To’qimalar tuzilishi va tasnifi
Har bir to’qima ma’lum embrion varag’idan kelib chiqadi va hujayralar hamda hujayrasiz oraliq (hujayralararo) moddadan iborat. Inson vujudida quyidagi to’qimalar tafovut qilinadi.
1) Epitelial to’qimalar,
2)Biriktiruvchi yoki tayanch trofik to’qimalar,
3) Asab to’qimasi.
Epitelial to’qimalar yoki epiteliy tana sirti, siroz pardalar, kovak azolar (me’da, ichak, qovug’ va boshqalar)ning ichki yuzasini qoplab turadi va organizmdagi ko’pchilik bezlarni tashkil qiladi. Epitelial to’qimalar embrion varaqlarining uchalasidan-ektoderma, endoderma, mezodermalardan hosil bo’ladi1.
Epiteliy bazal (asosiy) membranada joylashgan hujayralar qatlamidan iborat, uning tagida yumshoq biriktiruvchi to’qima yotadi. Epiteliyda oraliq modda deyarli bo’lmaydi va hujayralar bir-biriga zich taqalib turadi. Epithelial to’qimalarda qon tomirlar yo’q, shunga ko’ra ular pastda yotgan biriktiruvchi to’qima tomonidan bazal membrana orqali oziqlanib turadi. Epiteliy yuksak regeneratsiya layoqatiga ega. Epiteliy bir qancha funksiyalarni ado etadi:
1) boshqa to’qimalarni atrofdagi muhit ta’siridan asrash, himoya funksiyasi (bu funksiya teri epiteliysiga xosdir);
2) oziq moddalarni so’rish va masalan, me’da-ichak yo’li epiteliysiga xos bo’lgan oziqlanish (trofik) funksiyasi;
3) ekskretor (ajralish) funksiyasi organizmga keraksiz moddalar SO2, mochevina, urat kislota va boshqalar epiteliy orqali chiqariladi;
4) sekretor funksiya shular jumlasidandir (bezlarning ko’pchiligi epithelial to’qimadan tashkil topgan).
Biriktiruvchi to’qimalar o’zining tuzilishi jihatdan juda xilma-xil bo’lib, organizmda tayanch, trofik va himoya funksiyalarini bajaradi.Ushbu to’qimalar tayanch-trofik to’qimalari deb ataladi. Boshqa hamma to’qimalar kabi biriktiruvchi to’qimalar ham hujayralar va hujayralararo moddalardan tashkil topgandir, biroq biriktiruvchi modda miqdor jixatdan boshqa xujayralardan ustun turadi. Biriktiruvchi to’qimalar regeneratsiyaga yuqori darajada layoqatli, plastik bo’lib, o’zgarib turadigan hayot sharoitiga yaxshi moslashadi. Bu to’qimalar yosh, kam differensiatsiyalangan, kam takomillashgan hujayralarining ko’payishi, o’zgarishi xisobiga o’sib, rivojlanib boradi, biriktiruvchi to’qimalarning har bir tur-xilida ana shunday hujayralar bo’ladi. Biriktiruvchi to’qimalar mezenximadan ya’ni o’rta embrion varag’i – mezodermadan shakllanuvchi embrional biriktiruvchi to’qimadan kelib chiqadi. Biriktiruvchi to’qimalarning bir necha turi tafovut qilinadi: 1-qon va limfa; 2-shakllanmagan tolali yumshoq biriktiruvchi to’qima; 3-tolali zich biriktiruvchi to’qima (shakllanmagan zich va shakllangan zich to’qima); 4-retikulyar to’qima; 5-yog’ to’qimasi; 6-tog’ay to’qimasi; 7-suyak to’qimasi shular jumlasidandir. Mana shular ichidan tolali zich biriktiruvchi tuzilma, tolali va suyak to’qimasi asosan tayanch funksiyasini ado etsa, qolgan to’qimalar asosan trofik va himoya funksiyasini bajarib boradi. To’qimalarning birinchisi – qon va limfa.
Mushak to’qimalari kelib chiqishi va tuzilishi jihatdan olganda bir-biridan ancha farq qiladi. Shu bilan birga ularning qisqara oladigan bo’lishi, bir-biriga birlashtirib turadigan umumiy xususiyatidir. Mushak to’qimalarining shu xususiyati a’zolar va umuman organizmning harakat faoliyatini ta’minlab beradi. Silliq, ko’ndalang-targ’il mushak to’qimalari tafovut qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |