Didaktika ta'lim nazariyasi sifatda Didaktika



Download 18,42 Kb.
Sana02.04.2022
Hajmi18,42 Kb.
#525213
Bog'liq
Didaktika ta\'lim nazariyasi sifatda


Didaktika ta'lim nazariyasi sifatda
Didaktika (yun. didaktikos — oʻrga-tuvchi, taʼlim beruvchi) — pedagogikaning tarmogʻi. Taʼlim nazariyasi bilan shugʻullanadi. "D." atamasi ilk bor Yevropada 17-a.da oʻqitish va taʼlim jarayoni haqida asarlar yaratgan olimlar tomonidan qoʻllanila boshlagan. Chex pedagogi Ya. A. Komenskiy oʻzining "Buyuk didaktika" asari (1657)da bolalar va oʻsmirlarni maʼlumotli qilish va ularga taʼlim berishning didaktik jihatlarini ishlab chikdi. Nemis pedagogi A. Disterveg oʻzining "Nemis oʻqituvchilarini maʼlumotli qilishga rahbarlik" (1834—35) asarida D.ning ped.da taʼlim nazariyasini bayon etuvchi alohida qism ekanligini taʼkidlagan. Shundan keyin D.ga taʼlim nazariyasi haqidagi fan sifatida qarash keng yoyildi. 19-a.ning oxiri va 20-a.ning boshlarida D.ga oid maxsus monografiyalar paydo boʻla boshladi.
Hoz. zamon ped.sida D.ga taʼlim va maʼrifat berish nazariyasi bilan shugʻullanadigan alohida soha sifatida qaraladi. Taʼlim mazmunini aniklash, taʼlim jarayoni qonuniyatlarini ochish hamda oʻqitishning eng samarador usul va yoʻllarini topish D.ning asosiy muammolaridir. D.ning mohiyatini belgilash, yoʻnalishini aniqlashda falsafiy-nazariy asosning oʻrni katta. Uzoq vaqt mobaynida marksizm-leninizm D.ning taraqqiyot yoʻnalishini belgilab beruvchi metodologik asos deb qarab kelindi. Lekin mazkur taʼlimotning ilmiy asoslari puch, jamiyat va tabiat taraqqiyoti qonuniyatlarini toʻgʻri hamda xolis koʻrsatish imkoniyatidan mahrum boʻlgan tarafkash (tendensioz) qarash ekanligi maʼlum boʻlgach, unga tayanish mumkin boʻlmay qoldi. Keyingi vaqtda, kalom falsafasiga milliy D.ning metodologik asosi sifatida qaralmoqda. Chunki olamning yaralish, rivojlanish qonuniyatlari, insonning bilish imkoniyatlari, maʼrifatning shaxs kamolotidagi, oʻzini anglash borasidagi oʻrni singari jihatlar ana shu falsafiy asosga tayanilgandagina tushunarli tarzda izohlanishi mumkinligi anglab yetildi. Kalom falsafasi taʼlim olamni bilishning vositasi ekanligini, bilish jarayonining cheki yoʻq, ammo inson bilishi mumkin boʻlgan bilimlar cheklanganligini koʻrsatishi bilan diqqatga sazovordir.
D. umumiy psixologiya, oʻqitish psixologiyasi hamda bilish nazariyasi bilan uzviy bogʻliq. Bu fanlarning har biri bolaning bilish faoliyati va uni amalga oshirilish jarayoni toʻgʻrisida alohida bilim beradi. Taʼlim mazmuni va usullarini belgilash borasida ham mazkur aloqadorlik katta ahamiyatga ega. D. har qanday alohida predmetni oʻqitish va uning mazmunini tayin etish qonuniyatlarini aniqlaydigan fan sifatida taʼlim va maʼrifat ishlarini samarali tashkil etishning umumiy usullarini belgilab berishi lozim. Ayni vaqtda, alohida predmetlarni oʻqitish metodikasi maktab amaliyotining aniq tajribalaridan kelib chiqqanligi uchun D.ning tamoyillari taʼlim jarayonida uchraydigan har xil favqulodda hodisalarning oʻziga xosligini hisobga olgan holda tuziladi.
Oʻzbek milliy ped.si tarixida ham D.ning asosiy xususiyatlarini aks ettirishga bagʻishlangan koʻpgina tadqiqotlar mavjud. Garchi turkiy mutafakkirlarning asarlarida D. hozirgi nom bilan atalmagan boʻlsada, lekin ular taʼlim jarayonining qonuniyatlarini belgilashi, uni tashkil etishning yoʻl-yoʻriqlarini koʻrsatishi jihatidan beqiyos ahamiyatga ega. Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ahmad alFargʻoniy, Margʻinoniy, Davoniy, Alisher Navoiy, Munis singari mutafakkirlarning taʼlimni uyushtirish, uning samaradorligini oshirish, oʻqitish jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchi munosabatlari borasidagi qarashlari jahon ped. taraqqiyotining oʻziga xos bosqichini tashkil etadi. Muayyan yoshdagi bolalarni jamoa tarzida bir joyda oʻqitishning samaradorligi ilk bor Ibn Sino tomonidan koʻrsatib berilgan boʻlsa, muallimning oʻzida ezgu insoniy sifatlar boʻlmasa, bolalarda bunday hislatlarni shakllantirish mumkin emasligi Navoiy asarlarida aks etgan. Margʻinoniy esa, bilimlarni oʻzlashtirish yuzasidan umumiy tavsiyalar beribgina qolmay, oʻrganilgan tushunchalarni bolalar xotirasida uzoqroq saklash yuzasidan aniq metodik usullar ham tavsiya etgan.
Oʻzbek milliy D.sining shakllanishida jadidchilik harakati, xususan, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abduqodir Shu kuriy, A. Ibodiyev, M. Behbudiy, A. Avloniy, S. Saidazizov, R. Yusufbekov kabi maʼrifatparvar-pedagoglarning faoliyati alohida muhim bosqich boʻldi. 20-a. boshlarida vujudga kelgan jadidchilik turkiy xalqlarning kad. shonu shuxratini tiklash uchun uni maʼrifatli qilishdan oʻzga yoʻl yoʻkligini toʻgʻri belgiladi. Jahon ped. sining eng soʻnggi yutuklaridan xabardor boʻlgan, ayni vaqtda taʼlimni tashkil etishda koʻp asrlik milliy tajribalarni hisobga olgan, D.ning metodologik asosi sifatida islomiy eʼtiqodni belgilagan jadidlar oʻqi-tish borasida yuksak natijalarga erishdilar. Jadid mutafakkirlar taʼlimni uyushtirishning amaliy jihatlari b-ngina shugʻullanib qolmay, uning nazariy masalalarini ham tadqiq etganliklari diqqatga sazovordir. Jadidlarning didaktik karashlari ularning koʻplab pedagogik asarlari, darelik va qoʻllanmalarida aks etgan.
Turkistonda Okt. toʻntarishi tufayli qaror topgan shoʻrolar zamonida D. avtoritar ped.ning bir tarmogʻi sifatida deyarli hamisha tarbiyaga qarshi qoʻyib kelindi. Milliy tajribalarga tayanmagan, taʼlim jarayonining mazmunini yangilashga qobil boʻlmagan, maktab D.sini mafkura zugʻumidan xalos eta olmagan sotsialistok ped. uning tashqi jihatlarini pardozlab, yaltiratib koʻrsatishga alohida eʼtibor berdi. Turli-tuman usullar oʻylab topildi, koʻpdan-koʻp "ilgʻor" tajribalar yoyildi. Lekin taʼlimda kutilgan samaraga erishilmadi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishtandan soʻng oʻzbek ped. fani va amaliyoti milliy asoslarga tayangan holda D.ning tamomila yangicha yoʻnalishda taraqqiy etishiga zamin hozirladi. Ijtimoiy ongning oʻzgarishi pedagogik tafakkurning sogʻlomlashuviga, u esa, oʻz navbatida, D.ning milliy asoslarda rivojlana boshlashiga olib keldi. Bunda milliy D.ning asosiy tamoyillarini toʻgʻri belgilash hal qiluvchi ahamiyatga ega. Milliy D.ning asosiy tamoyillaridan biri taʼlimning insoniylashuvidir. Mazkur tamoyil taʼlim jarayoni uchun bilim emas, balki oʻquvchi shaxsi asosiy kadriyat ekanligini anglatadi. Bunda oʻquvchi shaxsini shakllantirishga ustuvor oʻrin beriladi. Taʼlimning insonparvarlashuvi tamoyili oʻzbek D.sining asosiy talablaridan boʻlib, taʼlim mazmoʻnini belgilash va pedagogik amaliyotni tashkil etishda shaxs maʼnaviyatini shakllantirishga yoʻnaltirilgan oʻquv fanlariga ustuvor ahamiyat berilishini kuzda tutadi. Estetik, badiiy turkumdagi predmetlarni oʻqitishga alohida eʼtibor qaratish yoʻli bilan bolalarning hissiyotini shakllantirishga erishish, ularda iroda xususiyatlarini tarkib toptirish muhimdir. Oʻquvchi maʼnaviyati bilan uning oʻzlashtirishi oʻrtasida uzviy aloqa borligi zamonaviy psixologiya fani tomonidan asoslab berilgan. Bu holatni hisobga olmay ish koʻrgan ped. muvaffaqiyatsizlikka mahkumdir. Milliy D. taraqqiyotini taʼminlaydigan tamoyillardan yana biri taʼlimning yaxlitligidir. Dunyodagi narsa-hodisalar yaxlit va bir-biridan ajralmagan holda mavjud ekan, uni urganish ham imkon qadar yaxlit tarzda amalga oshirilishi kerak. Taʼlim jarayonida oʻquv predmetlari miqdorini koʻpaytirish emas, balki olamni bilish vositasi boʻlmish oʻquv fanlarini imkon qadar umumlashtirish yoʻlidan borish lozim. Shuning uchun ham mustaqil Oʻzbekistonning yangilangan oʻquv rejalarida taʼlimning asosiy yetti tarmogʻi belgilangan boʻlib, oʻquv fanlari miqdorini zaruratga qarab oʻzgarib turishi koʻzda tutilgan. Taʼlim jarayonida oʻquvchilarning alohida jihatlarini hisobga olish ham D.ning asosiy tamoyillaridan sanaladi. U oʻqitish jarayonini har bir oʻquvchiga xos xususiyatlarni koʻzda tutgan holda tashkil qilishni taqozo etadi. Maʼlumki, har qanday shaxs muayyan geografik muhitda shakllanadi. Uning tabiatida oʻsha muhitga xos jihatlar muhrlangan boʻladi. Shuning uchun ham oʻqitish jarayonida mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olish tamoyili ham D.ning zarur talablaridan biridir. OʻzRning "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da mazkur tamoyilga alohida eʼtibor qaratilgan. Tarbiyaning ustuvorligi ham bugungi oʻzbek D.sining asosiy tamoyillaridan sanaladi. Komil shaxsni tarbiyalash har qanday taʼlim muassasasining asosiy vazifasiga aylandi. Maʼnaviyatni shakllantirish maksad darajasiga koʻtarilgan sharoitda tarbiyaga ustuvor maqom berilishi tabiiydir. Milliy D. oʻquvchilarni taʼlim jarayonining ishtirokchilarigina emas, balki ijrochilari deb qarashni ham koʻzda tutadi. Taʼlim oʻquvchilarning ichki ehtiyojiga aylanmasa, ular bu jarayonda faol ishtirok etmasalar, hech qanday ijobiy samaraga erishib boʻlmaydi.
D. taʼlim usullari muammosini ham qamrab oladi. Oʻqituvchi biror predmet boʻyicha oʻquvchilarning tizimli bilim olishini taʼminlash maqsadi sari intilar ekan, maʼlum ishlarning bajarilish namunasini koʻrsatadi. Ayni vaqtda, u taʼlimning barcha bosqichlarida uquvchining faolligi va mustaqilligini taʼminlaydi. Oʻquvchilar oʻqituvchi rahbarligida tajriba va kuzatuvlari asosida yangi bilimlarni oʻzlashtiradi. Ularga chuqur va mustaqil oʻzlashtirishlari, oʻrgangan bilimlarini amaliyotda ijodiy qoʻllashlari uchun maxsus topshiriklar beriladi.
Download 18,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish