Amortizatsiya normasi.
Amortizatsiya normasi – amortizatsiya ajratmalari yillik summasining shu asosiy fondlar qiymatiga nisbatan aniqlanadi va foizda ifodalanadi.
Amartizatsiya normasi asosiy fondlar yiliga o‘zining balans qiymatining qancha qismini mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shayotganligini bildiradi.
Amartizatsiya ajratmalari miqdori bir necha usulda hisolanadi:
-bir maromda hisoblash;
-bajarilgan ish hajmiga proporsional hisoblash;
-xizmat yillari yig‘indisiga proporsional hisoblash(komulyativ usul);
-kamayib boruvchi qoldiq qiymatdan hisoblash.
Amartizatsiya ajratmalari miqdorini xizmat yillari yig‘indisiga proporsional usulda hisoblab chiqamiz.
Amortizatsiya ajratmasining umumiy normasi asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq ravishda ikki qismdan iborat:
-Bir qismi asosiy fondlarni to‘la qoplashga,yani qayta tiklash uchun mo‘ljallanadi.
-Ikkinchi qismi ularni qisman qoplashga, yani kapital ta’mirlashga mo‘ljallangan.
-Amortizatsiya normasi quyidagi formulada aniqlanadi:
*100% An= *100%
Bu yerda:
An – Amortizatsiya normasi
Af – asosiy fond qiymati
Pk – asosiy fondni harakat qilish muddati davomida kapital ta’mirlash uchun sarfi.
Qt – eskirgan mehnat vositalarini qayta tiklashdan olingan mablag‘.
Xd – Asosiy fond xizmat davri.
Misol: Bir dastgoh qiymati 30 mln.so‘m xizmat muddati 8 yil,unda ta’mirlash uchun 6% va qayta tiklash uchun 12.5% olinadi. Deylik dastgoh 5 yil xizmat qilgan .
Bu misolimizda Af(Asosiy fond) qiymati 30 mln. So‘m va Xd(xizmat davri) 5 yil. E’ndi topishimiz kerak: Pk(kapital ta’mirlash) va Qt (qayta tiklash). Buning uchun
Pk=5 yil * 6% =30 %: E’ndi 30 mln so‘mni 30 % ga ko‘paytirib 100% bo‘lamiz, ya’ni: 30000000 * 30% : 100% = 9000000 so‘m.
Ot=5 yil * 12.5 % =\ 62.5 %. Endi 30 000 000 so‘mni 62.5 % ga ko‘paytirib 100%ga bo‘lamiz, yani: 30 000 000 * 62.5 % : 100 =18.750 000.
Endi bu raqamlarni formulaga qo‘yamiz:
An= = *100%=13,5%
Endi 30 000 000 *13.5 : 100 = 4.050 000 ya’ni 5 yil xizmat qilgan dastgohga shu joriy yilda 4.050.000 so‘m amartizatsiya ajratmasi hisobga olinar ekan.
Endi amartizatsiya ajratmalari miqdorini bir maromli usulda hisoblab chiqamiz.
Amartizatsiya ajratmalari miqdorini bir maromli usulda hisoblash.
4.2-jadval
Asosiy fondlar
Ko`rinishlari
|
O`rtacha balans
Qiymati(mln. so`m)
|
Amartizatsiya
Ajratmalarining
Yillik normasi %
|
Amartizatsiya
Ajratmalarining
Yillik miqdori
(mln. so`m)
|
Yuk avtomashinasi
|
80,0
|
20
|
16,0
|
Binolar
|
450
|
5
|
22,5
|
Kompyuterlar
|
10
|
20
|
2,0
|
Jami
|
|
|
40,5
|
Hozirgi kunda uskunalar qiymatining katta qismini dastlabki yillardayoq ishlab chiqarish xarajatlariga o‘tkazishni ta’minlaydigan noteks amortizatsiya keng qo‘llanilmoqda. Masalan, birinchi yil-50 foiz, ikkinchi yil-30 foiz, uchinchi yil 20 foiz o‘tkaziladi. Bu korxonalarda inflyatsiya sharoitida qilingan xarajatlarni tezroq qoplash va uskunalarni yangilash imkonini beradi.
Rivojlangan mamlakatlarda amortizatsiya ajratmalari kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadi. Shu sababli ham ularda davlat ko‘pincha firmalarga jadallashtirilgan, ya’ni yuqori amartizatsiya normalarini qo‘llashga ruxsat beradi. Amartizatsiya ajratmalarining yuqori normalarini qo‘llash asosiy fondlar qiymatini nisbatan qisqaroq vaqt ichida ro‘yxatdan chiqarish imkonini beradi. Jadallashtirilgan amartizatsiya normalari, odatda, asosiy fondlarning aktiv(bevosita ishlab chiqarishda qatnashadigan) qismiga nisbatan qo‘lashga ruxsat beriladi.
Tabiiyki, jadallashtirilgan amartizatsiya normalarini qo‘llash mahsulot(ish, xizmat) tannarxiga qo‘shiladigan amartizatsiya ajratmalari ishlab chiqarish xarajatlarining oshib ketishiga va korxona sof foydasi miqdorining kamayishiga olib keladi. Biroq, jadallashtirilgan amartizatsiya normalarining qo‘llanilishi asosiy fondlarning tezroq yangilanishiga moliyaviy sharoit yaratadi.
Sanoat korxonalarida amortizatsiya ajratmalari summasi mustaqil ravishda korxonaning asosiy fondlarini takror ishlab chiqarish va takomillashtirishga sarflanadi.
Asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishning turli shakllari mavjud:
-oddiy takror ishlab chiqarish;
-kengaytirilgan takror ishlab chiqarish.
Oddiy takror ishlab chiqarish shakli – bu eskirgan mehnat vositalarini kapital ta’mirlash. Bunda, ta’mirlash xarajatlari bevosita mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. Noishlab chiqarish fondlarini ta’mirlash uchun xarajatlar foyda hisobiga qoplanadi.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish – bu yangi qurilishni amalga oshirish, korxona faoliyatini kengaytirish, uni rekonstruksiya qilish, texnik qayta qurollanish hamda uskunalarni modernizatsiya qilish.
Uskunalarni modernizatsiya qilish – bu uskunalardagi ma’naviy eskirishni to‘liq yoki qisman bartaraf qilish va ishlab chiqarishga nisbatan zamonaviy konstruksiyalarni joriy qilishdir.
Uskunalarni modernizatsiya qilish bir necha yo‘nalishlarda olib boriladi:
-ishlayotgan mashinalarning konstruksiyasini, ularning texnik imkoniyatlarini oshiradigan qilib takomillashtirish;
-stanok va mexanizmlarni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash;
-uskunalarni dasturiy boshqarishga o‘tkazish.
Uskunalarni modernizatsiya qilish iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lib, mehnat unumdorligi va yillik ishlab chiqarish hajmini oshiradi, mahsulot tannarxini kamayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |