Uchinchi Respublika. Ijtimoiy-siyosiy kurashlar
Parix kommunasi qonga botirilgandan so‘ng, mamlakatda reaksion Ter hokimiyat tepasiga keldi. Fransiyada monarxistlar qirol hokimiyati o‘rnatilishini istasa, proletariat Respublika tartiblarini o‘rnatishni xohlardi. Qirol hokimiyatiga Burbonlar, oreanskiylar va Bonapartchilar da’vo qila boshladilar. Ammo, monarxiyani Fransiyadagi biror-bir ijtimoiy qatlam qo‘llab-quvvatlamadi. monarxiya tarafdorlarining chiqishlari 1975 yilga qadar bo‘lib turdi. Ijtimoiy noroziliklar 1973 yilda Terni iste’fo berishi va Respublika prezidenti qilib o‘taketgan monarxist Mak-Magon (1873-1879 yy) saylandi. 1875 yilda Milliy yig‘ilish Fransiyada Respublika tartibi saqlab qolinishini ma’lum qiladi. Mak-Magon haqida o‘sha davr tarixchilari “Fransiyaning buyuk eshshagi” degan jumlani keltirib o‘tganlar.
1875 yilda uchinchi respublika konstitutsiyasi qabul qilinadi. Ushbu konstitutsiya Respublikachilar va monarxistlarni murosaga keltiruvchi qonun loyihasi bo‘lib hisoblanadi. Konstitutsiyaga ko‘ra, parlament qonunchilik faoliyati bilan shug‘ullanar, senat a’zolari esa, 9 yilga saylanar, ularning uchdan–bir qismi har uch yilda yangilanishi lozim edi. senator bo‘lish uchun 40 yoshdan kichik bo‘lmagan shaxs loyiq deb hisoblanardi. deputatlar palatasi 4 yilga va 21 yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslardan saylanardi. parlamentga saylovlarda yosh senzi saqlab qolindi. Ayollar, harbiylar, yollanma va mavsumiy ishchilar saylov huquqidan mahrum edilar. ijro etuvchi hokimiyat Prezident qo‘lida to‘plangan bo‘lib, unga katta vakolatlar berilgandi. Prezident urush e’lon qilishi, sulh tuzishi, harbiy va fuqarolik amallarini berishi mumkin edi.
1879 yilda konstitutsiya qonunlariga ko‘ra o‘tkazilgan birinchi saylovda Respublikachilar partiyasi g‘alaba qozondi. Respublika Prezidenti Jyul Grevi, palatasi vakili Mon gambietta bo‘ldi. Ammo, Respublikachilar partiyasi o‘zlarining saylovoldi dasturlaridagi va’dalarini bajarishga shoshilmadilar. Ular Prezident vakolatlarini cheklash, cherkovni davlatdan ajratish, daromad solig‘ii qisqartirish kabi va’dalarni bajarmadilar. Angliya, AQSH va Germaniyadan ortda qolayotganini tushungan hukumat sanoat ishlab chiqarishdagi pasayishni o‘rnini to‘ldirish maqsadida zo‘r berib mustamlakalar bosib olishga e’tiborni qaratadi. 1881 yilda Tunis, 1885 yilda Annam va Tonkin, Markaziy va G‘arbiy Afrika, Madagaskar hududlari istilosi davom ettirildi.
Respublikachilar partiyasining o‘zida ichki bo‘linish sodir bo‘lib, radikal respublika kayfiyatidagilar Jorj Klemanso (1841-1929 yy) atrofida birlasha boshlaydilar. 1881 yilda radikal respublikachilar aohida partiya bo‘lib, parlament saylovlarida ishtirok etadilar va 46 ta o‘ringa ega bo‘ladilar.
70-80 yillarda Fransiyada ishchilar harakati etarli darajada shiddatli tus olmadi. bunga sabab Parij kommunasi qonga botirilishi natijasida ishchilar sinfi pozitsiyasining kuchsizlanishi barberistlar (burjuaziya bilan kelishish tarafdorlari), xristian ishchi harakatlari ta’sirining o‘sishi edi. 1876 yil Parijda ilk bor turli ishchi tashkilotlarining se’zdi bo‘ldi. Lionda 1877 yilda bo‘lgan 2-ishchi tashkilotlarining se’zdida sotsialist-kollektivistlar (rahbari Jyul Ged (1845-1922 yy) va Pol Lafarg (1842-1911 yy) ilk bora qatnashdi. 1880 yilda Gavrda bo‘lib o‘tgan ishchilar se’zdida sotsialistlar “Ishchi partiyasi”ni tuzadilar. Ammo, ishchi partiyasida ham turli oqimlar bo‘lib, mayda burjuaziya g‘oyalari va tinch yo‘l bilan hokimiyatni egallash tarafdorlari keyinchalik “Posibilistlar” (amalga oshirish mumkin, imkoni bor) deb atala boshlandi. bir qadar qat’iy choralar ko‘rish tarafdorlari etakchilarining nomi bilan Gedistlar deb ataldi. “Ishchi partiyasi” 1886 yilda gedistlarning “Fransiya sotsialist mehnatkashlarining federatish tashkiloti” ni tuzilishiga, posibilistlarning “Fransiya sotsialist mehnatkashlari federatsiyasi” va ular ichidagi bo‘linish natijasida, 1890 yilda J. Alleman boshchiligida “Revolyusion sotsialistik ishchi partiyasi” tuzilishga olib keldi. Bu davrdagi ishchi partiyalarining asosiy talabi 10 soatlik ish kuni bo‘lib, 12 soatlik ish kunini qisqartirish va maoshni oshirish ishchilar chiqishlarining o‘zagi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |