Mikrokinos’yomka metodi
Tirik ob’ektlar tadqiq qilinayotganda tuzilmalarni mikrokinos’yomka, ya’ni
mikroskop ostida suratga olish alohida o‘rin tutadi. Bu
usul hujayrada ketayotgan
jarayonlarni normal, sekinlashgan, tezlashgan holda kinoga olishga imkon beradi.
Buning uchun Seytraffer qurilmasidan foydalaniladi. U xoxlagan intervallarda
suratga olish (kadrlar qilish) uchun xizmat qiladi, masalan, hujayralarning bo‘linishi
juda tez sodir bo‘lishi mumkin, bu holda odatdagiga nisbatan tezroq olinsa (kadrlar
ko‘proq qilinsa), ekranda bu jarayon sekinroq o‘tadi,
natijada normal sharoitda
payqamay qolinadigan holatlarni yaxshiroq kuzatish mumkin bo‘ladi. Aksincha, uzoq
davom etadigan jarayonlar(masalan, gulning ochilishi kabi) ni ekranda qisqa
muddatda kuzatish uchun kinoga olinayotganda kamroq kadrlar qilinadi. Masalan, 1
minutda 1ta kadr va hokazo. Natijada odatiy holda 10 soat ketadigan jarayon ekranda
5-6 minutda kuzatilishi mumkin Bu metod hujayra va organizmda bo‘layotgan
jarayonlarni faqat kuzatish usuligina emas, balki ularni hujjatlashtirish metodi hamdir
Mikroxirurgiya metodi Sitologlar birinchi mikrooperatsiyani hayvonlar
organizmi ustida o‘tkazdilar, bunda ular lupa va preparoval ignadan foydalandilar
holos.Mikrooperatsiyalar
alohida hujayralarda yoki to‘qimalarda
maxsus
mikromanipulyator deb ataluvchi asbob ishlab chiqilgach o‘tkazila boshlandi. 1901
yilda Sxouten Gollandiyada, 1904 yilda Barber AQSh da bir-biridan bexabar
dastlabki mikromanipulyatorni yaratishdi. 1912 yilda Chaxotin, 1918
yilda
Chemberson,
1920
yilda
Peterfi,
Teylor
va
1949
yilda
Fonbryunlar
mikromanipulyatorlarni yangi, qulay modellarini yaratdilar (8 rasm). Oxirgi vaqtlarda
televizion, ossiloskopli, elektron moslamali, kompyuterli mikromanipulyatorlar
ishlab
chiqarilib, qilinayotgan mikrooperatsiyalar tele-yoki kompyuter ekranlarida
ko‘rinib turadi. Mikroxirurgik operatsiya o‘tkaziladigan ob’ektni maxsus ishlab
chiqilgan qandaydir muhit-fiziologik eritma, vazelin yog‘i,
qon plazmasi yoki
zardobi quyilgan oynali kameraga joylashtiriladi. Oddiy osma tomchidagi xo‘jayra
yopqich oynaga yopishishi uchun mikroso‘rg‘ich orqali ortiqcha suv so‘rib olinadi.
Ba’zan tomchi tomiziladigan joyga jelatina yoki agar –agarni 1-2 % li eritmasi
surtiladi, unga hujayra ancha mustahkam o‘rnashadi va mikrooperatsiyani
o‘tkazishga qulaylik paydo bo‘ladi. Bu metod to‘qima yoki mikroorganizmlar
hujayralarini ajratish va yangi muhitga o‘tkazishda keng qo‘llaniladi.
Bunday
operatsiyalar shisha naychadan qilingan mikroso‘rg‘ich yoki mikroilmoqchalar
yordamida amalga oshiriladi. Bu metod dastlab Teylor va Farber (1924)lar tomonidan
Euplotes kiprikli infuzoriya mikronukleusini ajratib olish va uni boshqa individga
joylashda ishlatilgan edi. Bir amyobadan yadrosini olib boshqasiga ko‘chirish
(transplantatsiya) dastlab (1914) Barber tomonidan, keyinchalik ko‘pchilik
tabiatshunoslar tomonidan amalga oshirildi. Komandon va Fonbryun (1939)
taklif
qilgan metodga asosan yadrolar ko‘chirib o‘tqaziladigan ikkita hujayra ilmoqcha
yordamida bir joyda ushlab turiladi, egilgan mikroso‘rg‘ich orqali yadro bir
hujayradan ikkinchisiga itarib kirgiziladi(9 rasm). Shu usul bilan Danielli (1960) o‘z
shogirdlari bilan yadro va sitoplazmaning irsiyatdagi
rolini aniqlash maqsadida
amyobalarda geterotransplantatsiya (har xil yadrolarni ko‘chirib o‘tqazish) ni
amalga oshirdi. Buni amfibiylarda ham amalga oshirildi Ko‘chirib o‘tqazilgan
qismlarning irsiyatdagi rolini va keyingi taqdirini kuzatish uchun to‘qimalar kulturasi
eng qulay usul hisoblanadi. Bu operatsiyalar yadro va sitoplazmani hujayra