O‘yinli texnologiyalar. Bu texnologiya bilim oluvchilar faolligi va faoliyatni jadallashtirishga qaratilgan texnologiya hisoblanadi. Shu bois bu texnologiya o‘quvchi (talaba) larda faoliyatni jadallashtirish, faolligini oshirish, bilimlarni egallash, ko‘nikma va malakalrni shakllantirish o‘qishga qiziqish va havasni uyg‘otish kabi masalalarni qamrab oladi. Bunda talabaning o‘z – o‘zini to‘la ifoda etish, imkoniyatini ro‘yobga chiqarishi, ehtiyojini qondiruvchi, musobaqaga kirishi orqali amalga oshiriladi. O‘yin texnologiyasi bir necha turli bo‘lib, pedagogik o‘yin aqlliy rivojlanishni ta’minlaydi. Pedagogik o‘yin aniq qo‘yilgan maqsad va unga ta’luqli natija bilan farqlanib o‘quv – biluv yo‘nalishini belgilashi o‘yinning o‘ziga xos belgisi hisoblanadi .O‘yin jarayonida kutilgan natijaga asoslangan o‘quv tayyorgarligi faoliyatiga ega bo‘lish orqali amalga oshiriladi. Pedagogik nazaryada pedagogik o‘yinlarning tasnifi (klassifikatsiyasi) G.K.Selevko tomonidan tafsiya etilgan1.
Do'stlaringiz bilan baham: |