalarning oldini olish muhim vazifadir. Jumladan, oliy va o’quv maxsus o’quv yurtlarida ham bu vazifalar hamisha diqqat e’tiborda bo’lmog’i talab qilinadi. Shu bois oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimidagi muassasalarda ma’naviyat va ishlari bo’yicha prorektorlar, bo’lim boshliqlari, metodistlar lavozimlari tashkil etildiki, ular yoshlar o’rtasida ma’naviyat va madaniyat ishlarini hozirgi talablarga javob beradigan tarzda puxta olib borishlari nazarda tutilgan.
O’tish davrining yoshlar kamolotiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi xususiyatlari ham mavjud. Respublikamiz davlat mustaqilligiga erishgach, dunyo miqyosiga chiqdi, madaniy va ma’rifiy sohada ham jahon integratsiyasiga bog’lanib bormoqda. Xorijiy tillarni yaxshi egallagan, iqtidorli, bilimli yoshlar jahonning nufuzli oliy o’quv yurtlariga o’qish uchun bormoqdalar. Davlatimiz bu borada g’amxo’rlik ko’rsatib, iqtidorli, qobiliyatli yoshlarning iste’dodlari yuzaga chiqishi uchun barcha ishlarni qilmoqda, bu yo’lda mablag’ni ayamayapti. “Kimki bu haqiqatni o’z vaqtida anglab olmasa, intellektual bilim intellektual boylikka intilish har qaysi millat va davlat uchun kundalik hayot mazmuniga aylanmasa-bunday davlat jahon taraqqiyoti yo’lidan chetda qolib ketishi muqarrar”1- deb ta’kidlaydi Islom Karimov.

Download 135,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish