J I D D I Y A F O R I Z M L A R
Faqat erkin millatgina, milliy xarakterga ega bо‘ladi.
Jermen de Stal
* * *
Yaxshi kayfiyatda bо‘lish, sizga hasad qilayotganlarga azob berish demakdir.
Diogen.
* * *
Yaxshi fikrni butun dunyoga tarqatib yuborsang ham keyin achinib yurmaysan.
M. Genin
* * *
Haqiqatni topishdan kо‘ra, xatoni izlash osonroq.
I.V. Gyote
* * *
Emaklashga kо‘nikkan xalqni tiz chо‘ktira olmaysan.
M.Genin
* * *
Eng kerakli ilm - keraksizini unutish ilmidir.
Antisfen
* * *
Millatning buyukligi uning har bir vakilida namoyon bо‘lishi shart.
Stanislav Yeji Lets
* * *
Odam hamma narsaga tо‘yishi mumkin: Boylikka... Amalga... Shon-shuhratga... Xudoning о‘zi kechirsinku, hatto... hayotga ham... Qarib-churiganida "omonatingni ola qol, yaratgan Egam", deydiganlar chin dildan gapiradi...
Odam hamma narsaga tо‘yishi mumkin. Faqat bir narsaga - Mehrga tо‘ymaydi. Bu masalada shohu gado barobar.
Holbuki, dunyoda bundan arzon narsa yо‘q. Bir og‘iz shirin sо‘z, bir chimdim Mehr kimni о‘ldiribdi! Biz esa shuni ham bir - birimizdan ayaymiz...
О‘tkir Hoshimov
KULGILI AFORIZMLAR
Eng alam qiladigan ahmoqlik о‘zing tan bergan ahmoqlikdir.
* * *
Uylangan erkakning eng himoyasiz joyi – chо‘ntagidir.
* * *
Internet umumiy savodsizlikning texnik jihozlanishini ta’minlayapti.
* * *
Xatoingizni hamisha tо‘g‘rilasa bо‘ladi, tanlaganingizni о‘zgartirolmaysiz.
* * *
Har doim odamning yomon tomonini topsa bо‘ladi, lekin yaxshi tomonini hamisha kо‘ravermaysiz.
* * *
Bir odam hayoti: Hech qayerdan keldi. Hech kim emas edi. Hech qayoqqa ketdi.
* * *
Birovlar birovlarga otasining otini ham qо‘shib murojaat qilishadi, lekin kо‘pincha onasini “qо‘shib” chaqirishadi-Y...
* * *
Odam qancha kam xato qilsa, ularni tan olishi shuncha qiyin ekan.
* * *
Yaxshi buxgalterga byudjet har doim qarzdor.
* * *
Xudo ahmoqlarni yaxshi kо‘radi, shekilli. Bо‘lmasa, ularni shuncha kо‘p yaratarmidi?
* * *
Ayniqsa, о‘zini senga teng oladigan ahmoqlar xavfli.
* * *
Agar er kishi ayolga “men seni yarim gapingdayoq tushunaman” desa, bu – “kamroq gapir” deganidir.
* * *
Oilada tinchlikni saqlab qolish uchun hozirgi zamonda chidam, muhabbat, о‘zaro tushunish va hech bо‘lmaganda ikkita televizor kerak.
* * *
Birovning sklerozga yо‘liqishini xohlasang, unga qarz berib kо‘r.
* * *
Xaridorga yaxshi munosabat, uning puli tugashi bilan tugaydi.
* * *
Kimyo fanining yutuqlaridan biri – u bizga sariq sochli ayollarni berdi.
* * *
Ozodlik haykalining о‘rta barmog‘ida uzuk yо‘qligi tasodifmikin?
Nisbiylik nazariyasining о‘zi ham nisbiymasmikan?
* * *
Birovga choh qazima, qо‘yib ber: о‘ziga о‘zi qaziydi.
* * *
Chiroyli ayol erkaklar kо‘zini quvontiradi, xunugini kо‘rib ayollar quvonadi.
* * *
Diplomat sо‘kinayotgan bо‘lsa, demak u birovning gapini takrorlayapti.
* * *
Imtihonlarda kо‘pincha bilimni emas, javob berish mahoratini tekshirishadi.
* * *
Qiziqarli geografiya: G‘arb Sharqqa kelayapti.
* * *
Eshik ochildi. Xotini kirib keldi. Shoirning Ilhom parisi shu zahoti uchib ketdi.
* * *
Juda sermahsul yozuvchilarning faqat yozishga vaqti yetadi. Yozganini о‘qib kо‘rish, tahrir qilishga, afsuski, ijod qilish ishtiyoqi vaqt qoldirmaydi.
* * *
Kо‘p narsani bilgan emas, kerakli narsani bilgan odam donishmanddir.
* * *
G‘alabaning otasi kо‘p, mag‘lubiyat esa har doim yetimdir.
* * *
Terisi ayollar sumkasiga yaaraydigan timsoh о‘lgandan keyin ham tishlayveradi.
* * *
Bir qarashda muhabbat... Birinchi gapdayoq nafrat...
* * *
“Robot odamnning о‘rnini bosolmaydi” –dedi odamxо‘r.
* * *
Bugun qilish kerak bо‘lgan ishni indinga qil. Shunda ikki kun bо‘sh bо‘lasan.
* * *
Mina izlovchilarning eng yomon kо‘rgan maqoli: “Bir oyog‘ing yerda, ikkinchisi ...”
* * *
Ajralishlarning asosiy sababi – nikoh.
* * *
Ikki erkak suhbatlashayotganda har biri о‘zi haqida gapiradi. Ikki ayol suhbatida esa har biri uchinchisi haqida gapiradi.
* * *
О‘zing uylandingmi, о‘rtog‘ingni qaytarib qol.
* * *
Kо‘p bо‘ydoqlar chiroyli, aqlli, g‘amxо‘r xotini bо‘lishini orzu qilishadi, uylanganlarning kо‘pi ham.
* * *
Ota-onaning birinchi muammosi – bolalarni yaxshi jamiyatda о‘zini qanday tutishga о‘rgatishdir, ikkinchisi esa – shunday jamiyatni topish.
* * *
Vaqt eng yaxshi ustoz. Afsuski, u hamma shogirdlarini о‘ldirib yuboradi.
* * *
Eng yuqumli kulgi – boshliqning kulgisi.
* * *
Nima istayotganini bilgan odam yo kam narsani xohlaydi yoki kо‘p narsani biladi.
* * *
Kо‘p pul tо‘plash - jasorat, ularni saqlab qolish -
mahorat, tо‘g‘ri sarflash – san’at.
* * *
Sukut - tillo. Jim о‘tiraversang talab ketishadi.
* * *
Ikki kishi sо‘kinayotganda, aqlli odam aybdor.
* * *
Hammamizni Xudo saqlaydi,lekin saqlash muddati har kimda har xil.
* * *
Birovga choh qazima, qо‘yib ber: о‘ziga о‘zi qaziydi.
* * *
Baxtli hayot yо‘q, faqat baxtli kunlargina bor.
* * *
Odamlar boy bо‘lishni emas, boshqalardan boyroq bо‘lishni xohlashadi..... shekilli.
* * *
Barmoq osmonni kо‘rsatib turganda ahmoq barmoqqa qararkan...
* * *
Haqiqat bahsda tug‘iladi, lekin ehtiroslar qaynab turganda haqiqat bug‘lanib ketadi.
* * *
О‘zingiz haqingizda yomon gapirmang, buni boshqalar eplashadi.
* * *
Hayotga buncha jiddiy yondoshmang, baribir undan tirik chiqolmaysiz.
* * *
Kelajak, qancha tо‘sqinlik qilmang, kelaveradi.
* * *
Shunisi о‘zimniki: “Men kichkina odamman”, deb takrorlayvergan kishidan kattaroq zarbani kutaver (N. Imomov)
* * *
Tug‘ilganimdan sо‘ng ikki yil gapira olmaganimga hayronman (N. Imomov).
Tuzuvchi: Ubaydullayev N.T.
Do'stlaringiz bilan baham: |