2-mavzu. Intelektual boshqaruv tizimilari. Reja: Intellektual tizimlar maqsadi, funksiyalari va usluboyati 2



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana22.06.2022
Hajmi0,54 Mb.
#693209
  1   2   3   4
Bog'liq
2 maruza



2-mavzu. Intelektual boshqaruv tizimilari. 
 
Reja: 
1.
Intellektual tizimlar maqsadi, funksiyalari va usluboyati 
2.
 
Ekspert tizimlari. Ekspert tizimlarini tarkibiy qismi.
 
3.
Ekspert tizimlari sinflanishi, strukrura tuzilishi
 
Tayanch so’z va iboralar:
Intellekt, Ekspert tizimlari, kopmyuter tizimlari, 
texnik tizimlar, tizimli dasturiy ta‟minot, amaliy dasturiy ta‟minot, multimedia, 
drayver. axborot, Interfeys, electron hujjat, AKT, IAT,SI. 
Intellekt tushunchasi (lot. intellectus) aql, mantiqiy o„ylash qobiliyati, 
ratsional anglash va o„ylash qobiliyati. Ushbu qonuniyatdan kelib chiqib turli 
xildagi masalalarni xotirada saqlab qolish orqali maqsadli foydalanish va bilimni 
qabul qilish. Bu intellektual sifatlar tufayli miya faoliyati ko„plab turdagi 
masalalarni echishi mumkin, bundan tashqari bir masaladan boshqa maslaga o„tish 
jarayonida osonligicha qayta ishlashi mumkin. 
“Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fani zamonaviy operatsion 
tizimlar, matnli va jadvalli axborotlarni qayta ishlash dasturlarining funksional 
imkoniyatlari bilan tanishtirish, qishloq va suv xo„jaligida axborot 
texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari va ularni soha masalalariga 
tadbiq qilish usullarini o„rgatish, ma‟lumotlar bazasini boshqarish tizimlari va 
ob‟ektga mo„ljallangan dasturlash tillarini o„qitish, Internet tizimi va lokal 
hisoblash tarmoqlarida ishlash uchun amaliy ko„nikmalarni berish vazifalarini 
bajaradi. 
Sun‟iy intellekt (SI) yarim chorak asr davomida fan sifatida o„rganilmoqda. 
Birinchi intellektual tizim sifatida nomoyon bo„lgan tizim bu “Mantiqiy 
Nazariyotchi” ya‟ni ta‟riflarni isbotlash va xisoblarni ifoda etish uchun ishlatilgan. 
Bu ishlarning ko„rgazmasi birinchi marta 1956 yil 9 avgust kuni bo„lib 
o„tgan. Dasturni tuzishda taniqli olimlar ishtirok etgan, ular: A.Nyuell, A.Tyuring, 
K.SHenon, Dj.Lou, G.Saymon, va boshqalar. 
Intellektual tizimlar (IT) – bu mashina va inson aloqasini qo„llab-
quvvatlovchi 
murakkab 
vazifalarni 
bajarishda 
matematik 
hisoblashlarga 
asoslangan tizimdir. Sun‟iy intellekt intellektual tizimning ajralmas qismi 
hisoblanadi. Sun‟iy intellekt (SI) – intellektual hisob-lanuvchi inson faoliyatining 
ko„rinishi aynan qurilmaviy yoki dasturiy modellashtirish vazifalarini echish va 
qo„yish doirasidagi ilm-fan yo„nalishi hisoblanadi.[1] Intellektual axborot tizimlari 
(IAT) – tabiiy til asosida asosiy vazifani - inson faoliyatini qo„llab-quvvatlash va 
axborot izlovini amalga oshirish uchun bilimlarga yoki kompleks dasturiy hamda 
mantiqiy-matematik vositalarga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi 
hisoblanadi.[3]
Intellektual tizimlarning rivojlanish bosqichlari. Intellektual tizimlar 
o„zining rivojlanish yo„lini zamonaviy bosqichlari uch yo„nalishda boradi.


Birinchi bosqichda izlanish ob‟ekti sifatida inson miyasining ishlash 
mexanizmi va tuzilmasi ko„riladi, maqsad – insonning fikrlash mohiyatini anglash 
hisoblanadi. Bu yo„nalishda izlanishnig zaruriy bosqichi intellektual faoliyat 
modellarini qurish hisoblanadi.
Ikkinchi bosqichda ob‟ekt sifatida sun‟iy intellektual tizim olinadi. Bu erda 
hisoblash mashinalari yordamida intellektual faoliyatni modellashtirish haqida so„z 
boradi. Maqsad ba‟zi intellektual vazifalarni inson qanday qilib echishi mumkinligi 
to„g„risidagi masalani echish imkonini beruvchi dasturiy ta‟minot yaratishdan 
iborat.
Uchinchi bosqich inson-mashina yoki boshqacha qilib aytganda Interfaol 
intellektual tizimlarni yaratishga qaratilgan. 
Intellektual tizimlarni belgilari. Har bir tizimda bo„lgani kabi intellektual 
tizimlarda ham o„ziga xos belgilari mavjud. Bu belgilar quyida keltirgan:[3] 
Rivojlangan munosabat o„rnatish qobiliyatiga ega. 
Qiyin shakllantirilgan murakkab vazifalarni echa olish qobiliyatiga ega. ·
O„z-o„zini o„qitish qobiliyatiga ega. · 
Moslashuvchanlik.
Rivojlangan munosabat o„rnatish qobiliyati foydalanuvchi bilan tizim 
orasidagi aloqani ta‟minlash yo„lini (Interfeys) nazarda tutadi, xususan intellektual 
tizim bilan ixtiyoriy so„rovni iloji boricha tabiiy tilga yaqin tilda shakllantirish 
imkoniyati tushuniladi.
Qiyin shakllantirilgan murakkab vazifalarni echa olish qobiliyati joriy 
bilimlar hamda ma‟lumotlarni noaniqlik va o„zgaruvchanlik xususiyatlarini 
nazarda tutish uchun aniq vaziyatga bog„liq bo„lgan echimning asl algoritmini 
talab etadi. O„z-o„zini o„qitish qobiliyati aniq vaziyatlarda to„plangan 
malakalardan vazifalarni echish uchun bilimlarni o„zlashtirish imkoniyatida 
namoyon bo„ladi.
Moslashuvchanlik – bu predmet sohaning ob‟ektiv modelini o„zgarishlariga 
mos keluvchi tizimning rivojlanish qobiliyatidir. Turli intellektual tizimlarda 
yuqorida sanab o„tilgan belgilar bir xil darajada emas va bu to„rtta belgi juda kam 
holda bir xil vaqtda uchraydi. SHartli ravishda har bir intellektual belgiga o„zining 
intellektual tizim sinflari mos keladi (1- rasm): · 
Interfeys ·
Ekspert tizimlar ·
O„z-o„zini o„qitish tizimlari ·
Moslashuvchan tizimlar.
Umuman olganda aniq bir ta‟rif yo„qligi sababli intellektual tizimlarni 
sinflashtirish murakkab vazifa hisoblanadi.
Intellektual axborot texnologiyalarning qo„llanilishi. Intellektual axborot 
texnologiyalari (IAT) – bu siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va texnik vaziyatlarni tahlil 
qilishda hamda boshqaruv echimlarini s
int
ez qilishni tezlashtirishda insonga 
yordamlashuvchi axborot texnologiyalaridir. 


IAT amaliyotida quyidagi belgilar bilan xarakterlanuvchi muammoli 
sohaning belgilarini hisobga olinishini nazarda tutadi: ·
Qaror qabul qilishning tezkorligi va sifati; ·
Maqsadlarning noaniqligi va chegaralar; ·
Muammoni hal qilishda ishtirok etuvchi sub‟ektlar jamlanmasi; · Muhitning 
tartibsizligi, kvantlanganligi; · 
O„zaro ta‟sirlashuvchi faktorlar jamlanmasi; ·
Vaziyatlarning kuchsiz shakllantirilganligi, noyobligi; · 
Axborotning layoqatliligi, yashiringanligi va noravshanligi; · 
Kichik harakatlar ahamiyati; · Echim mantig„ining kutilmaganligi va 
boshqalar. 

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish