Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ma’naviy islohotlar tashabbuskori va yo’lboshchisi.
Ana shunday murakkab sharoitda xalqni yangi mustaqil davlat barpo etishga safarbar qilish uchun, avvalo, uning ma’naviyatini, ruhiyatini tiklash lozim edi. Xuddi shu sabab O’zbekiston rahbari o’z faoliyatini ma’naviyatimizni tiklashdan boshladi.
Chunki eski tuzumdan qolgan illatlar o’z kuchini ko’rsatmoqda edi. “Biz shuni tan olishimiz kerakki, deb yozgan edi Islom Karimov, - bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan bir paytda, ko’p salbiy oqibatlar yuzaga chiqmoqda. Eski tizim qonunlari ishdan chiqib, yangi tizim qonunlari etishmasligi va hayotda ishga kirmaganligi poraxo’rlik, o’g’irlik, qalloblik illatlarining paydo bo’lishiga va kuchayishiga olib kelmoqda. Lekin bunday holat, qanday tizim hukmronlik qilishidan qat’iy nazar, avvalambor, ayrim kishilarning qonida bor nopokligi, firibgarligi, vatan va millat manfaatlariga befarq qarashi, bugungi va kelguvchi avlodlar taqdiri uchun mas’uliyatsizlik, ochiqroq aytadigan bo’lsak, ularning ma’naviy qashshoqligi tufayli ko’zga tashlanmoqda”1.
O’tgan yillar davomida totalitar tuzum davrida ta’qiqlangan milliy tafakurimiz va tarixiy xotiramizning yorqin ifodasi ramzi bo’lgan milliy va diniy qadriyatlarimiz, urfodatlarimiz, an’analarimiz bayramlarimiz, qariyb unutilayozgan buyuk ajdodlarimizning muborak nomlari hayotga qaytdi, ularning ezgu ishlari e’zoz va qadr topdi. Tashlandiq joylarga aylantirilib, vayrona bo’lgan minglab masjidu madrasalar, muqaddas qadamjolar ta’mirlandi. Man qilingan kitoblar chop etildi. Tariximiz to’g’risidagi asl haqiqat ro’yobga chiqdi. O’zimizga savol berib ko’raylik: bularsiz biz kimmiz? Hayotimizni ularsiz tasavvur eta olamizmi? Bu savollarga insof bilan, to’g’ri javob bera olsakkina masalaning tub mohiyatiga etishimiz mumkin.
Mamlakatimiz rahbarining tashabbusi bilan 1989 yiliyoq o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Milliy qadriyatlarimiz tiklana bordi. Jumladan, 1991 yil 12 fevralida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada “Navro’z” umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish haqida” gi Farmoni e’lon qilingan. Unda “asrlar davomida shakllangan urfodatlar va udumlarni e’ozlash maqsadida “Navro’z” bayramini keng nishonlash yuzasidan choratadbirlar” belgilangan. Bayram munosabati bilan sovet davrida qamoqqa olingan bir qator vatandoshlarimiz Prezident farmoyishiga binoan avf etilgan. Mana shundan boshlab “Navro’z” tom ma’nodagi xalq bayramiga aylangan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan, 1991 yil 16 aprelь Ramazon hayiti kuniga to’g’ri kelganligi munosabati bilan dam olish kuni deb e’lon qilingan edi. Xalqimizning xohish va irodasi ifodalangan bu tarixiy Farmonni barcha mo’min musulmonlar katta shodu xurramlik bilan kutib olishgan. Aynan shu sanadan boshlab yurtimizda Ramazon va Qurbon hayitlari bayram qilib kelinmoqda.
Faqat mustaqillik sharofati bilangina minglab yurtdoshlarimiz haj ibodatlarini eminerkin ado etish huquqiga ega bo’ldi. Sovet davrida muqaddas haj safariga yiliga birikki kishi borgan bo’lsa, hozirgi kunda kelib yiliga 4 mingdan ortiq vatandoshlarimiz hajga borib kelmoqdalar.
Diniy merosimiz sarchashmalari bo’lgan “Qur’on”i karim va hadisi shariflar o’zbek tiliga tarjima qilinib, ko’p ming nusxada bir necha marta nashr qilindi. Xalqimiz bu merosning chinakam sohibiga aylandi.
Demak, shu narsani aniq bilib olish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarda foydalanish kerakki, odamzotning rizqnasibasi faqat nongina emas. Jumhuriyat hududida o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish to’g’risidagi qonunning qabul qilinishi, ilgari ta’qiqlab qo’yilgan urfodatlar va an’analarning tiklanishi, xalq e’zozlagan “Navro’z” bayramining qayta tug’ilishi, shu kunning dam olish kuni deb e’lon qilingani, O’zbekistondan xizmatga chaqirilayotgan yigitlar qurilish qismlaridagi harbiy xizmati tartibining o’zgartirilishi va boshqa ko’p tadbirlar insonga g’amxo’rlik, xalqqa izzat ikromning mujassam bo’lishidir. Bularning hammasi, birovlar behuda uqtirishga urinayotganidek, xalqqa xushomad emas, balki davlatimiz rahbarining yo’li edi, biz bu yo’l o’tgan yillar davomida izchillik bilan amalga oshirilib kelinmoqda”.
Shunday qilib, tarix uchun bir soniyadek bo’lgan bu davrda O’zbekiston asrlarga tatigulik taraqqiyot va ma’naviy yuksalish yo’lini bosib o’tdi. Xalqimizning asrlar mobaynida misqollab to’plagan bebaho ma’naviy merosini tiklash va odamlarni undan bahramand qilish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Buyuk ajdodlarimizning tavallud to’ylari, qadimiy shaharlarimiz va “Avesto”, “Alpomish” kabi buyuk asarlarimizning yubileylari o’tkazildi. Bularning ahamiyati nimada?!
Bular tufayli, birinchi navbatda, biz o’zligimizni angladik, o’tganlarning ruhi shod, ko’ngil mulkimiz obod bo’ldi. Shahar va qishloqlar, madrasayu masjidlar qayta tiklandi, qanchadanqancha kitoblar chop etildi. Ikkinchidan, ma’naviyatimiz orqali millatimiz qadri, sha’nu shavkati tiklandi. Bular hammasi mamlakatimiz kelajagi bo’lgan yosh avlod uchun vatanparvarlik va fidoyilik, elim deb, yurtim deb yonib yashashning, millat istiqboli uchun qayg’urishning yorqin ifodasi bo’lib qoladi. Bunga shubha yo’q. Yuqorida aytib o’tilganidek, yurtimizda boshlangan ana shunday ezgu jarayonlarni islohotlarning ustuvor yo’nalishiga aylantirish maqsadida 1994 yil 23 aprelda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi tashkil etildi. Bu davlatchiligimiz tarixida avallari kuzatilmagan hodisa hisoblanadi. Mazkur Farmonda milliy tafakkurni rivojlantirish, ma’naviyat va ma’rifatni yanada kamol toptirishga ko’maklashish niyatida “Tafakkur” jurnalini chop etish ham belgilab qo’yilgan.
Shundan keyin joylarda ma’naviyat va ma’rifat ishlariga e’tibor yanada kuchaydi, viloyatlarda Markaz bo’limlari, maxsus targ’ibotchilar guruhlari tashkil etildi. Minglab uchrashuv, muloqot, davra suhbatlari uyushtirildi, yuzlab maqolalar, ilmiy risolalar chop etildi. Bularning barchasi jamiyatdagi sog’lom kuchlar yuksak iste’dod va tafakkur sohiblarining aqliy salohiyatini Vatan istiqboli sari yo’naltirish, millatlararo do’stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, odamlarning ma’naviy kamolotini yuksaltirish, ajdodlarimiz tomonidan asrlar mobaynida yaratilgan bebaho madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklashga, eng asosiysi o’zligimizni anglashga katta ta’sir ko’rsatdi, xalqimizning buyuk yaratuvchanlik dahosini ro’yobga chiqarishga xizmat qildi. Muhimi, jamiyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biri sog’lom ma’naviy ma’rifiy muhit yaratildi.
“Tafakkur” jurnalining ta’sis etilishi ham shubhasiz ijtimoiy hayotimizning muhim voqeasiga aylandi. O’tgan yillar mobaynida jurnalda mustaqil taraqqiyotimiz ko’pqirrali jarayonining mazmun va mohiyatini tahlil qilishga qaratilgan ko’plab salmoqli maqolalar chop etildi. Xullas, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ta’sis etilgan mazkur jurnal jamiyatimizda o’ziga munosib o’rin egalladi.
Tarixdan ma’lumki, barcha davlatlarda ham taraqqiyot, avvalambor, insonlarning ma’naviy kamoloti bilan belgilanadi, mutaraqqiy davlat faqat yuksak ma’naviyat zaminidagina vujudga keladi. Shuning uchun ham ma’naviy islohotlarni yanada jadallashtirish, xalqimizni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdek ulug’ maqsadga safarbar etish, ularning imkon va salohiyatini birlashtirish, aholining ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 martda “Ijtimoiy–ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish, diniy aqidaparastlikning oldini olish chora tadbirlari to’g’risida”gi, 1998 yil 24 iyulda “Ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va ularning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorlari e’lon qilindi.
2006 yil 25 avgustda qabul qilingan “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy–ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida”gi qarorda “xalqaro maydonda mafkuraviy, g’oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib boryotgan hozirgi murakkab va taxlikali davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talabi darajasida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan tajovuzlarga qarshi kurash olib borish vazifasi”1 - turganligi ta’kidlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |