2-mavzu.
G’o’za madaniy turlarini ko’sagi morfologiyasi va bir biridan farqi.
Ishning maqsadi.
G’o’za ko’saklarining morfologik tuzilishi, ularning o’ziga
xos belgi-xususiyatlari bilan tanishish. Ko’sak bandi, ko’sak chanog’i, ko’sak
qismlari va ko’sakning ochilish mexanizmini o’rganish. G’o’za turlari bo’yicha hosil
elementlari to’kilishiga sabab bo’luvchi omillar bilan
tanishish va hosil ele-
mentlarining to’kilish qonuniyatlarini o’rganish.
Ishning mazmuni.
G’o’zaning mevasi ko’sak bo’lib, ko’pchilik g’o’za
turlarida u yetilganda ochiladi.
Adabiyotlar:A1,Q1, Q5, Q8, Q10. Internet saytlari: http: www. icac.
org/
http://www
. grain.ru www. Plant protection.com
Mevabandi g’o’zaning turi va naviga qarab 1-10 sm gacha, ba’zan undan ham
uzunroq bo’ladi. Simpodial shoxlari cheklanmagan tipdagi ko’pchilik g’o’za
navlarida mevabandining uzunligi 3-5 sm, «nol» tipida shoxlanadigan ingichka tolali
g’o’zalarda 10 sm va undan ham uzunroq bo’ladi.
G.xirzutum va G.barbadenze g’o’za turiga mansub navlarining mevabandi
yo’g’on va yuqoriga qarab to’g’ri, G.xerbaseum va G.arboreum turiga oid g’o’za
navlarida ingichka va yerga egilib o’sadi.
To’la shakllangan, lekin hali ochilmagan ko’saklar
tuxumsimon, tuxumsimon-
konus shaklida va har xil darajada cho’ziq, yumaloq-oval, sharsimon, yassi sharsimon
bo’lishi mumkin.
Ko’sakning uchi g’o’za turlariga qarab to’mtoq yoki o’tkir
uchli hamda turli
darajada cho’ziq yoki qisqa bo’ladi.
G’o’zaning har bir tupida shona paydo bo’lishi va gul ochilishi pastdan
yuqoriga va yon tomonga qarab ma’lum tartibda bo’lganidek, g’o’zaning hosil tugishi
va ko’saklarining ochilishi ham xuddi o’sha tartibda ro’y beradi. Sug’oriladigan
yerlarda vegetasiya davri mobaynida o’rtacha o’sish sharoiti hamda maqbul ko’chat
qalinligida o’rta tolali g’o’zalarning har tupida o’rta hisobda 50-60
tadan hosil
elementlari (shona, gul, tuguncha, ko’saklar birgalikda) paydo bo’ladi.
Masalan, G.xirzutum turiga mansub g’o’zalarda ko’saklari sharsimon,
ko’pincha tuxumsimon, kamdan-kam yumaloq-cho’ziq va tuxumsimon-konus
shaklida, uchi turli xil uzunlikda va ba’zan u sezilar-sezilmas o’tkir bo’lishi mumkin.
G.barbadenze tur g’o’za ko’sagi esa ko’pchilik hollarda tuxumsimon-konus shaklida,
cho’ziq, uchi o’tkir, kamdan-kam qisqa, yumaloq oval shaklida bo’ladi (11.1-rasm).
G.xerbaseum turiga oid g’o’zalarning ko’saklari tuxumsimon, yumaloq-cho’ziq
sharsimon yoki o’qi bo’yicha yassi qisqa uchli bo’ladi. G.arboreum g’o’za
turining
ko’saklari esa odatda tuxumsimon-cho’ziq yoki yumaloq, uzun, o’tkir
uchli yoki u
unchalik katta bo’lmaydi.
Turli xil g’o’za navlarida ko’saklarning diametri 1 sm dan (yovvoyi turlarda) 5-
6 sm gacha va madaniy g’o’zalarda undan ham ko’proq bo’ladi.