2-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari


Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi



Download 182,52 Kb.
bet3/18
Sana01.03.2022
Hajmi182,52 Kb.
#476827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari

Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi. Bu esa mehnat jarayonining ta- biatidan kelib chiqadi; shiming uchun ham ishlab chiqarish vositalari barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir.
Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqqiyotining hamma bos- qichlari uchun umumiy bo‘lsada, bu omillarga turli adabiyotlarda turli- cha ta’rif beriladi. Jumladan, «Siyosiy iqtisod» darsliklarida ishlab chiqarishning ikki omili: moddiy va shaxsiy omillari mavjudligi tan olinadi. Bunda mehnat qurollari va mehnat predmetlaridan iborat ish- lab chiqarish vositalari ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi, ishchi kuchi esa uning shaxsiy omili deb yuritiladi. Hozirgi bo- zor iqtisodiyotiga doir ko‘pchilik adabiyotlarda esa ishlab chiqarish- ning to‘rt omili: mehnat, kapital, yer, tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi.
Bu yerda ishchi kuchi bilan mehnat o‘rtasidagi farqni anglab olish juda muhimdir. Chunki, mehnat insonning, to‘g‘rirog‘i ishchi kuchining ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyati jarayoni bo‘lib, ishchi kuchi tushunchasidan tamomila farqlanadi. Ko‘pgina adabiyotlarda esa ularga sinonim (bir xil tushuncha) sifatida qa- ralib, bunday holat ko‘plab chalkashliklami keltirib chiqaradi. Bizga ma’lumki, ishchi kuchi insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jis- moniy qobiliyatlarining yig‘indisidir. Mehnat esa barcha omil- larning birgalikdagi harakati ishchi kuchining ishlab chiqarish vositalari bilan qo‘shilishi natijasida sodir bo‘ladigan va ma’lum samara olishga qaratilgan faoliyatdir.
Shuning uchun biz mehnat degan tushunchani emas, balki ishchi kuchi degan tushunchani ishlab chiqarishning omili deb bilamiz va ishlab chiqarish omillari ishchi kuchi, kapital, tabiat va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat deb ta’kidlaymiz (2.1-rasm).


2.1-rasm. Ishlab chiqarish omillarining turkumlanishi

Ishchi kuchi insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qo- biliyatlarining yig‘indisi bo‘lganligi uchun bozor iqtisodiyoti davrida inson emas, mehnat jarayoni ham emas, balki ishchi kuchi tovar si- fatida sotiladi va sotib olinadi. Ishchi kuchining boshqa tovarlar kabi qiymati va nafliligi mavjuddir va binobarin, uning bozori ham mavjud bo‘ladi. Shuning uchun hozirgi kunda keng qo‘llanilayotgan mehnat bozori tushunchasi o‘miga ishchi kuchi bozori, mehnat resurslari o‘miga ishchi kuchi resurslari deyilsa to‘g‘ri va tushunarli bo‘lar edi.


Kapital tushunchasi ham turli adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Ko‘pchilik kapital tushunchasini tarixiy tushuncha deb qarab, uning kapitalizmga xosligini isbotlaydi va kapitalni o‘z egasiga qo‘shimcha qiymat keltiruvchi qiymat, o‘z-o‘zidan ko‘payuvchi, o‘suvchi qiymat deb hisoblaydi. Ayrim g‘arb iqtisodchilari ham, masalan, J.Klark, L.Valras, LFishyerlar kapitalga daromad keltiruvchi, foyda keltiruv- chi, foiz keltiruvchi qiymat deb qaraydilar.
Qator g‘arb iqtisodchilarining jumladan, D.Xayman, P.Xeyne, E.Dolon, J.Robinson, R.Dombush va boshqalaming fikrini keltirib va ulami umumlashtirib, prof. V.D.Kamayev o‘zining rahbar- ligida yozilgan darsligida «haqiqatdan ham - kapital o‘zidan o‘zi ko‘payuvchi qiymat»1 deb yozadi. Bunday fikr D.D.Moskvin, V.Ya. Ioxin, A.G.Gryaznova, E.F.Borisov va boshqalaming rahbarligida nashr etilgan qator iqtisodiyot nazariyasi kitoblarida ham aytiladi. Lekin, Amerika va Yevropa mamlakatlaridan kirib kelgan «Eko- nomiks» darsliklari va boshqa ayrim adabiyotlarda kapitalni barcha ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida qo‘llaniladigan mod- diy vositalardan, ya’ni hamma turdagi mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, zavod-fabrikalar, omborlar, transport vositalari va boshqa shu kabilardan iborat deb ko‘rsatadi, unga pul va tovami kiritmaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ayrim iqtisodchilar kapitalistik iqtisodiy tuzumning sotsial mohiyatini ochish uchun masalaga bir tomonlama qarab, ishlab chiqarish omillarining qiymatiga e’tibomi kuchaytirgan. Iqtisodchilaming ayrimlari esa kapitalni bir tomonlama qarab, uning qiymat tarafini e’tiborga olmasdan faqat moddiy ashyoviy tomonini ko‘rsatadilar va kapital tushunchasining tarixiyligini e’tibordan chet- da qoldiradilar. Shuning uchun ham ular uni qotib qolgan doimiy, o‘zgarmas tushuncha deb ishlab chiqarish vositalarini (uning faqat moddiy-ashyoviy tomonini hisobga olib) kapital deb ataydilar. Biz bu kapital tushunchasiga bo‘lgan ikki tomonlama yondashuvni bir tanganing ikki tomoni, bir tushunchaning, ya’ni kapital tushunchasi- ning ikki tomoni: uning bir tomoni moddiy va ashyoviy ko‘rinishi, ikkinchi tomoni esa uning qiymat ko‘rinishi ekanligini e’tiborga ola- miz va uni bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital deb ishlatamiz. Biz kapital deganda yollanma mehnat tomonidan harakatga keltirilib, o‘z egalariga daromad, foyda keltiradigan, ishlab chiqarish va xiz- mat ko‘rsatishning hamma sohalarida qo‘llanadigan ishlab chiqarish vositalarini, sotishga tayyor turgan tovarlami, yangi vositalar va ish- chi kuchini sotib olishga mo‘ljallangan pul mablag‘larini, ulaming ashyoviy tomoni va qiymatining birligini tushunamiz. Boshqa- cha qilib aytganda, «kapital» ham qiymatga, ham naflilikka ega bo‘lgan, ma’lum foyda olish maqsadida ishlab chiqarish va xiz- mat ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan, yollanma ishchi ku- chi tomonidan harakatga keltiriladigan vositalardir.
Hamma adabiyotlarda yerga deyarli bir xil tushuncha beriladi, ya’ni yer deganda tuproqning unumli qatlami, o‘tloqlar, yaylovlar, suv, havo, o‘rmon, qazilma boyliklar, umuman tabiiy resurslar tu- shuniladi. Ma’lumki, keyingi vaqtlarda quyoshdan, shamoldan energiya olinmoqda, havodan foydalanilmoqda. Shulami hisobga olgan holda yer degan so‘z o‘miga tabiat so‘zini ishlatsak to‘g‘ri boiar deb o‘ylaymiz.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida katta e’tibor beriladigan omillardan biri tadbirkorlik qobiliyatidir. Tadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir-biriga qo‘shilishini ta’minlaydigan, tash- kilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo‘rqmaydigan kishilarga aytiladi; bu xislatlar majmui esa tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi. Hozir- gi davrda ayrim adabiyotlarda axborot va uning vositalarini, ekologi- yani ham alohida omil deb ko‘rsatadilar. Bizning fikrimizcha, ular tabiat va kapital omillarida o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun ulami alohida omil deb qarashga hojat yo‘q.
Ishlab chiqarish omillari hech qachon bir joyda qotib turmaydi, balki doimo rivojlanib o‘sib boradi. Ishlab chiqarish vositalari ham, ishchi kuchi ham doimo harakatda, rivojlanishda bo‘ladi. Ilgarigi oddiy omoch-bo‘yintiriqqa, bolg‘a va boltaga asoslangan ishlab chiqarishdan hozirgi zamon avtomatlashgan ishlab chiqarishgacha kelish fikrimizning dalilidir.

    1. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni

Jadvaldan ko‘rinadiki, 2000-yilda YalM hajmining 50,5 foizini ishlab chiqarilgan moddiy tovarlar tashkil etgan bo‘lsa, 2015-yilga kelib esa bu ko‘rsatkich 36,7 foizni tashkil etdi. Bundan ko‘rishimiz mumkinki, keyingi davrlarda ishlab chiqarish hajmi to‘xtovsiz o‘sib borish bilan bir qatorda mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish sohasiga kengroq etibor berishi natijasida YalM tarkibida moddiy ishlab chiqa- rishning ulushi nisbatan pasayib, nomoddiy ishlab chiqarish ulushi esa o‘sib bormoqda.
Ishlab chiqarilgan moddiy tovarlar va xizmatlar tarkibining o‘zgarishiga qaramay YalM hajmi yildan-yilga o‘sib bormoqda. YalMning izchil o‘sib borishi yangi-yangi ishlab chiqarish korxonala- rining ishga tushirilishi yoki eskilarining kengaytirilishi evaziga sodir bo‘lmoqda. Masalan, 2015-yilda Toshkent issiqlik elektr stansiyasida 370 megavatt quvvatga ega boTgan bug‘-gaz qurilmasi barpo etildi, Chorvoq GESi gidrogeneratorlari modemizatsiya qilindi, Qo‘ng‘irot soda zavodida kalsiylashtirilgan soda ishlab chiqarish kengaytirildi, «Samarqandkimyo» aksiyadorlik jamiyatida 240 ming tonna quv- vatga ega boTgan murakkab tarkibli yangi o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi. Shuningdek, «Motor zavodi» aksiyadorlik jamiyatining faoliyat ko‘rsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlari- da traktor tirkamalari, jumladan, katta hajmli tirkamalar, maishiy texnika uchun tarkibiy qismlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqa- rish tashkil etildi.
Shu bilan birga mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish sohasi sezilar- li ravishda rivojlanib bormoqda. Respublika YalMdagi xizmat ko‘rsatishning ulushi 2000-yilda 36,8 foizni tashkil qilib, 2014-yilda esa bu ko‘rsatkich 54,0 foizni, 2015-yilda esa 54,5 foizni tashkil qildi. Bu esa mamlakatimizda keyingi yillarda aholining turmush sharoitini yaxshilash uchun olib borayotgan kompleks tadbirlar qatorida xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga qaratil- gan Davlat dasturlarining amalga oshirilishi natijasi hisoblanadi.
Moddiy ishlab chiqarish sohasi o‘z navbatida ikki boTinmadan iborat boTib, birinchi boTinmada ishlab chiqarish vositalari (sta- nok, mashina, asbob-uskuna, transport vositalari, xomashyo va turli materiallar) yaratilsa, ikkinchi boTinmada esa iste’mol buyumlari ishlab chiqariladi.
Birinchi boTinmada ishlab chiqarishdan chiqqan tovarlar shu yil- ning o‘zida ikkinchi boTinmada va xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlab chiqarish vositasi sifatida ishlatilishi mumkin, ikkinchi boTinmada yaratilgan tovarlar va nomoddiy soha xizmatlari o‘z navbatida bi- rinchi bo‘linma uchun zarurdir. Shuning uchun ular o‘rtasida doimo tovar ayirboshlash va boshqa iqtisodiy aloqalar sodir bo‘lib turadi.
Sarflanayotgan mehnat ikki xil tavsifga ega bo‘lganligi uchun har qanday mahsulot, shu jumiadan, bozor sharoitidagi yoki unga o‘tish davridagi mehnat mahsuli ham ikki xil xususiyatga ega: iste'mol qiy- matiga, ya’ni ma’lum bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lib, jonli va buyumlashgan mehnat sarfining ma'lum miqdorini o‘zida mujas- samlashtiradi. Bu tovaming o‘zaro bog‘liq va hamisha bir-birini taqozo qiladigan ikki tomonidir (bu haqda keyingi bobda batafsilroq to‘xtalamiz). Shuning uchun ham ishlab chiqarish jarayoniga hamisha uning pirovard maqsadi bilan birgalikda qaraladi. Ishlab chiqarishning maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib, kishilar ehtiyojini qondirish ekan, uning samarasi tovar va xizmatlaming natural va qiymat jihatdan o‘sishida, ko‘payishida ko‘rinadi. Shu nuqtai nazardan olganda ishlab chiqarish jarayoni hamisha naflilik- ni, ya’ni iste’mol qiymatini yaratish, ko‘paytirish va qiymatlaming o‘sish jarayoni hisoblanadi, uning asosiy maqsadi esa, iste’mol qiy- matini, ya’ni nafli tovami yaratishdan iborat bo‘ladi.
Ishlab chiqarishning cheklangan resurslardan foydalangan holda kishilar ehtiyojini qondirishga qaratilishi va shunga zamr bo‘lgan sifat va miqdorda iste'mol qiymati yaratishni bosh maqsad qilib qo‘yishi uning ijtimoiy yo‘nalishini ifoda etadi. Lekin bu umumiy ijtimoiy yo‘nalish aniq kishilaming, tadbirkorlaming manfaati bilan bog‘langandagina amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoki unga o‘tish davrida har bir mulk egasi yoki tadbirkor ma'lum miqdor- da foyda olishni, sarflangan vositalariga, pul mablag‘lariga nisbatan ko‘proq qiymatga ega bo‘lishni maqsad qilib qo‘yadi. Shuning uchun ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoni bir tomondan, nafli- likni yaratish jarayoni bo‘lsa, ikkinchi tomondan, qiymatning o‘sish jarayoni bo‘lib hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqa- rish, bir tomondan iste’mol qiymatini (naflilikni) yaratish va ko‘paytirishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar va mehnat- ning sarflanishi, yangi qiymatning yaratilishi, boshqacha qilib aytganda, qiymatning o‘sish jarayonidir. Bu ishlab chiqarish ja- rayonining ikki tomonlama xususiyatidir.
Masalan, tadbirkor ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 10 mln. so‘mlik paxta tolasi sotib oldi, deylik. Toladan ip yigirish uchun qoTlanilgan asosiy vositalar amortizatsiyasi, energiya, yonilg‘i va boshqa xarajatlar 4 mln. so‘mni, ish haqi 3 mln. so‘mni tashkil etib, 3 mln. so‘mlik qo‘shimcha mahsulot yaratilib, uni tadbirkor foyda sifatida oladigan boTsa, Yaratilgan mahsulotning qiymati 20 mln. so‘mni, qo‘shilgan qiymat 10 mln. so‘mni, yangi Yaratilgan qiymat 6 mln.so‘mni tashkil etadi. Agar (4 mln. so‘m + 10 mln. so‘mni) oldingi Yaratilgan qiymat deb hisoblasak, u 6 mln. so‘mga ko‘payib 20 mln. so‘mga yetadi. Bu 20 mln. so‘m ham naflilikning ham qiymatning o‘sishini ifodalaydi.
Agar biz 8 mln. so‘mlik qo‘shilgan qiymatdan 2 mln. so‘mini amortizatsiya, energiya va boshqalardan iborat moddiy xarajatlar, ya’ni oldindan Yaratilgan qiymatlar deb qarasak, 6 mln. so‘mlik qiy- mat, ya’ni 4 mln. so‘mlik ish haqi va 2 mln. so‘mlik foyda shu ishlab chiqarish jarayonida hosil qilingan yangi qiymat hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayonining ikki to- monlama tabiatini quyidagicha ifoda yetishimiz mumkin (2.3-rasm).



Download 182,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish