Maktabgacha ta’limda Bolalarning nutqini o’stirishfanining vazifalari
quyidagilardan iborat
1
.
1.
Bolalar bog’lanishli nutqini o’stirish.
2.
Bolalar lug’atini boyitish.
3.
Nutqning grammatik tomonini tarbiyalash, so’zlarning gapda o’zaro birikishi
va gap hosil qilish uchun zarur bo'lgan
turli grammatik shakllar,
qo'shimchalardan foydalanishni o’rgatish.
4.
Nutqning tovush tomonini tarbiyalash, maktabgacha
tarbiya yoshidagi
bolalarda nutq tovushlarini to’g’ri talaffuz qilish, ovoz-ohangni tushunish,
nutqiy nafas olishni to’g’ri bajarishni shakllantirish.
5.
Maktabgacha ta'limda bolalarning nutqni tushunish, tinglash malakalarini
shakllantirish, kattalarga nutq orqali murojaat qilish, diologik va monologik
nutqini o’stirish, hikoya tuzishga o’rgatish.
6.
Badiiy adabiyot bilan tanishtirish, badiiy asarlar, ertak, hikoyalarni o'rganish,
kitobga bo'lgan
muhabbatni shakllantirish, asar mazmunini tushunish,
obrazlar xususiyati, nutqini ajrata bilishga o’rgatish.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni rivojlantirish va maktabga
tayyorlash.
Prezidentimiz so’zlari bilan aytganda: “Ta'lim-tarbiya
ong mahsuli
, ongni,
tafakkurni o’zgartirmasdan turib ozod va obod jamiyatni barpo etib bo'lmaydi”
Chunki
bugungi xalqaro hayot, jamiyat taraqqiyotida harqanday salbiy
faoliyat va muammolarni bartaraf etishda intellectual saloqiyat, aql-idrok, fikr, ilg’or
texnologiyalar halqiluvchi ahamiyat kasb etadi. Demak, “Kuch-bilim va tafakkurda”
(I.A.Karimov).
Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o’stirishga doir barcha ishlar biz orzu etgan
barkamol avlodni, komil insonni shakllantirishga qaratilish shart.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
1. “Metodika ” va “metodologiya” tushunchasiga ta’rif bering.
2. Fanning amaliy va tashkiliy vazifalarini taxlil qiling,
ular ning alohida
xususiyati nimalardan iborat? .
3. Metodika fanlari turkumini taxlil qiling,
tarixi va xozirgi kundagi
mohiyatini yoritib bering.
4. O’quvchilar tomonidan bilimlarning egallanishini ta’minlovchi
jarayonining asosiy vazifalari deb qaysilarni bilasiz izoxlang.
5. Ta’limning asosiy didaktik qonuniyatlarini ifoda etib bering
(I.P.Podlaso’y bo’yicha).
6. Ta’lim qonuniyatlari nimani anglatadi? Misollar keltiring.
7. Bolalar nutqini o’stirish metodikasi fani va vazifalarini ayting.
8.Maktabgacha ta’lim metodikasi fanlarida qo’llaniladigan
amaliy va
tashkiliy vazifalar va ularning axamiyatini yoriting.
9. “Dexqon bo’lsang shudgor qil, olim bo’lsang takror qil” maqoli qaysi
tamoyilni to’ldiradi, nega?
Foydalaniladigan adabiyotlar
;
1.Djamilova N. maktabgacha metodika fanlarini o’qitish texnologiyasi.T. 2017.
2. Zufarov Sh. Pedagogik innovatika- T.:”fan va texnologiyalar” nashriyoti.2012.
3. Avlyakulov N X. Musayeva N.N. Pedagogik texnologiya. Oliy o’quv yurtlari
uchun darslik.