2-mavzu. Hujayrani o’rganish usullari


Tirik holda bo‘yash metodi



Download 327,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana11.07.2022
Hajmi327,79 Kb.
#777285
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2.Maruza

 
Tirik holda bo‘yash metodi. 
Hujayralar struktura elementlarining tuzilishini tirik holda o‘rganish muhim 
ahamiyatga ega. Buning uchun hujayralarni tirik holda bo‘yash metodidan 
foydalaniladi,bunda tirik hujayra uchun nisbatan kam zaharli bo‘lgan tirik holda 
bo‘yovchi bo‘yoqlardan foydalaniladi. Kimyoviy tuzilishiga ko‘ra ular aromatik qator 
organik birikmalarga kiradi. Ularning kislotali va asosli xususiyatga ega bo‘lganlari 
mavjud. Kislotali bo‘yoqlardan ko‘proq tripan ko‘ki (0,5% li) va litiliy karmin (20% 
li) ishlatiladi. Asosli bo‘yoqlardan eng ko‘p neytral qizil (1:20000 yoki 1:50000) va 
metilen ko‘ki (1:1000 yoki 1: 10000) qo‘llaniladi. Tirik holda (vital) bo‘yash turli 
sitologik masalalarni yechishga yordam beradi. Bu metod hujayraning turli 


strukturalarini o‘rganishga imkon beradi. Masalan, yanus bilan bo‘yash orqali 
mitoxondriyalarni, metilen ko‘ki bilan bo‘yash orqali nerv sistemasi o‘rganiladi. Bu 
metod turli ta’sirlar natijasida hujayrada sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni aniqlashga 
imkon beradi. Shu yo‘l bilan “paranekroz” hodisasi o‘rganildi. Bundan tashqari 
to‘qima tuzilmalarini hayvonning hayoti davrida yoki vital (in vivo-hayot) bo‘yash 
mumkin. Hujayralarning struktura elementlarini har tomonlama o‘rganish uchun 
fiksatsiya qilishdan avval ular bo‘yaladi. Bunda, asosan, hujayraga kirgan bo‘yoqlar 
oqsillar bilan birikadi, butun sitoplazmaga tarqaladi va ayrim hollarda sitoplazmada 
donacha holida to‘planadi. Bu usul tirik hujayra va to‘qimalarning tuzilishini, ba’zi 
bir moddalarning hujayraga kirishi va undan chiqishini kuzatishga imkon beradi. 
Hayot davrida bo‘yash uchun ishlatiladigan bo‘yoq moddalarni hujayra yoki 
organizm yashayotgan muhit suyuqligida eritish zarur. Bo‘yash muddatlari 15 
minutdan 60 minutgacha bo‘ladi. Bu bo‘yoqlar hujayraga zaharli ta’sir qilmaydi, 
sitoplazma diffuziya holda, boshqa qismlar esa turlicha bo‘yaladi. Hozirgi zamon 
sitofiziologiyasi uchun birinchi navbatda ajratib olingan hujayralarning fiziologik 
jarayonlarini o‘rganishga intilish xarakterlidir. Keyingi yillarda hujayralarning 
fiziologik holatlarini o‘rganish metodlari kengaydi. Birinchidan, alohida muskul va 
nerv tolalarini ajratishning metodlari ishlab chiqildi, ikkinchidan, bosh oyoqli 
mollyuskalarning gigantik nerv tolalari topildi. Bu tolalar aksoplazmani chiqarib, uni 
sun’iy eritmalar bilan almashtirish, hujayraga turli moddalarni va murakkab 
elektrodlarni kiritish metodlari bilan o‘rganiladi. Bu metodlar hujayra 
o‘tkazuvchanligi va bioelektrik hodisalarni o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. 
Qator yangi metodlar to‘qimadan ajratib olinmagan hujayralarning fiziologik 
xususiyatlarini o‘rganishga imkon beradi. Mikroelektrod texnikasini qo‘llash 
odatdagi elektrofiziologik metodlarni sof sitologik metodga aylantirdi. Oxirgi 
yillarda mikroelektrodlar hujayraichi RN va ba’zi kationlarning hujayra ichida 
o‘rganishga erishildi. Bundan tashqari tirik hujayralarning elastiklik, nur tarqatish, 
nur sindirish, elektr o‘tkazuvchanlik va boshqa xususiyatlari ham o‘rganilmoqda.
Hujayralarni ba’zi bo‘yoqlarni granula holda yig‘ish xossasi yot tanachalarga 
nisbatan fiziologik himoya deb qaraladi. Haqiqatdan ham Navashin va uning 


shogirdlari tomonidan hujayra zahalanganda granula hosil qilish susayishini 
aniqladilar. Bir vaqtni o‘zida sitoplazmaning bo‘yalishi kuchayadi va yadro bo‘yala 
boshlaydi. Tirik hujayrani bo‘yashning yana bir xili eozinning 1% li suvli eritmasi 
bilan bo‘yashdir. Bu metod tirik hujayralarni o‘lik hujayralardan ajratishga imkon 
beradi. Eozin o‘lik hujayralarni diffuziya holda pushti rangga juda tez bo‘yaydi, tirik 
hujayralarni esa bo‘yamaydi. Shunday qilib, vital bo‘yoqlar bilan hujayralarning 
bo‘yalishiga qarab, turli ta’sirlar natijasida hujayralarni funksional holati to‘g‘risida 
fikr yuritish mumkin.Bu metodni ahamiyati hujayra tomonidan bo‘yoqning 
yig‘ilishini belgilovchi miqdoriy metod ishlab chiqilishi bilan kuchayib ketdi. Vital 
bo‘yash metodi hujayraning bir butunligini buzadigan faktorlarning ta’sir 
mexanizmini aniqlashda va hujayra o‘tkazuvchanligi masalalarini o‘rganishda keng 
qo‘llanaladi.

Download 327,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish