Optik strukturaskopiya qurilmalari.
Bu qurilmalar guruhiga intraskoplar polaliskoplar, lazer va oddiy nefelometrlar, galagrafikstrukturaskopiya qurilmalari va televizion struktura analizatorlari kiradi.
6.36-rasm. Intraskopni optik sxemasi.
1-nur manbai; 2-kondensor; 3-infraqizil filtr; 4-tekshiriluvchi ob’ekt; 5- ob’ektiv (yig’uvchi linza); 6- tasvir o’zgartirgichi; 7- okulyar;
8- setka; 9-kuzatuvchi
Intraskoplar ob’ektlarni ichki strukturasini ko’rsatish uchun ishlatilinadi. Tekshiriluvchi ob’ektlar spektrni ko’rinish diapozonida shaffof bo’lmaydi. Ultrabinafsha yoki infraqizil qismlarda esa shaffof bo’ladi. Intraskoplarni optik tizimiga ultrabinafsha yoki infraqizil radiatsiya manbai yorug’likni fokusirovka qilish uchun optik elementlari spektral filtrlar va tasvir o’zgartirgichlari kiradi.
Nur manbai o’z fizik printsiplari bo’yicha gazorazryad, issiqlik, lyuminitsent va lazer turlarga bo’linishi mumkin. Gazorazryad manba yuqori yorug’ligi 106-108 kd/m2 bo’lib, u modullangan va uzluksiz rejimda ishlatilinadi.
Yorug’ligi bo’yicha issiqlik manbalari gazorazryad manbalaridan pastroq bo’ladi. Ularni modulyatsiya holati faqat past chastotada bo’lishi mumkin (1-10 Gts). Galagen lampalarko’pincha 0,3ch3,5mkm diapozonida yaxshi yoritadi.
Intraskoplarni optik tizimlari yorug’likni shakllash va fokusirovka qilish uchun ishlatilinadi. Ular linzali, ko’zguli va aralash turlarga bo’linadi. Oddiyrog’i bu - ko’zguli optik tizimlar bo’lib spektr diapozoni 0,1 s 1000 mkm gacha. Nisbatan oddiy yaratilinishi va ko’zgu materiallar arzonligi, lekin ko’zguli optik tizimlarni ko’rish maydoni kata burchaklarida yaxshi ishlamaydi. Deformatsiya va vibratsiyalarga sezgir bo’ladi.
Linza tizimlar murakkab va qimmat, lekin yaxshi tasvir xarakteristikalariga ega.
Tasvir o’zgartirgichlari 2 turga bo’linadi:
1. skanerlovchi
2. noskanerlovchi.
Noskanerlovchi o’zgartirgichlar orasida ko’pincha ishlatilinadigani bu - elektron optik o’zgartirgichlari, maxsus fotomaterillar, elektr lyuminitsent o’zgartirgichlari, suyuq kristallar, lyuminafor ekranlari va magnit optik fotomateriallari. Elektron optik o’zgatirgichlar spektrni 0,2ch1,2 mkm diapozonida qo’llaniladi. Ularga yuqori energetik sezgirlik tegishli. Ekranlar diametri 10-100 mm gacha bo’ladi. Tasvir yorug’ligini 106 marta kuchaytiradi.
Infraqizil fotomateriallar- bu maxsus emultsiyalar bo’lib, ularni diapozoni infraqizil spektrida 1,2 mkm gacha bo’ladi. Infraqizil fotomateriallarni sovuq kameralarda savlash kerak. CHunki xona temperaturasida ular sezgirligini yo’qotadi.
Lyuminofor o’zgartirgichlar sifatida radiovizorlar qo’llaniladi. Ular spektral sezgirligiga (1000 mkm) inerttsiyaligi 0,1-1 sekundga ega. Bu qurilmalar vizual nazoratda quvvatli lazerlar energiyasi tarqalishida ishlatilinadi.
Tasvirni skanerlovchi o’zgartirgichlarga turli tipdagi elektron nur vaakumli uzatuvchi televion trupkalar kiradi:
superortikon
dissektor
vidikon.
Superortikon – eng sezgir trupkalar bo’lib, ularni to’lqin uzunliklar diapozoni chegaralangan (0.25 s 1,2 mkm).
Kamchiligi – konstruktsiya murakkabligi.
Dissektorlar- tashqi fotoeffektga asoslangan trubkalar.Sezgirligi yuqori emas, lekin yuqori ishonchlilikka va tez ishlashga ega. Avtomatik tizimlarda keng qo’llaniladi.
Dissektor tipi LI 601, diapozoni 0,44 ch 0 mkm, chiqish signali 10 mkA, fotokatoddagi yoritish darajasi 1500 Lk, o’lchamlari 24x24 mm li ekran, ishchi temperaturasi -60 ch 700S gacha.
Vidikon- ichki fotoeffektga asolangan qurilmalar. Zamonaviy vidikonlar 0,1 ch 2,5 mkm diapozonida ishlaydi. Ushbu qurilmalar kata inerttsiyalikka ega. Impulsli jarayonlarni nazorat qilishda vidio signalni eslab qoluvchi trubkalar yaratilingan.
Vidikon tipii. LI 23. o’lchami 9,5x12,7 mm,ishchi yorug’ligi 10 Lk, signal toki 0,05 mkA, diapozoni 0,42ch 0,78 gacha. Qurilmada qalinligi 3mm infraqizil filtri ishlatilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |