XIX oxiri – XX boshida Fransiyaning tashqi siyosati.
XIX asrning 80-yillarida Fransiya Respublikasi hukumatidan noroziliklar oshib bordi. Anzen, Karmo, Dekozvilda ishchilarning chiqishlari ommaviy tus oldi. 80-yillarda depressiya davrida ko‘plab mayda ishlab chiqaruvchilar sinishi kuzatildi. Mamlakatdagi og‘ir ijtimoiy-siyosiy ahvoldan qutilishda faol tashqi siyosat olib borish tarafdorlarining ko‘payishi reaksiyani kuchayishiga sabab bo‘ldi. SHuningdek, Germaniyadan revansh olish tarafdorlari oshib bordi. Bu harakatning rahbari Jorj Bulanje edi. Mamlakatda korrupsiya avjga chiqqan edi. 1887 yilda Prezident Grevining kuyovi faxiy legion unvonini sotgni ma’lum bo‘ldi. natijada Grevi o‘z lavozimidan ketishga majbur bo‘ladi. Uning o‘rniga Prezident lavozimiga Sadi Karno o‘tiradi. SHu yili bo‘lib o‘tgan saylovlarda Prezident lavozimiga harbiy vazir Bulanje ham o‘z nomzodini qo‘ygan bo‘lib u saylovda yutqazgach, uning tarafdorlari davlat to‘ntarishi o‘tkazishga urinadilar. Bulanje qochishga uringanda tutib olinib otib tashlanadi. 1889 yildan boshlab Fransiya iqtisodiyoti turg‘unlik holatidan chiqib rivojlana boshlaydi. hukumatdan norzilik ancha pasayadi. ammo, tez orada yangi bir muammo, “Panama kanali” muammosi vujudga keladi. 1888 yilda Lessip va Eyfellar boshchiligida “Panama kanali” aksionerlik jamiyati tuzilgan edi. tez orada ular o‘zlarining bankrotliklarini e’lon qiladilar.chunki, to‘plangan mablag‘ning 50% turli amaldorlarni sotib olishga ketgan edi. boshlanib ketgan janjallarda 150 parlament deputati va ko‘plab gazeta muharrirlari pora olganligi ma’lum bo‘ladi. Bu esa, Sadi Karnoga parlamentni tarqatib yuborish imkonini beradi.
1890 yil 1 mayda Fransiyaning 150 ta shaharida ishchilar namoyishlarga chiqadilar. ular politsiya tomonidan ta’qib qilinadi. ishchi partiyalarining roli oshib borib, 1893 yilgi saylovlarda ishchi partiyasi parlamentda 12 ta mandat oladi. ishchilar etakchilari bo‘lgan J. Ged va Jon Jores parlament deputati bo‘ladi.
90-yillardan boshlab Fransiya imperializm bosqichiga o‘ta boshlagan edi. bu 1894 yilgi Dreyfus ishida yaqqol namoyon bo‘ldi. SHu yili Parijda Germaniya atashesiga Fransiya bosh shtabi maxfiy hujjatlari sotilgani ma’lum bo‘ladi. Ularni sotishda bosh shtab vakili kapitan Alfred Dreyfus ayblanadi. Uning kelib chiqishi yahudiy bo‘lganligi bois Fransiyada yahudiylarga qarshi kurash avj olib ketadi. Dreyfus avval o‘lim jazosiga, keyin esa umrbod katorga ishlariga surgun qilinadi. Ammo, Fransiyada Dreyfusni himoya qilib chiqishlar to‘xtamadi. 1899 yilda Preziden Valdeks Russo bo‘lib. harbiy vazir qilib Parij kommunasini qonga botirgan general Galifeni tayinlaydi.Prezident Dreyfusni “kechiradi” bu orqali esa haqiqiy shpion bo‘lgan Estergazini jinoyatini yashirishga muvoffaq bo‘ladi. Dreyfus ishi 1906 yilga qadar davom etib, uning oqlanishi bilan tugaydi.
Ichki muammolardan xalqni chalg‘itishga uringan Fransiya hukumati mustamlakalar bosib olishga zo‘r berib urinadi. 1894-96 yillardagi urish tufayli Madagaskar to‘liq istilo qilinadi. 1860-90 yillar davomida Fransiya mustamlakalari 0,2 mln km kvdan 3,7 mln km kvgacha kengaygan bo‘lsa, koloniyalarda yashovchi aholi soni 3,4 mlndan 56,4 mlnga etdi. 1898 yilda Sudanning sharqiy qismida Fashoda inqirozi bo‘lib, bu inqiroz 1899 yilda Angliyaga yon berish bilan yakuniga etdi. Germaniya iqtisodiyoti va harbiy taraqqiyoti Fransiyani Rossiya bilan yaqinlashuviga olib keldi. 1892 yilda Fransiya-Rossiya harbiy konvensiyasi imzolangan bo‘lsa, 1893 yilda ikki davlat o‘rtasida harbiy ittifoq tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |