2-Mavzu: Hujayra. Hujayra memdranasi va undagi o’zgarishlar. Embriologiya elementlari. To‘qimalar tuzilishi va vazifasi



Download 0,98 Mb.
bet2/7
Sana03.09.2021
Hajmi0,98 Mb.
#163494
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Физиология амалий 2

Nazariy qism.

Hujayra nazariyasining asoslari

O rganizmning hujayraviy tuzilishini ochilishi mikroskop kashf etilishidan boshlangan. Ilk bor Robert Guk 1665-yil o’zi yaratgan mikroskop ostida po’kak mayda ari uyalarini eslatuvchi bo’sh hujayrachalardan, katakchalardan iboratligiga ahamiyat berdi. Aslida u hujayrani emas, balki uning tashqi qobig’ini ko’rgan. Ana shundan hujayra ta’limotining tarixi boshlanib, Robert Guk hujayra (grek. so’zidan “kifoya” – bo’shliq) nomini qoldirgan. Keyinroq Gryu va Malpigi tirik o’simliklarda Robert Guk kuzatishlarini takrorlab, ular gomоgen moddadan tashkil topgan mayda bo’shliq parda-dan iboratligini ko’rib, ularga pufakchalar deb nom berdilar. Hozirgi kunda hujayra nazariyasini yaratilishida Shleyden va Shvann (1839) nomlari bilan bog’lansada, lekin ulardan avval ham qator olimlardan Mirabel (1808-1809) o’simliklar mayda yarim pardali hujayralar to’qimalaridan tashkil topganligiga ahamiyat bergan. Lamark 1809-yili hech qanday tana hujayraviy to’qimada tashkil topmagan bo’lsa, o’zida hayot saqlay olmasligini ta’kidlab o’tgan. Xuddi shunga o’xshash fikrlarni Dyutroshe (1824), Tyurpen (1826), Meyen (1830), Fon Mel (1831) bildirib, hujayraviy nazariya rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shganlar. Tarixda shunday olimlar fikri borligiga qaramay, ko’pincha biologiya darsliklari mualliflari botanika professori Shleydenni hujayra nazariyasining asoschisi deb hisoblaydilar. Keyinchalik o’simliklar hujayralarining tuzilishi to’g’risida ma’lumotalar hayvonlar to’qimalaida Shvann tomonidan tasdiqlangan. Shvann o’zining ko’pgina hayvonlar to’qimalarida o’tqazgan chuqur tajribalariga asoslanib, ilk bor “Hujayra nazariyasi” degan atamani qo’lladi. Uning fikricha har bir alohida hujayra o’zicha organizm bo’lib, hayvonlar va o’simliklarda ma’lum bir qonuniyatlarga bo’ysungan holda joylashgan. Shvanning hujayralar yig’indisi to’g’risida to’plagan ma’lumotlari hujayra nazariyasini yaratilishida mustahkam poydevor bo’lishiga omil bo’ldi. Shvann hujayraning morfologik va fiziologik qarashlari va izlanish natijalariga asoslanib hujayraviy hodisalarni 2 guruhga: “plastik hodisalarga”, ya’ni molekulalar birlashib, hujayra hosil qilishi, hozirgi fan tilida hujayra morfologiyasi va fiziologik hodisalarni o’z ichiga olib yoki hujayralarni hosil qiluchi zarrachalarda yoki atrofdagi sitoplazma-sidagi kimyoviy o’zgarishlar natisadir deb tushungan. Bu jarayonlarni u metabolik hodisalar deb tushunadi. Shunday qilib Shvann hozirgi kunda qo’llaniladiga nazariyani asos qilib ta’rif berdi. Shu sababli uni zamonaviy sitoloiya fanining asoschisi deb hisoblash mumkin. Hujayra nazariyasi tez orada bir hujayrali organizmlarga ham tarqalib, sodda hayvonlarni ham bir hujayrali deb ko’ra boshladilar (Fon Zibold, 1845), Gekkel esa hayvonot olamini ikki asosiy guruhga ajratadi – protozoya va metazoya. Albert Kellikker Shvesariyadagi anatom hujayra nazariyadagi yutuqlarni embriologiyada qo’lladi. XIX asrning boshlarida olimlar hujayra ichidagi borliqqa o’z fikrlarini yo’naltiradilar, chunki har xil mualliflar bu borliqni “suyuqlik” yoki “shilimshiq” yopishqoq shira deb aytar edilar. O’simliklar hujayra shiralarida Robert Braun 1831-yili hujayra yadrosini topdi. Mark Shulze 1861-yili o’simliklar va hayvoniy hujayralarining protoplazmalari bir-biridan keskin farq qilishi xulosasiga kelib, O. Gertvig keyichalik 1892-yil protoplazma nazariyasi deb nom berdi. Bu nazariya hujayra nazariyasidan ancha keng bo’lib, yadroga ega bo’lgan protoplazma qobiq bilan o’ralgan hujayra yoki protoplazma tiik moddalar to’plamidan iborat degan fikrni ilgari surdi. Ana shunday qilib, hujayra to’g’risidagi birinchi nazariya konsepsiyasi o’zgardi. Asosiy nazariyalar kelib chiqishi bilan gistologiya fanining tez rivojlanishiga ham sabab bo’ldi. Shunday hujayralarning to’g’ri – amitoz va jinsiy – meyoz bo’linishlari (Remak, 1841) farqlanadi (Shneyder, Sfasburger) ikkinchi hujayralar bo’linish shakllarini kariokenez (Shleycher, 1879) yoki mitoz (Flemming) deb nomlashadilar. Aniqlanishicha, mitoz bo’linishning asosida yadro iplarini yoki xromsomalarini hosil bo’lishi yotadi (Voldeyer, 1890).


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish