Tayanch so’z va iboralar
Axborot asri, rivojlangan mamlakatlar targ’ibot vositalari, targ’ibot, qarshi targ’ibot, “hukumat siyosatining tashviqoti”, yot mafkuraviy ta’sirlar, yovuz kuchlar, “paxta ishi”, diniy meros, “Ma’naviyat-ma’rifat jamoatchilik markazi”, “Vatanni sevmoq iymondandur” milliy tuyg’u, vatanrparvarlik, iymon.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1. Ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarning tarkibiy qismlari va axborot asrida O’zbekistonda tub o’zgarishlar va tarbiya.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni inson shaxsi takomillashuviga ta’siri.
Yovuz kuchlar qilmishlari – ma’naviyatsizlik belgisi ekanligini sharhlang.
Islom Karimov ma’naviy islohotlar yo’lboshchisi.
Buyuk bobokalonlarimiz nomlarini tiklanishi.
Vatanparvarlikni tarbiyalashda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning roli qanday?
Ma’naviy ma’rifiy islohOtlar - davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi
XXI asr - axborot asri va O’zbekistondagi tub o’zgarishlar
XX asrning so’nggi o’n yilligi boshida dunyoni etmish yil mobaynida tahlikaga solib kelgan qizil imperiya parchalandi, millionlab odamlar tafakkuri ustidan o’rnatilgan kommunistik mafkura diktaturasi barham topdi. Bir yarim asr mobaynida mustabid tuzum zulmi ostida ezilgan, mislsiz xo’rliklar, kulfat va yo’qotishlarni boshidan kechirgan o’zbek xalqi ozodlikka erishdi.
XXI asrni axborot asri, axborot texnologiyalari asri deb atash tobora rasm bo’lmoqda. Chunki asrimizda inson eshitayotgan, ko’rayotgan barcha-barcha narsalar uning istaklarini, didini o’zgartirishga, fikriga ta’sir qilishga yo’naltirilgan. Tan olish kerak, tomosha qilinayotgan seriallardan tortib bolakaylarga aytib beriladigan ertakkacha, boringki, o’qiyotgan kitoblarimiz ham qandaydir mafkuraviy yukka ega - ularda muayyan g’oyalar targ’ib qilinadi. Bu holat «Eng asosiy narsani ko’z bilan ilg’ab bo’lmaydi» degan fikrni yana bir karra tasdiqlaydi. Bunday ko’zga ko’rinmas qudratli targ’ibot kuchlari kishini hamma erda va har kuni qurshab turadi. Bu kuchlarning maqsadi – insonni nimagadir ishontirish, nimagadir undash, nimagadir og’dirish. Tadbirkor mahsulotini reklama qilib, uni sotib olishga undaydi. Diniy arboblar o’z diniga e’tiqod qilishga chaqiradi. Xalqaro maydonda ba’zi davlatlar o’zining «katta og’a» ekanini uqtirishga harakat qiladi.
Hozirgi globallashuv davrida axborot texnologiyalarining rivojlanish darajasi davlatning geosiyosiy ta’sirini belgilovchi omillardan biriga aylanmoqda. Shuning uchun axborot texnologiyasi yuksalgan davlatlarda bu sohadagi ustunlikdan siyosiy , harbiy, iqtisodiy, axborot va madaniy tajovuzlarni amalga oshirish yo’lida foydalanib qolish vasvasasi yo’q emas.
Globallashuv hayot sur’atlarining tezlashuvini ko’rsatmoqda. Barcha sohalarda qo’lga kiritilayotgan ulkan yutuqlar axborotga ham chuqur ta’sir o’tkazmoqda. Jumladan birgina kitob bosishni olib qaraydigan bo’lsak, agar dastgoh kashf etilgan dastlabki paytlarda Evropada yiliga taxminan 1000 nomdagi kitob chop etilgan bo’lsa, hozirda kuniga 1000 nomdagi kitob chop etilmoqda. (Toffler E. Shok buduщego. - M. 2004.) 1950 yilda kashf etilgan komp’yuter esa bilimlarni egallash jarayonini tezlashtirib yubordi. Umuman yangi texnologiyalarning hayotga joriy ettirish oqibatida oxirgi 100 yil mobaynida siljish tezligi 102 marta, muloqot tezligi 107 marta o’sdi1.
Bu narsa axborotdan foydalanib kishilar ongini boshqaruvchilarga katta yo’l ochdi. G’oyaviy manipulyatsiya kuchaydi. Axborotni tanlab o’qish, undan qanday foydalnish lozimligini hamma ham bilavermaydi. Shuning uchun ham Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” asarida «Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o’rab-chirmab, uni o’qima, buni ko’rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o’rab olish, hech shubxasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to’g’ri kelmaydi”2-deb yozadi. Shu sababli bolalarimizga axborotni baholash, uni tanlash haqida chuqur bilim berilish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda kuchli tashviqot zarur.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida”gi Farmonida “ma’naviy va ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishi, deb hisoblansin” deb belgilab qo’yilgan.
Darhaqiqat, mamlakatimiz mustaqilligini mustaxkamlash amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada takomillashtirish, uning samaradorligini ta’minlash sharoitida yosh avlodni, jumladan talaba-o’quvchilarni har tomonlama etuk, zamon talabiga to’la javob beradigan yangi tipdagi yuqori malakali mutaxassis, shu bilan birga ma’naviy va ma’rifiy, axloqiy, ruhiy va jismoniy jihatdan barkamol, Vatanga, el-yurtga sadoqatli kishilar qilib tarbiyalash dolzarb vazifalardan biridir.
Tarbiyaviy maqsad - shaxsda aniq belgilab olingan ma’naviy-ahloqiy sifatlarni shakllantirishdan iborat bo’lib, bu yo’lda amalga oshirilishi zarur bo’lgan vazifalarning aniqlab olinishini taqozo etadi. Har bir tadbirni uyushtirishdan avval asosiy, etakchi g’oya, yo’nalish (masalan, aqliy, ijtimoiy-g’oyaviy, jismoniy, mehnat tarbiyasi, ekologik, huquqiy, estetik, iqtisodiy, vatanparvarlik va boshqalar) aniq belgilanishining muvaffaqiyatini ta’minlash bilan maqsadni to’la amalga oshirilishi uchun xizmat qiluvchi shakl, metod va vositalarni to’g’ri tanlanishiga olib keladi.
Tarbiyaviy maqsadni belgilash bosqichida tadbirlarni tashkil etish va o’tkazishga mas’ul shaxs (o’qituvchi, tarbiyachi, sinf rahbari)ning vazifasi ta’lim muassasasi jamoasi imkoniyatlarini yagona g’oyaga yo’naltirish, tadbirlarni belgilash, tarbiyalanuvchilarning muayyan ta’sir tizimini qabul qilishga tayyorgarlik darajasiga tashxis qo’yishdan iboratdir.
XXI asrda tarbiyaning idealistik, pragmatik, realistik, antropotsentristik, erkin tarbiya, gumanistik va texnokratik modellariga amal qilinmoqda. Mazkur tizimni amalga oshirishda ushbu modellarning ijobiy jihatlari milliy tarbiya xususiyatlari bilan uyg’unlashtiriladi.
Jamiyat taraqqiyotining mavjud bosqichida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalashdan iborat ijtimoiy buyurtmani to’la qonli bajarish uzluksiz tarbiya tizimi mazmunida quyidagi asosiy yo’nalishlarning aks etishini taqozo qilmoqda:
Ma’naviy-ahloqiy, aqliy, vatanparvarlik, ijtimoiy-g’oyaviy (mafkuraviy), iqtisodiy, huquqiy (fuqarolik), jismoniy, gigenik, ekologik, mehnat, baynalminal, jinsiy, kasbiy, badiiy-estetik, oila tarbiyasi.
Ijtimoiy munosabatlar mazmunining tobora murakkab xususiyat kasb etayotganligi, shaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillarning miqdor jihatdan ortib borishi, shuningdek, muayyan hududda tashkil etilayotgan tarbiya jarayoniga salbiy, buzg’unchi g’oyalarni singdirishga bo’lgan urunishlar hamda ularning oldini olish quyidagilarni ham mustaqil yo’nalishlar sifatida e’tirof etish maqsadga muvofiqligini ko’rsatmoqda:
Milliy g’urur tarbiyasi.
Tarixiy tafakkur tarbiyasi.
Jamoaviylik tarbiyasi.
Diniy bag’rikenglik tarbiyasi.
Ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar talablaridan kelib chiqqan holda yo’nalishlarning soni ortib boradi. O’zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida yoshlar tarbiyasini tashkil etishga doir respublika hukumatining qarorlari, mazkur jarayonga mas’ul bo’lgan tegishli vazirlik hamda idoralarning me’yoriy hujjatlari asosida tarbiya samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan davlat dasturlari ham ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilindi.
Ma’lum ma’naviy-ahloqiy fazilat, sifatning shaxsda tarbiyalanganlik darajasi muayyan mezonlar asosida baholanadi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, milliy g’oya va milliy mafkurani shakllantirish taraqqiyotimizning bebaho manbai bo’lmish inson omilini safarbar qilish bilan qimmatli. Zero, islohotlar avval odamlarning ongida, keyin esa ishlarida amalga oshadi.
Ma’naviy barkamollik, mafkuraviy sobitlik namunasini xalq avvalo joylardagi rahbarlarda ko’rishi lozim.
Puxta ishlab chiqilgan strategik yo’nalish davlatning istiqbolini belgilaydi. O’zbekistonning strategik maqsadlari Islom Karimovning qator asarlarida, jumladan, «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» hamda «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» va boshqa asarlarida belgilab berilgan. Shu maqsadlar sari insonlarni safarbar qilish ularni g’oyalar shaklida singdirish zaruratini keltirib chiqaradi.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o’zgarishlarning taqdiri, so’zsiz, insonning faolligiga bog’liqdir. Bu esa islohotlarning mohiyatini xalqqa tushuntirishni talab qiladi. Shuning uchun rivojlangan mamlakatlarda mafkuraning targ’iboti «hukumat siyosatining tashviqoti» ko’rinishida amalga oshiriladi. Davlatning bosh islohotchi ekanligi ham O’zbekiston hukumatining siyosatini maxsus targ’ib qilishni talab etadi. Bunday targ’ibot islohotlarni «mafkuraviy ta’minlash»ga xizmat qiladi.
O’zbekiston hayotidagi o’zgarishlar insonlar ongida ham katta o’zgarishlar qilishni talab etadi. O’tish davrini boshidan kechirayotgan har qanday davlat yangi insonni tarbiyalash haqida jiddiy qayg’urishi tabiiy. Demak, O’zbekistonda ham «komil inson» g’oyasiga mos sifatlarni fuqarolarda qaror toptirish vazifasi ko’ndalang turibdi. «Fuqarolik axloq i»ni bunday tarbiyalash mafkuraviy siyosatning negizini tashkil etadi.
Hozirgi davrda inson ongi va qalbini egallash uchun kurash borayotgani hech kimga sir emas. Shuning uchun yot mafkuraviy ta’sirlarga qarshi kurashda uzilishlarga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Bunday sharoitda begona mafkuralarning qo’poruvchi ta’siriga qarshi doimiy va uzluksiz qarshi targ’ibotni tashkil etish muhim sanaladi. Bu ishda mamlakatimiz mustaqilligidan keyin qo’lga kiritilgan yutuqlardan unumli foydalanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |