14. Iqtisodiy ne’mat, tovar va xizmatlar yaratiladigan tarmoq va sohalar qanday nom bilan ataladi? a) moddiy ishlab chiqarish; b) nomoddiy ishlab chiqarsh sohalari; c) iqtisodiyotning real ishlab chiqarish tarmoq va sohalari; d) xalq xo‘jaligi tarmoq va sohalari; 15. Moddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan iqtisodiy ne’matlar va boyliklarni ishlab chiqaradigan tarmoq va sohalar qanday nomlanadi? a) xalq xo‘jaligi; b) milliy iqtisodiyot; c) moddiy ishlab chiqarish; d) nomoddiy ishlab chiqarish; 16. Yaratilgan tovarlarning iste’mol qilinish xususiyatidan kelib chiqib, ishlab chiqarish tarmoqlari qanday turlarga ajratiladi? a) moddiy va nomoddiy; b) ishlab chiqarish vositalari (investitsion tovarlar) va iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar; c) tovarlar va xizmatlar yaratuvchi tarmoqlar; d) iqtisodiyotning real sektori va ijtimoiy sohalar; 17. Bir mahsulot boshqasiga ma’lum miqdoriy nisbatlarda ayirboshlanishi qanday nomlanadi? a) tovar ayirboshlash; b) barter (mahsulot) ayirboshlash; c) ekvivalent ayirboshlash; d) miqdoriy ayirboshlash; 18. Tovar(xizmat)lar pul vositasida oldi-sotdi yo‘li bilan ayirboshlanishi qanday nomlanadi? a) barter (mahsulot) ayirboshlash; b) tovar ayirboshlash; c) ekvivalent ayirboshlash; d) miqdoriy ayirboshlash; 19. Yaratilgan mahsulot taqsimlanishi natijasida kimlarning ulushi aniqlanadi? a) ishlab chiqaruvchi va resurs egalari; b) mulk va resurs egalari; c) davlat, mulk va resurs egalari; d) ishlab chiqaruvchilar, mulk va resurs egalari hamda davlat.