1-Amaliy ish. Jins hosil qiluvchi minerallar bilan tanishish. Jins hosil qiluvchi minerallarning fizik xususiyatlari, tuzilishi, kimyoviy tarkibini o‘rganish. Ishning maqsadi



Download 20,54 Kb.
bet1/2
Sana03.07.2022
Hajmi20,54 Kb.
#736392
  1   2

1-Amaliy ish.
Jins hosil qiluvchi minerallar bilan tanishish. Jins hosil qiluvchi minerallarning fizik xususiyatlari, tuzilishi, kimyoviy tarkibini o‘rganish.


Ishning maqsadi: Minerallar haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun tog’ jinslarini hosil qiluvchi asosiy minerallar va ularning fizik xususiyatlari,kimioviy tarkibi bilan minerallarni tuzilishi formulalari orqali tanishish.
Minerallar- Bu tarkibi jihatidan bir xil turdagi bo’lgan tabiiy qotishmalar bo’lib Yer qobig’ida ro’y beradigan rurli xil fizikaviy va kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo’ladigan kimyoviy birikmalardir.
Minerallarni ко'zdan kechirganda ulaming rangi, qattiqligi, yaltiroqligi, yaxlitligiga e'tibor berib ta'riflash kerak. Minerallarlaming rangi ulaming kimyoviy tarkibi va qotishmalar borligi bilan belgilanishini yodda tutish zarur.
Tabiatda ko'p uchraydigan minerallar jins hosil qiluvchi asosiy minerallar deb ataladi. Tog' jinsi esa bir yoki bir necha minerallardan tashkil topgan bo'lib, o'ziga xos xususiyatga ega bo'ladi.Mineral esa bir yoki bir necha kimyoviy elementlardan tashkil topgan bo'lib, ma'lum bir fizikaviy, kimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo'ladi.Hozirgi vaqtda uch mingdan ortiq turdagi minerallar ma'lum, lekin bularning faqat 100 ga yaqini, aniqrog'i 20-30 tasi tog' jinsi hosil qiluvchi hisoblanadi.
Minerallarning turi 2,5 mingdan ortiq. Ular tabiatda har xil miqdorda tarqalgan.Aksariyat qismi kam uchraydi. Tog` jinslarini tashkil qiluvchi minerallar yerning ustki qismi - litosferaning asosini tashkil etadi. Bulardan dala shpatlari -55; piroksen va amfibollar - 15; kvars - 12; slyudalar - 3; gil minerallari -1,5; kalsit - 1,5; oksidlar va gidroksidlar - 3; fosfatlar - 0,75; xloritlar va ftoritlar - 0,5; sul'fidlari bilan sul'fatlar - 0,3, sof tug`ma elementlar - 0,1 foizni tashkil etadi.
Ushbu ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, faqat silikatlar bilan kremniy oksidi og`irligi bo`yicha yer qobig`ining 67% ni tashkil qiladi. Qolgan minerallar kam miqdorda bo`lishiga qaramasdan xalq xo`jaligida katta ahamiyatga ega.
Tabiatda suyuq kalloid, gazsimon holdagi minerallar ham mavjud.Suyuq mineral geometrik shaklga ega emas.Simob, neft, suv shular jumlasiga kiradi. Kalloid (grekcha yelimsimon degani) minerallar murakkab dispers sistemalar hosil qiladi va ma'lum moddaning juda mayda (10-4 dan 10-6 mm) zarrachalaridan tashkil topgan bo'ladi. Kalloidlar zollarga va gellarga bo'linadi. Zollar-dispers muhiti dispers fazaga qaraganda ko’proq bo'lgan kalloid eritmadir (ular sekin-asta kristallanib qotishi mumkin).Masalan Opal minerali-qumtuproq geli shunday yo’l bilan hosil bo'ladi. Koaliniy, montmorilloniy va boshqa kalloid minerallar ko'p tarqalgan. Gellarda dispers faza juda ko'p, ular yondoshib, shishasimon massa hosil qiladi. Ularga qurum, gillar, limoniy va boshqalar misol bo'ladi.
Gazsimon minerallarda zarrachalar orasidagi bog'lanish juda kuchsiz bo'lib, ular issiqlik va tovushni yaxshi o'tkazmaydi. Bularga karbonat angidrid, sulfit angidrid, metan, propan, butan va boshqa minerallar misol bo'la oladi.
Yer qobig'ida eng ko'p tarqalgan minerallarga silikatlar (dala shpati, slyuda, amfibol, gil minerallari va boshqalar); oksidlar (kvars, limonit va boshqalar); karbonatlar (kaltsit, dolomit va boshqalar); sulfatlar (gips, angidrit va boshqalar) hamda ko'pgina boshqa minerallar mansubdir.
Misol tariqasida kimyoviy tarkibiga ko’rra murakkab va muhim jins hosil qiluvchi minerallar sifatida dala shpatlari oilasiga kiruvchi minerallardan ayrimlari bilan tanishamiz.
Plagioklazlar-anortit (Ca[Аl2Si2О3]) va albit (Na[AlSi2O8]) minerallarining izomorf aralashmasidan iborat. Anortitni (An), albitni (Ab) ko'rinishda belgilasak, plagioklazlar tarkibini An20 Ab80 tarzida yozish mumkin. Bu plagioklaz tarkibida 20% anortit va 80% albit borligini bildiradi. Plagioklazlar kislota yoki asos xususiyatli bo'lishi mumkin.Bu anortitning miqdoriga qarab aniqlanadi. Agar anortitning miqdori 10-30% bo'lsa, plagioklazlar kislota xususiyatli, 30-50% bo'lsa-o'rtacha, 50% dan ko'p bo'lsa, asos xususiyatli hisoblanadi.Ortoklaz K[AlSi208] o'z tarkibiga ko'ra kislota xususiyatli dala shpati hisoblanadi.
Minerallarning xususiyatlarini ularning kimyoviy tarkibi bilan bog'lamay va kristall tuzilishlarini sinchiklab o'rganmay turib tushunish mumkin emas. Lekin minerallarning eng muhim fizik xossalari, murakkab asboblar va ko'p mehnat talab qiluvchi usullarni qo'llamasdan asosiy tog' jinsi hosil qiluvchi minerallarni muhim xususiyatlarini aniqlashda katta ahamiyat kasb etadi.
Barcha minerallarni asosan: nodir, aksessor, kam tarqalgan va jins hosil qiluvchi minerallarga bo’linadi.
Foydali minerallar-jinslari asosini tashkil etadi. Shuning uchun talabalar ularning fizik xususiyatlari,kimioviy tarkibi, tuzilishi va xossalari bilan tanishishi kerak.
Minerallarning tashqi ko`rinishiga qarab birini ikkinchisidan ajratish ancha mushkul. Har birining o`ziga xos belgisi bor. Ular qattiqligi, yaltiroqligi, rangi, chizig`ining rangi, og`irligi, sinish yuzasi, ulanish tekisliklari va boshqalardir.

Download 20,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish