Birinchi yo`nalish - ishlab chiqarish jarayonlari va tadbirkorlik tarkiblarini boshqarish. Tadbirkorlik faoliyatining ushbu yo`nalishi menejment tamoyillarining turi sifatida mustaqil rivojlanadi. Tadbirkor menejmentning asosiy tamoyillarini yaxshi o`zlashtirgan bo`lishi va zamonaviy menejer bo`lmogi lozim.
Ishlab chiqarishni boshqarish tadbirkorning boshka yo`nalishlaridan ajratilgan holda olib borilishi mumkin emas: u ishlab chiqarishni faqat iste`molchilar uchun tashkil etadi. SHuning uchun ham tadbirkor faoliyatining ikkinchi yo`nalishi bozorni har tomonlama o`rganishdir. Bozorda bo`layotgan jarayonlarni tahlil qilmay, tadbirkorlik faoliyatini samarali olib borish mushkul.
SHeriklar bilan bo`ladigan aloqalarni yaxshi yo`lga qo`yish tadbirkorlik faoliyatining uchinchi yo`nalishidir. Bunda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish yo`lida sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga ko`tarish va eski munosabatlardan voz kechish maqsadga muvofikdir.
YUqorida zikr etilgan ilmiy asoslar, tamoyillar O`zbekistonda tadbirkorlik, uning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bog’liq jarayonlarni tizimli tahlil qilish, bashoratlash hamda qaror qabul qilishga asos bo`ladi.
1.4. Kichik biznes va tadbnrkorlik faoliyatini rivojlantirishning maqsadi va vazifalari
O`zbekistonda keng ko`lamli bozor o`zgarishlarini amalga oshirish jarayonida mulkdor shaxslar doirasi kengayib bormoqda. Mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimov ta`kidlaganidek, «... amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy, eng katta maqsadi, ustuvor yo`nalishi O`zbekistonda haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirishdan iboratdir. Bizning qabul qilgan barcha farmonu qarorlarimiz, qonunlarimiz, xdmma ishimiz ana shu maqsadga qaratilgandir. Bu vazifalarni hal etmasdan kutilgan natijaga, hayotimizda, iqgisodiyotimizda istalgan o`zgarishlarga erishib bo`lmaydi»1.
Bozor islohotlarining hozirgi bosqichidagi g’oyat muhim vazifa, avvalo, ishlab chiqarish sohasidagi davlat korxonalariNi xususiylashtirish va ular negizida vujudga kelayotgan tadbirkorlik tuzilmalarini aniq maqsad bilan qo`llab-quvvatlash orqali mulkdorlar sinfiii shakllantirishdan iboratdir. Jamiyatimiz uchun yangi bo`lgan mana shu ijtimoiy tur uning faoliyat sohalari shakllarini o`rganishni nazariya ehtiyojlarigina emas, balki amaliy zarurat ham shart qilib qo`ymokda.
Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning qariyb 80 foizi, sanoat mahsulotlarining 78 foizidan ortig’i, qishloq xo`jaligi va chakana savdo aylanmasining deyarli barcha mahsulotlari nodavlat sektori ulushiga to`g’ri kelmokda.
O`rta sinf davlatning asosi va jamiyatning eng barqaror qismidir. Bu sinfni vujudga keltirish vazifasini hal qilish, turmush darajasini oshirish va har bir insonning tadbirkorlik imkoniyatlarini ochish muammosini hal etib beradi. Ushbu masalaning iqtisodiy jihati shundan iboratki, mulqtsorlar real, ularning faoliyati esa samarali bo`lishi kerak. Umuman, korxonaning barcha ishlovchilarini rasman aktsiyadorlarga iylantirish uncha qiyin emas. Lekin ular haqiqatda boshqaruvda qatnashmasalar, dividendlar ola olmasalar va hatto, o`z aktsiyalarini korxonadan tashqariga sota olmasalar, ularni real mulkdorlar deb bo`lmaydi.
Aholi shunday vaziyatni ko`rar ekan, bunday korxonaning aktsiyalarini '>rkin bozordan ham sotib olmaydi, chunki korxona bilan bevosita bog’langan odamlar uning ishiga ta`sir ko`rsata olmasalar va qonunga muvofiq o`zlariga tegishli daromadni ola olmasalar, bu ish tashqaridagi mayda investorlar uchun inada mushkul kechadi. Xulosa aniq: mulkdorlar huquqlarini amalga oshirish nn ularni xdoyuya qilishning real mexanizmlari bo`lmog’i kerak. Busiz mulk iomigagina mavjud bo`ladi. Bu mol-mulkning esa egasi bo`lmaydi. Bunday nachiyat iqtisodiyot uchun ham juda xavflvdir. CHunki bu hozirgi paytda mol-mulkdan amalda foydalangan yoki hatgo, undan foydalanish imkoniyatiga ega kishilarning noqonuniy ravishda boyishi uchun keng imkoniyat yaratib beradi.
Haqiqiy mulkdor o`z tabiatiga ko`ra, oqilona ish olib borishi va o`ziga qirashli mulkni ko`paytirishga harakat qilishi kerak. Bordi-yu, shunday bo`lmasa, demak, mol-mulkni tasarruf qiluvchi sub`ekt yo o`zini mulkdor deb qisoblamaydi, yoki o`zining huqukdarini zarur kafolatlarga ega emas ,deb hisoblaydi, yoki mol-mulk yangi egasiga saqlash va ko`paytirish tamoyillariga mutlaqo yordam bermaydigan shartlar bilan tekkan bo`ladi. SHu sababli, mulk xuquqi qonun bilan himoyalangan bo`libgina qolmay, u jamiyatdagi barcha munosabatlar tizimi bilan amalda ta`minlangan bo`lishi kerak. Faoliyati o`ziga qarashli mulkni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va ana shu asosda yangi moddiy boyliklar yaratishga qiratilgan shaxslarni har tomonlama rag’batlantirish zarur. Mulkdorlar ('infi mavjud mol-mulk va daromadlar asosida, shu jumladan:
jamg’armalarni qimmatli qogozlarga solish, shuningdek xususiy pshxslarga qarashli ko`chmas mulk va boshqa mol-mulklardan foydalanish yo`li bilan;
davlatga qarashli mol-mulkni (auktsionlarda va tanlov asosida), shupingdek xususiylashtirilayotgan korxonalar aktsiyalarini sotib olish orqali mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish iitijasida;
yuridik shaxs tashkil etmagan holda va korxonalar ochmagan holda yakka gprtibdagi mehnat faoliyati -va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ishkllantiriladi.
Mulqdorlar ixtiyoridagi barcha ob`ektlarni daromad olish maqsadida foydalanilmaydigan ob`ektlar va ishlab chikarish resurslariga ajratish mumkin.
Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: mehnat, er, sarmoya:
a) moddiy aktivlar;
b) moliyaviy aktivlar, shu jumladan: pul mablag’lari; qimmatli qog’ozlar;
v) nomoddiy aktivlar - intellektual mulk ob`ektlari.
Ishlab chiqarish resurslaridan daromad olish va mulkni ko`paytirish uchun foydalaniladi. Biror- bir mol-mulkka ega shaxs mulkdordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |