Plebeylar: a) hunarmad-ustalarning qaram qismidan, b) xalfalardan, manufaktura ishchilaridan, v) hech qaysi sinfga mansub bo‘lmagan kambag‘allardan, jumladan, qishloqlardan kelib, shaharlarda me’morchilik qilib pul topayotganlardan yoki gadoylik qilib kun kechirayotganlardan iborat edi. Hamisha tinib-tinchimas bu plebeylar ommasi ichida tashabbuskorlik rolini xalfalar o‘ynardi. Ular esa kasbiga qarab, qadim zamonlardagi maxfiy ittifoqlarga "kompanonajlar" ga uyushgan edi. Xo‘jayin ustalarga qarshi stachkalar Fransiyada XVII asrning ikkinchi yarmida juda tez-tez bo‘lib turdi, bu hol kapitalizmning taraqqiy qilayotganidan dalolat berardi. 1697 yilda Darnetolda 3-4 mingga yaqin movutchi ishchilar to‘xtatgan ishlarini, butun oy davomida boshlamadilar. Bu vaqtda mashhur iqtisodchi Buagilberg bunday deb yozgan edi: hamma joyda, qahr-g‘azab hukm suradi. Sanoat shaharlarida ishlab chiqarishning muayyan bir tarmog‘ida ishlaydigan 700-800 ishchining birdan ish tashlab, ishdan ketayotganligini ko‘rasan kishi, buning sababi shuki, ish haqining kamaytirilishi bo‘lgan Fransiyaning dengiz portlar Marsel, Bardo, Nant, Sen-Momo, Depp hayotida qattiq savdogarlar juda katta muhim rol o‘ynaydi, chet ellarga chiqarish uchun bu portlarga qishloq va shahar sanoatining, qisman qishloq xo‘jaligining juda ko‘p mahsuloti keltirilar edi. Ispaniyaga hamda ispan savdogarlari orqali Ispaniya va Portugaliya mustamlakalariga, to Hindistongacha, shuningdek Italiyaga va boshqa mamlakatlarga eng ko‘p mol chiqarilar edi. Natijada XVII asrning o‘rtalarida Fransiya, Kanadada va Atlantikadagi orollarida, ya’ni o‘z mustamlakalarida mol sotish bozorlariga ega bo‘ldi. Ayni vaqtda Levant, Niderlandiya orqali Fransiyaga juda ko‘p mustamlaka mollari keltirilar edi. Biroq Fransiyaning tashqi bozorlarga mol chiqarishi bu vaqtda jahon maydoniga chiqqan kapitalistik mamlakatlarning Niderlandiyaning, so‘ngra Angliyaning raqobatini qiyinlashtirib qo‘ygan edi.
Fransiya sotadigan narxdan ko‘ra arzonroq narxda mol taklif qilardilar. Ichki bozorga kelganda shuni aytish kerakki, ichki bozorda feodalizmning hukmronligi kapitalizm kurtaklari uchun ayniqsa halokatli edi. Aholining asosiy ommasi bo‘lgan dehqonlar juda oz narsa sotib olardilar. SHu sababli pul aholining qaysi sinfi qo‘lida to‘plangan bo‘lsa, sanoat asosan o‘sha sinf uchun mahsulot ishlab chiqarar edi. Fransiya manufakturasining alohida xususiyati uning zeb-ziynat buyumlari: duxoba, atlas, kimxob va boshqa xil qimmatbaxo gazlamalar, bezak, ma’lum bir uslubda ishlangan jihozlar, oltin suvi yugurtirilgan buyumlar, nafis oynalar, atir-upa va pardoz mollari-xullas qimmatbaho mollar ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi shuning natijasi edi. Keng ichki bozor bo‘lmaganligi sababli savdo va sanoat kapitali kuchaymadi.O‘sha vaqtda feodal tartibning kapitalistik ukladdan ustun turganini juda yaqqol ko‘rsatadigan narsa shu ediki, sanoatga va savdo ishlariga juda katta soliqlar solinishi bo‘lib, bu soliqlarning bir qismi saroy ahli bilan harbiy dvoryanlarning daromadlariga aylanib qolgan edi.Katta-katta shaharlarning atroflaridagi deyarli hamma yerlar XVII asrda yangi xo‘jayinlar qo‘liga o‘tgan edi, har bir burjua zamindor bo‘lishiga intilardi. SHu sababli bu yangi zamindorlar qishloq xo‘jaligining an’anaviy jarayonini o‘zgartirmadilar, balki oddiy feodal renta oluvchilarga aylanib qo‘ya qoldilar. Ular shu bilan birga ko‘pincha feodal unvonlar ham sotib olardilar yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri "dvoryancha hayot kechirish" ni qabul qilardilar. Ikkinchidan burjualar o‘z kapitallarini davlat lavozimlari va munitsipal lavozimlar sotib olishga sarflardilar. Fransiyaning katta byurokratik mashinasidagi lavozimlarning deyarli hammasi sotilar edi, sotilganda ham umr bo‘yi egallash uchungina emas, nasldan-naslga ko‘chadigan qilib egallash uchun sotilardi.Eng yuqori lavozimlar.Masalan: parlamentlarning maslahatchilari va prezidentlari lavozimlari juda ham qimmatga sotilar edi: past lavozimlarni hatto mayda burjuaziya ham sotib olaverardi. Ko‘p vaqtlarda savdogar o‘z o‘g‘liga foydali lavozim sotib olib, o‘zining savdo ishlarini to‘xtatar edi. Bu xuddi dvoryanlar kabi, soliqlardan ozod bo‘lardilar va hatto dvoryanlik unvoniga ega bo‘lardilar. XVII asrdagi Fransiya davlati, ya’ni qirolning absolyut yoki mustabid hokimiyati prinsipi asosida qurilgan davlat bo‘lib, o‘z sinfiy mohiyati e’ibori bilan dvoryanlar diktaturasi edi. Absolyutik davlatning ob’ektiv vazifasi tarix halokatiga mahkum etgan feodal tuzumni himoya qilish, feodalizmning iqtisodiy bazasini bu tuzum bag‘rida etilgan barcha anti feodal kuchlardan himoya qilish edi. Asosiy antifeodal kuch dehqonlar ommasi edi. Dehqonlar qarshiligining kuchi o‘rta asrlar davomida oshib bordi, markazlashgan majbur etish orqali davlat bu kuchga muvaffaqiyatli ravishda qarshi turish imkoniga ega bo‘ldi. Dehqonlarning ittifoqchisi, ya’ni dehqonlar qo‘zg‘olonlarining qudratini oshib borgan shahar pleybeylar ommasi edi. Ammo bu qo‘zg‘olonlarga burjuaziyaning qo‘shilishi antifeodal xalq kuchlarining stixiyali kurashini inqilobga aylantirar edi. SHu davrda absolyutizmning eng muhim vazifasi burjuaziya, dehqonlar va pleybeylarning ittifoqi tuzilishiga to‘sqinlik qilishi edi, bir tomondan homiylik qilish yo‘li bilan burjuaziyaning xalq kuchlari bilan ittifoq tuzishdan chalg‘itish bo‘lsa, ikkinchi tomondan, dehqonlar va plebeylar harakatini bostirish edi. Biroq, absolyutizmning burjuaziyaga homiylik qilishdan XVII asrdagi absolyustik davlat o‘z mohiyati e’tibori bilan burjua davlati yoki ikki sinf davlati, dvoryan burjua davlati edi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Bu davlatda dvoryanlar bilan burjuaziya bir-biriga yon bergan bo‘lsa ham, u mutlaqo teng huquqlikka asoslanmagan yon berish edi.
Fransiya monarxiyasining feodallik, dvoryanlik mohiyati xuddi Lyudovik XIV zamonida har qachongidan ko‘ra yaqqolroq namoyon bo‘ldi. Qirol hokimiyati XV-XVII asrlarda kuchaygan bo‘lsa, XVIII asrning oxirlarida qirol hokimiyatiga qarshi inqilob ko‘targan kuchlar burjua qatlamini tashkil qildi. Lyudovik XIII 1643 yilda o‘ldi. Taxt vorisi Lyudovik XIV hali besh yoshga ham to‘lmagan edi. Unga o‘z onasi Anna Avstriyskaya maslahatchi qilib tayinlandi, lekin haqiqatdan mamlakatni Anna Avstriyskayaning mahbubi, kardinal Rishele o‘rniga birinchi ministrlik lavozimiga tayinlangan italiyalik kardinal Mazarini idora qildi. Uzoqni ko‘radigan va g‘ayratli davlat arbobi bo‘lgan Mazarini kardinal Rishele siyosatini bevosita davom ettirib, Fransiyani 18 yil hech qanday qiyinchiliksiz idora qildi. Davlat maslahatchiligi odatda, qirol balog‘atga etmagan davrda ya’ni zodagonlarning, ayniqsa qondosh shaxzodalarning davlat boyliklarini taqsimlashda ko‘proq hissa da’vo qilishi davrida yanada ko‘proq kerak bo‘lardi. O‘ttiz yillik urishda qatnashish va, mamlakat ichidagi qo‘zg‘olonlarni bostirish Fransiyaning moliya zaxiralarini batamom tugatib qo‘ygan edi. Saroydagi fitna" ya’ni Mazarinini ishdan olish va Germaniya imperiyasiga qarshi olib borilayotgan urushni to‘xtatish maqsadida, gersog Bofor boshchiligida uyushtirilgan fitna imperiya tomonidan oson bostirildi. Katta amaldorlar vaqtincha tinchishdi. Biroq mamlakatda ancha dahshatli oppozitsiya kuchaymoqda edi. Dehqon-plebeylar Rishele zamonidayoq ayniqsa 1635 yildan boshlab g‘oyat keng tus oldi. Mazarini 1643-1645 yillarda qo‘zg‘olonlar to‘lqinining kuchayishiga duch keldi. Fransiyaning janubiy-g‘arbiy viloyatlarida, xususan Ruerg viloyatiga, qo‘zg‘olon ko‘targan dehqonlarga qarshi katta-katta harbiy kuchlar yuborishga to‘g‘ri keldi. Xalq qo‘zg‘olonlari feodal-absolyutik tartibni bo‘shashtirib qo‘ydi, lekin muayyan siyosiy rahbar bo‘lmagani uchun bu qo‘zg‘olonlar mag‘lub bo‘lishga mahkum edi. Urushni tamomlash uchun yangidan-yangi daromad qidirib, Mazarini burjuaziyaning, jumladan Parij burjuaziyasining keng doiralarini ham o‘z ehtiyosizligi bilan oppozitsiyalar lageriga o‘tkazib yubordi. Mazarini lavozimdor shaxslarning huquq va imtiyozlariga daxl qildi va bu bilan absolyutizmni bu shaxslar madadidan mahrum etdi. Faqat "moliyachi" largina ilgarigi vaqtlardagidan yaxshi ravnaq topdi. Fronda shu tarzda (1648-1653) shakllandi. Bu so‘zning ma’nosini aslo "bolalar o‘yini" emas, ko‘pincha uni "bolalar o‘yini" deb da’vo qiladilar "Fronda" - "sopqon" demakdir. Parijda bu quroldan foydalanish man etilgan edi. Sopkondan foydalanganlarni politsiya turmaga qamar edi. SHu sababli "Frondalash" ko‘chma ma’nodagi so‘zning asli ma’nosi tartibni buzish, ma’murlarga qarshi kurash edi. Fronda tarixi 2 davrga: "eski Fronda", yoki "parlament Frondosh", 1648-1649 yillardagi fronda davriga va "YAngi Fronda" yoki "shaxzodalar frondasi", 1650-1653 yillardagi fronda davriga bo‘linadi. Parij parlamentining to‘rtta oliy sud palatasi 1648 yilning may oyida birga to‘plandi va qirolning majlislarini to‘xtatish, to‘g‘risidagi buyrug‘iga buysunishdan bosh tortdi. Ular "Aziz Lyudovik palatasi" deb nomlangan siyosiy va moliyaviy reformalar dasturini e’lon qildi. Bu reformalarda avvalo parlament zodagonlarining manfaatlari ko‘zda tutilgan edi. Biroq bu reformalarning ba’zilari burjuaziyaning va xalq ommasining keng doiralari manfaatlariga ham mos kelar edi. Palatalar Parij parlamenti tomonidan qo‘yilgan eski talabning tan olinishini, ya’ni qirol tomonidan yangi soliqlar joriy etish to‘g‘risida chiqarilgan har bir farmon parlament majlislarida oldin tekshirilishi va erkin muhokama qilinishi kerakligi haqidagi talabning tan olinishini talab qildilar. Buning ustiga yana bir talab, moliya masalalariga doir farmonlarni e’lon qilish va amalga oshirish ham parlamentga topshirilsin, degan talab qo‘yildi. Palatalar kishilarni, aybini bo‘yniga qo‘ymay va aybdorlarni yig‘ib to‘rt soat mobaynida sudga olib kelmay turib, qamoqqa olishning taqiqlanishini talab qildilar. Moliya, politsiya va yustitsiya indentlari ya’ni qirol hokimiyatining viloyatlardagi asosiy agentlar batamom yo‘qotilishi kerak edi. So‘ngra italyanni (asosiy er solig‘ini) sotib olish sistemasini bekor qilish, barcha boqamonda soliqlarini olib tashlash va davlat xazinasini talon-taroj qilgan moliyachilarni jazolash uchun sud palatasi tashkil etish taklif qilingan edi. Vakolatli konstitutsion organ vazifalarini o‘z zimmasiga olgan Parij parlamentini burjuaziyagina emas, balki xalq ommasi ham qo‘llab-qo‘ltiqladi. Parlament qarorlarini dastak qilib, dehqonlar hamma joyda soliq to‘lashni to‘xtatdilar, shu bilan bir vaqtda ba’zi joylardagi senorlar foydasiga o‘tadigan majburiyatlarni ham ado etmay qo‘ydilar, xazina agentlarini qo‘llariga qurol olib quvdilar, natijada Mazarini harakat boshliqlarini yo‘q qilishga urindi: u fransuz qo‘shinlarining Lanse yonida katta g‘alaba qozonganligi haqida xabar tarqalganidan keyin vatanparvarlik tuyg‘usining yuksalishidan foydalanib, parlamentning ikkita mashhur yo‘lboshchisi qamoqqa olindi. Biroq bunga javoban, 1648 yilning 26-27 avgustida Parij xalqi ommaviy qurolli qo‘zg‘olon ko‘tarib, bir kechada 1200 ta barrikada qurdilar. Parij burjuaziyalari qirol qo‘shinlariga qarshi plebeylar bilan yonma-yon turib jang qildi. Hukumat qamoqda olinganlarni hibsdan bo‘shatishga majbur bo‘ldi. Oradan bir muncha vaqt o‘tgach, hukumat maxsus deklaratsiya chiqarib, bu deklaratsiyani u "Aziz Lyudovik" palatasi talablarining ko‘p qismini qabul qilishga rozi bo‘ldi, ammo Mazarini yashirin suratda qarshi hujum qilishga tayyorlanmoqda edi. Fransuz armiyasini tashqi urushdan bo‘shatib olmoq uchun, u Vestfaliya Myunster shahrida Gabsburglar bilan olib borilayotgan muzokaralarni tezlashtirishga harakat qildi. Lekin Fransiyaning og‘ir ahvolga tushib, qolganligini bilgan Ispaniya sulh tuzishdan bosh tortib, Fransiya bilan Ispaniya o‘rtasidagi urush harakatlari o‘ttiz yillik urush tamom bo‘lganidan keyin yana 11 yil davom etdi. Germaniya sulh tuzishga, aksincha bajonu dil rozi bo‘ldi. Fransiyaning sulh tuzishga shoshilishi Germaniya imperatorini batamom tor-mor bo‘lishdan xalos qilib qoldi. G‘alaba samaralarini ma’lum darajada qo‘ldan berib qo‘ygach, Mazarini allaqachon ishg‘ol qilgan elzasning bir qismigina Fransiyaga qo‘shib olinishi va fransuzlarning yuz yildan beri qo‘l ostida bo‘lib kelayotgan Mets, Tul va Verden qal’alariga nisbatan bo‘lgan huquqlarning rasmiy jihatdan tan olinishi bilan cheklandi. Vestfaliya sulhnomasi izzat hurmat bilan imzolanganidan keyin, oradan sal vaqt o‘tmay, kutilmagan holda saroy a’yonlari Parijdan Ryuelga qochdi. Mazarini parlamentga va xalqqa bergan hamma va’dalaridan qaytdi. Rokrua va Loni yonidagi g‘alabalar bilan shuhrat qozongan shaxzoda Konde boshchiligidagi qirol qo‘shinlari 1748 yilning dekabrida Parijni qamal qila boshladi. Parijliklar o‘z "burjua gvardiya" sini keng xalq lashkarlariga aylantirib, uch oy vaqt davomida qahramonona jang qildilar. Gien, Normandiya, Puatu va boshqa viloyatlar parijliklarga aktiv yordam berdilar. Qishloqlar "Mazarini" chilarga qarshi urush olib borish uchun qurollandilar. Qamal vaqtida Parijda burjuaziya bilan xalq o‘rtasida uncha- muncha ixtilof ro‘y berib, kambag‘allar aldovchilarga qarshi g‘alayonlar ko‘tarib, ularning mol-mulklarini mudofaa ehtiyojlari uchun musodara qilishni talab etdilar. Viloyatlardan Parij parlamentiga ommaning to‘lqinlanayotganligi haqida ma’lumotlar kelib turdi. "Xalqning kun tartibida hamma vaqt qo‘zg‘olon masalasi turibdi"-deb xabar qilgan edi bir intendant. Angliyada qirolning qatl qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bu mansabdorlarga alohida ta’sir qilgan edi. Parijda tarqalgan ba’zi varaqalarda Anna Avstriyskaya va Lyudovik XIV ga nisbatan munosabatda inglizlardan ibrat olishda chaqirishgan edi. Uylarning devorlariga yopishtirilgan plakatlar va ko‘chalarda nutq so‘zlovchi notiqlar Fransiyada respublika joriy qilishga chaqirdilar. Fronda vaqtida chiqarilgan varaqalar, broshyura va kitoblarda ko‘pincha juda ilg‘or, jasurona ijtimoiy-siyosiy va falsafiy g‘oyalar bor edi. "Erkin fikr" samarasi bo‘lgan bu asarlarning fransuz jamoatchiligi fikrining rivojlanishida roli juda katta bo‘ldi. Frondaning birinchi davrining atoqli ideologlari, jumladan Mazarinaga qarshi mardonavor yozilgan asarlar va "Boshqa Olam va oyga sayohat" nomli ajoyib satirik asar avtori Serano de Berjerak hamda qirol hokimiyati xalq bilan tuzilmagan shartnomadan kelib chiqqan degan nazariyani ilgari surgan va vakolatli organ tomonidan cheklab qo‘yiladigan burjua- dvoryanlar monarxiyasi o‘rnatilishini talab etgan Klod Joli edi. 1649 yilning 15 martida kutilmagan holda sulh shartnomasi e’lon qilindi, bu shartnoma aslida parlamentning taslim bo‘lishi edi. Saroy ahli Parijga tantanali sur’atda kirib keldi. "Parlament Frondasi" tamom bo‘ldi. Burjuaziya yo‘lboshchilarining o‘zlari kurashni davom ettirishni to‘xtatib, taslim bo‘ldi. Bu jihatdan qaraganda. Bardodagi voqealar ayniqsa xarakterlidir. Bardodada ministrlar ham qirol huzurida yuridik jihatdan Rishele yoki Mazarini ishg‘ol qilgan mavqeidan mutlaqo boshqacha bir mavqeini ishg‘ol qilib keldilar. Qirol garchi masalaning mohiyati bilan mutlaqo qiziqmasa ham, hatto eng ahamiyasiz bo‘lgan davlat hujjatlariga ham shaxsan o‘zi imzo chekar edi, ministrlar unga biron narsa to‘g‘risida aslo hech qanday e’tiroz bildira olmas edi. Ikkinchidan, Lyudovik XIV ning 60-yillarda parlamentlarni, birinchi navbatda Parij parlamentini ilgari vaqtlardagi siyosiy mavqeidan va hatto ilgari vaqtlardagi "oliy tribunallari" degan dabdabali nomdan sekin-asta mahrum eta boshladi. Parij parlamentining ba’zi a’zolari surgun qila boshlandi. Bu vaqtlarda parlamentlar siyosiy hayotda burjua oppozitsiyasining qisman jarchisi bo‘lib xizmat qilgan bo‘lsa, endilikda ular byurokratik muassasa bo‘lib qolishi kerak edi. 1668 yilda Lyudovik XIV ning parlamentga kirib, protokollar daftaridan Fronda davriga loyiq bo‘lgan hamma varaqlarini o‘z qo‘li bilan yirtib tashladi va Lyudovik XIV ning parlament mansabdorlariga qaratilgan: "Janoblar siz o‘zingizni davlat deb o‘ylaysizmi"? "Davlat-men bo‘laman"! Degan mashhur so‘zlarini shu paytda aytgan edi. 1673 yilda parlament o‘zining asosiy huquqlaridan, uni siyosiy kuchga aylantirgan huquqdan, ya’ni qirol chiqargan qonunlarni to‘xtatish va bu qonunlar ustiga o‘z e’tirozlarini yozib qo‘yish huquqidan mahrum etildi. Bu yerdagi harakat yo‘lboshchilari ingliz Levellyerlari bilan mustahkam aloqada bo‘ldilar va ularning g‘oyalarini, jumladan yalpi saylov huquqi berish talabini qabul qildilar. Manufaktura-kapitalistik ukladning mavjudligi eski hukmron ishlab chiqarish munosabatlari bilan ishlab chiqaruvchi kuchlarning yangi xarakteri o‘rtasidagi muvofiqsizlik tug‘ilganini ko‘rsatdi, bu muvofiqsizlik fransuz burjuaziyasi ayrim doiralarining feodal-absolyutik rejimga qarshi bosh ko‘tarishga qarshi bo‘ldi. Biroq bu uklad feodalizmning revolutsion yo‘l bilan ag‘darilishi batamom ob’ektiv imkoniyatga va zaruratga aylantiradigan darajada rivojlanmagan edi. Garchi revolutsion harakatlar ko‘tarilgan va revolutsion g‘oyalar vujudga kelayotgan bo‘lsa-da, lekin u vaqtda burjuaziya hali 150 yildan beri o‘ynagan rolini bajara oladigan sinf bo‘lib yetishmagan edi.
Lyudovik XIV tomonidan o‘z hukmronligi davrining boshidan oxirigacha olib boriladigan ichki siyosatining asosiy vazifasi dvoryanlarning markazlashgan diktatura o‘rnatishga qaratilgan dasturni amalga oshirishdan iborat bo‘ldi.
Birinchidan Mazarini o‘lishi bilanoq Lyudovik XIV bundan buyon "o‘zimning birinchi ministrim o‘zim bo‘laman" deb aytdi. Bu quruq gap emas edi. hatto Kolber va Luvua kabi eng obro‘li kishilarni sekin sotib olmoqchi bo‘lgan Lyudovik XIV keyinchalik bu rejadan qaytishga majbur bo‘ldi. 1663-1664 yillarda rotyurerblarga 1631 yildan keyin berilgan dvoryanlik unvoni hamda barcha feodallik unvoni huquqlarining qonuniy emasligi joylarda tekshirishdan o‘tkazildi. Bu tadbirlar, ayniqsa parlamentni jazolash dastlabki vaqtlarda qirol qo‘lidagi hokimiyatni ham kuchaytirdi, lekin bu tadbirlar ham o‘zining yomon tomoni bilan qirolning obro‘yini tushirdi, chunki dvoryanlar burjuaziyaning‘ yuqori tabaqalari bilan bog‘laydigan aloqa vositalarini zaiflashtirdi. Lyudovik XIV «moliyachilar»ni ham surib chiqardi.
1661 yilda Lyudovik XIV syurendan Nikolay Fukeni qora kursiga bir qancha katta va kichik moliyachi yordamchilar bilan o‘tkazib, Bastiliyaga yubordi. Hukm qilinganlarning barcha boyliklari xazina foydasiga tortib olindi. Bundan, tashqari davlatning qarzlari o‘zboshimchalik bilan bekor qilindi, davlatning olgan qarzlari uchun to‘lanadigan foizi kamaytirildi. Bu so‘nggi tadbirlar, o‘z-o‘zidan ma’lumki, avval davlatning moliya resurslarini va qudratini juda oshirdi. Lekin pirovard-oqibatda burjuaziyaning davlatga kredit berishni yomonlashtirdi. Dvoryanlarning kaltabinlik bilan o‘tkazgan siyosatining umumiy xususiyatlari, ya’ni Lyudovik XIV absolyutizmning qanday absolitizm ekanligini ko‘rsatib beruvchi xususiyatlar ana shulardir. Lyudovik XIV hukmronlik qilgan davrining oxirgi davrida bunday siyosat dastlabki vaqtlardagiga qaraganda uncha izchillik bilan olib borilmadi, buning sababi pulga muhtojlikning tobora kuchayib borishi bo‘lib, muhtojlik siyosiy prinsiplarga qaramay, sinalgan vositalarni ishga solishga, hatto lavozimlarni sotishga majbur etdi. Lyudovik XIV tomonidan o‘tkazilgan ichki siyosatga doir eng muhim ishlarning hammasi va tashqi siyosatga doir ishlarning ko‘pi Kolberning bevosita qatnashuvi bilan amalga oshirildi. 1655 yildan e’tiboran Kolber bosh moliya nazoratchisi degan unvonga ega bo‘ldi. Bu yillarda moliya boshqa siyosiy masalalarni o‘z atrofida to‘plagan bir negiz bo‘lganligidan, Kolber hukumatida birinchi o‘rinda turdi. Oddiy qora kiyim kiygan, qirol oldidagi yoki qirolning eshigi oldida kutib turgan vaqtida salobatli qomatini egib turuvchi va hamisha qo‘ltig‘ida popka olib yuruvchi Kolber dabdabali yaltiroq kiyimlar kiygan takabbur saroy zadagonlari ichida o‘z rolini qirolning oddiy bir xizmatchisi deb bilar edi. Oddiy bir burjuaning o‘g‘li bo‘lgan bu kishi, ya’ni xizmat darajasi tobora yuqori ko‘tarilib borayotgan bu kishi feodal-absolyustik tuzum manfaatlariga allaqanday bir o‘tayotgan mutaassibona tarzda sodiq edi. O‘zi kechayu-kunduz ishlab boshqalarni ham majbur etar edi. U o‘yin - kulgi nima ekanligini aslo bilmas edi. Kolberning butun hayoti ziddiyatli mushkul vazifani, davlat daromadlarini ko‘paytirish, shu bilan bir vaqtda eski soliq sistemasini saqlab qolish, burjuaziyadan olinadigan kreditni kamaytirish va dvoryanlarning daromadlarini ko‘paytirish kabi vazifalarni bajarishga bag‘ishlangan edi.
Qishloqda Mazarini zamonida boshlangan senorlar reaksiyasi Kolber zamonida to‘la ravishda davom etdi. 60-yillarda senorlar tomonidan dehqonlardan olinayotgan majburiyatlar va soliqlarning umumiy hajmi g‘oyat darajada oshganligini intendantlar turli viloyatlardan xabar qilar edi. 50-yillarning oxirida davlatga yiliga 50 million livr daromad bergan tale solig‘i Kolber zamonida aksincha asta-sekin kamayib, 35 million livr daromad beradigan bo‘ldi. Soliq to‘lovchilar sonining ko‘payishini e’tiborga olib, Kolber talya solig‘i miqdorini uchdan bir hissadan kamaytirgan, shu bilan birga senorlar rentasining uchdan bir hissa ko‘payishiga imkon bergan edi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, ish kurashsiz o‘tmadi, senorlar bundan ham ko‘proq daromad olmoqchi edi. Bularning dehqonlarga nisbatan o‘tkazayotgan tazyiqini har holda bir oz bo‘lsada, cheklash maqsadida, 60-yillarda bir qancha tadbirlar ko‘rishga to‘g‘ri keldi, bu tadbirlar dehqon xo‘jaligini vayron bo‘lishdan saqlab qoldi, xususan jamoa yerlarining 1630 yildan keyin o‘tkazilgan barcha musodarasini bekor qildi. Sayyor sud sessiyalari joylarda senorlarning suiste’mol qilishlarini va zo‘ravonliklarini qirol nomidan tekshirib-tergab chiqdi. Ammo shunday bo‘lishiga qaramasdan xazina dehqonlardan endilikda ilgarigi vaqtlardagiga qaraganda ko‘p soliq olar edi. Dvoryanlarga o‘z daromadlarini oshirish uchun imkon berish maqsadida, Kolber davlat solig‘ining tegishli hissasini savdo va sanoat ustiga ya’ni xalq xo‘jaligining senorlar ekspluatatsiyasi kirib bormagan sektori ustiga ko‘chirishga majbur bo‘ldi. Kolber solig‘ini kamaytirib, egri soliqlarni, masalan, vino sotishdan aksizni (ed) bir necha barovar ko‘paytirdi, bu soliq batamom deyarli shahardagilar zimmasiga tushdi. Kolber uchun xarakterli bo‘lgan narsa katta korxonalarga e’tibor berish va tarqoq manufakturalarga e’tibor bermaslik edi. Biroq markazlashgan yirik manufakturalar ko‘paya olmadi, masalan: nafis tur ishlab chiqarish, uni markazlashtirish yo‘lidagi urinishlar muvaffaqiyasiz chiqqanidan keyin, qadimgi kosibchilik holatiga qaytarildi. Abbelvil shahridagi zan-Robening mashhur eng yirik manufakturasi haqiqatda ko‘p xonadonga tarqalgan edi. Xalq o‘z taqdiriga shunchaki tan berib qo‘ya qolmadi. Ocharchilik yillarida qishloq va shaharlarda hannotlarga qarshi g‘alayonlar ko‘tarildi. Biroq dehqonlar bilan plebeylarning sinfiy kurashi asosan kishining qurbi etmaydigan majburiyatlarni o‘tashdan va soliqlarni to‘lashdan bosh tortishda ifodalandi. Ba’zi qishloqlar va qavmlar ba’zan talya to‘lashdan bir ikki yilgacha qattiq turib, bosh tortdi. SHunday hollar ro‘y berardiki, moliyachi amaldorlar yaqinlashib kelishi bilan qishloqlarning aholisi yoppasiga o‘rmonlarga yoki tog‘larga chiqib ketishar edi. Soldatlarning katta yoki kichik otryadlari yordami bilan soliq undirilar edi. Fransiya tuprog‘ida kundan-kunga, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin haqiqiy urush borar edi. Labyuer ongida ham g‘oyat katta xayrixohlik bilan tasvirlar ekan, goh vaqtlarda xalq bilan omma bilan jangovar ittifoq tuzish mumkin, degan fikrga etib borar edi, goh vaqtlarda esa umidsizlikka tushib, o‘zi uchun og‘ir bo‘lgan, ya’ni mavjud tartib bilan murosaga kelish zarur, degan fikrga moyil bo‘lar edi. XVII asrdagi ilg‘or adabiyot o‘zining SHunday realizm xususiyatlari bilan ham progressiv tarixiy rol, o‘ynaydiki, bu xususiyatlar, masalan, Molerning bir nechta pessasida yaqqol namoyon bo‘ldi. Bu adabiyot aql-idrokni shunday ulug‘lash bilan ham progressiv tarixiy rol o‘ynaydiki, bu ulug‘lash XVIII asrdagi ratsionalizm uchun zamin hozirlab berdi.
Fransiya Ispaniya merosi uchun olib borilgan urushda g‘oyat darajada holdan toygan edi. Bu urushning 1713 yilda tamom bo‘lishi Fransiya absolyutizmi uchun chindan ham halokatdan qutilishi bo‘ldi. Biroq darhol moliya reformalari o‘tkazish zarur edi. Kamomad, 2, 5 milliard divrga yetib, sof yillik davlat daromadidan 32 baravar ortiq edi. Jamiyatdagi kayfiyat shu qadar yomon ediki, Lyudovik XIV o‘lgan vaqtda xalqning nafrat bildirishidan qo‘rqib, uni shoshib-pishib, dabdabasiz dafn qildilar. Taxt Lyudovik XIV ning evarasi - Lyudovik XV ga meros qoldi, bu vaqtda u 5 yoshda edi. Lyudovik XIV vasiyat qilgan bo‘lishiga qaramay, Parij parlamenti Lyudovik XIV ning jiyani, gersog Flip Orleanskiy regent deb e’lon qilindi, Parij parlamentining ilgarigi vaqtidagi huquqlarini tiklashga va’da oldi.
Flip Orleanskiy regentlik davri 9 yil davom etdi. U Lyudovik XIV tomonidan bekor qilingan huquqlarini tikladi. Jamiyatdagi vaziyat shunday ediki, sinf sifatida burjuaziyada yon berilmaganida ham, loaqal burjuaziya orasida o‘z ta’sirini yo‘qotmagan amaldor aristokratiya doiralariga bir muncha yon berish kerak edi. Siyosiy avf umum e’lon qilindi. YAssenchilarni va gugenotlarni ta’qib qilish to‘xtatildi. Parij parlamenti misli qurilmagan siyosiy mavqega ega bo‘ldi. Davlat apparati shunday bir tarzda qayta tiklandiki, hokimiyat parlamentga tobe bo‘lgan 6 ta kengash: tashqi ishlar kengashi, ichki ishlar kengashi, harbiy kengash, dengiz ishlari kengashi, moliya kengashi va savdo kengashi qo‘lida bo‘ldi. Davlatni idora qilish ishi asosan parlament prezidentlari va maslahatchilari qo‘lida bo‘ldi. Ammo 1718 yildayoq dvoryanlarning va saroy zodagonlarining tobora g‘azablanib borishi ta’siri ostida, shuningdek davlat bankining operatsiyalariga parlamentning qarshi harakat qilishi munosabati bilan Flip Orleanskiy u qadar katta bo‘lmagan to‘ntarish o‘tkazdi, qirol huzuridagi tantanalar bir muncha qisqartirildi. Kapitalistik manufaktura savdo-sotiq va sudxo‘rlik o‘sib borshi bilan dehqonlarning sotsial- tabaqalanish protsessi tezlashib va kengroq ichki bozor vujudga kela bordi. Kapitalistik uklad rivojlana borgan sari, XVIII asrning 30-yillaridan boshlab, oziq- ovqat narxi tinmay oshib bordi, narx-navoning tinmay oshib borishi natijasida keng mehnatkashlar ommasining ahvoli yanada og‘irlashdi. Barcha fransuz yer egalari tovar xo‘jaligining o‘sishiga yordam bergan bozor sharoitidan imkon boricha foydalanishga manfaatdor edi. XVIII asrning 30-yillariga qaraganda 70-yillarda ijara haqi 18%, 80-yillarda esa 22 % ortdi. Fransiyada dehqonlarni ekspluatatsiya qilish hamma yerda kuchayib bordi. Ilgari sof feodal usullari yordamida foyda olish bilan bir qatorda dehqonlarni kapitalistik metodlar bilan ekspluatatsiya qilish ham paydo bo‘ldi. Fransiyaning SHimoliy-sharqida ko‘pgina senorlar o‘zlarining tarqoq yerlarini birlashtirdilar va yiriklashtirdilar. Onda-sonda bo‘lsada, ba’zi hollarda senorlarning o‘zlari yirik xo‘jalik yurita boshladilar. Ammo ko‘pincha bu yiriklashtirilgan mulklar "bir kishiga" berilmay, balki qisqa muddatga bir qancha ijarachiga beriladi, bu esa qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga xalaqit berardi. SHunga qaramay, ba’zi joylarda yerlardan, olingan hosil, hatto inglizlarni ham hayratda qoldirardi. Kapitalistik tartiblar tarafdori bo‘lgan fransuz senorlari XVIII asr o‘rtalariga kelib lordlar tomonidan dehqonlarni uzoq vaqt talashi natijasida vujudga kelgan Angliyaga qiziqib qarardilar.
Butun Fransiyadagi o‘tloqlar, o‘rmonlar va hovuzlarning 80% ga yaqini imtiyozli tabaqadagi kishilar qo‘lida edi, ular 1789 yilga kelib, taxminan 26 mln. kishiga etgan Fransiya aholisini sal kam 2% tashkil etar edi. Haydalgan yerlarning ko‘p qismi inqilob arafasida dehqonlar qo‘lida edi. Lekin dehqonlar qo‘lidagi bu yerlar ularning xususiy mulki bo‘lmay, feodallar ixtiyoridagi mulk bo‘lib, dehqonlar undan foydalanardilar. Dehqon yerlarining oldi- sotdisi to‘g‘risida barcha aktlar mahalliy senorlar foydasiga boj solig‘i solinardi. ekin solig‘i ba’zi joylarda olingan hosilning 25%-30% ini tashkil etardi. ekindan olinadigan soliqdan tashqari senorlar yana qo‘shimcha ravishda juda ko‘p mayda soliq va o‘lpon olardilar, hamda buning ustiga badallar deb ataluvchi huquqlardan foydalanardilar, ya’ni tegirmonlarga, nonvoyxonalarga, temirchilik ustaxonalariga tanho egalik qilardilar. Pomeshchiklarning boshqa imtiyozlari ham qishloqlarga katta zarar keltiradi: masalan ov qilishga faqat dvoryanlar haqli bo‘lib, natijada dehqonlar qo‘shimcha daromaddan mahrum bo‘lar, ov vaqtida ularning ekin yerlari payhon qilinardi. Senorlar foydasiga daromadini o‘ndan birini va juda og‘ir davlat soliqlarini to‘lardilar. 1789 yilda Sane shahri yaqinida Zilbuji qishloq dehqonlarini: "talya solig‘i shu qadar ezib qo‘ydiki, aholining yarmi qashshoqlikda kun kechirmoqda" deb shikoyat qilgan edilar. Biroq, talyadan tashqari, to‘g‘ri va egri davlat soliqlari ham olinardi. Tuz majburiyati ayniqsa og‘ir edi. Tuz sotishni o‘z monopoliyasiga olgan hukumat tuzga juda katta narx belgilar, dehqonlarni majbur etardi. Pomeshchiklar, ruhoniylar va davlat hokimiyati dehqonlarni xonavayron qilish bilan bir vaqtda yarim krepostnoy qaramlikda saqladilar, ularning tovar ishlab chiqarishni rivojlanishini va ishchi kuchi bozorini tashkil topishini cheklab ko‘yar, kapitalistik ukladning o‘sishiga to‘sqinlik qilar, kaptalistik munosabatlarning hukmron ishlab chiqarish usuliga aylanishiga xalaqit berardilar. XVIII asrning 60-80 yillaridagi yangi tarixiy sharotida feodal-absolyustik tuzum imperiyasining asosi vujudga kelgan paytda Fransiya jamiyatining yuqori tabaqalari dvoryan- pomeshchiklar ham endi ahl emas va ahl bo‘la olmas edilar Katta yer egalarining bir qismi imtiyozli toifaga mansub bo‘lib, qolganlari kapitalistik ishlab chiqarish usuli tarafdorlariga aylandi va revolutsion krizis paytida konstitutsion krizis liberalizmi pozitsiyasiga o‘tib oldi. Bu vaqtda pomeshchiklar dehqon ustidan feodal ekspluatatsiyani kuchaytirdilar. 80-yillarda pomeshchiklar Fransiyaning hamma yerida dehqonlarning majburiyatlarini oshirishga va yanada og‘irlashtirishga intilardilar. Tarixchilar bu protsessi "Senorlar reaksiyasi" deb ataydilar. "Senorlar reaksiyasi" ning talonchilik metodlari shubhasiz, pomeshchiklar daromadlarining oshishiga yordam berdi. Ammo "Senorlar reaksiyasi" dehqonlarning noroziligini keskin suratda kuchaytirdi va dehqonlarning ommaviy g‘alayonlarini vujudga keltirdi. 1787-1788 yillarda bu g‘alayonlar ochiqdan-ochiq siyosiy tus oldi. XVIII asr oxiridagi Fransiya asosan agrar mamlakat bo‘lib shahar va qishloqdagi sanoatning hajmi birmuncha oshib bordi. XVIII asrning ikkinchi yarmida ishchilarning g‘alayonlari, stachkalari va shahar kambag‘allarining mahalliy isyonlari tez-tez bo‘lib turdi. Oziq-ovqat narxining o‘sib borishi va mehnatkashlar ommasi turmush sharoitining yomonlashuvi natijasida sanoat shahari Ruandada juda ko‘p g‘alayonlar bo‘ldi. Ruanda g‘alayonlari oziq-ovqat omborlariga hujum qilib, vaqti-vaqti bilan ikki-uch kun mobaynida bu omborlarga to‘la xo‘jayinlik qilganlar. SHunga o‘xshash ommaviy harakatlar 1770 yilda Reymsda, 1775 yili Dijonda, Versal sen-Jermer, Tontuaz va Parijda, 1782 yilda Puateda bo‘lib o‘tgan. Faqat birgina Never shahrida 1752-1754-1757-1760-1768-1770 yillarda ishchilarning stachkalari bo‘lib, 1774 yilda Leonda kuchli g‘alayonlar ko‘tarildi. Bu juda yaxshi tashkil etilgan, Leon shoyi to‘quvchilarining qattiq repressiya qilinishiga qaramay, Leonda stachka kurashi to‘xtamay davom etar edi. Bunda 1757-1759-1771-1774-1778- 1786 yillarda ham stachkalar bo‘ldi. 1788 yilning oxirida burjuaziya hukumatining yon berishlaridan qanoat hosil qilmay, g‘alayonlarni yanada ko‘proq avj oldirgan. Ommaning tazyiqi bilan hukumat yana bir qadam tashladi, ya’ni 1788 yil 27 dekabrda qirol soveti general shtatlarda uchinchi toifa vakillari sonini ikki hissa oshirishga rozilik berdi. General shtatlarga saylovlar 1789 yilning boshida butun mamlakatda zo‘r revolutsionlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatgan iqtisodiy krizis va xalq qo‘zg‘olonlari sharoitida o‘tdi. Fransiyaning ko‘pgina qismida kambag‘al dehqonlar oziq- ovqat omborlari va ot aravalarni bosib olish bilan mashg‘ul bo‘ldilar, joylarda dehqonlar senorlarni feodal huquqlaridan voz kechishga majbur etdilar, feodallik hujjatlarini yondirdilar, soliq yig‘uvchilarga hujum qildilar. Uchinchi toifa uchun General shtatlariga saylovlar umumiy hamda, to‘g‘ridan- to‘g‘ri bo‘lmadi. Saylovlarga uchinchi toifadan faqat 25 yoshga yetgan to‘liq soliq to‘lovchilargina qatnashtirildi. Ishchilar saylovlardan umuman chetlashtirilgan edi. Faqat dvoryanlargina to‘g‘ridan to‘g‘ri saylandilar, ruhoniylar uchun saylovlar ikki pog‘onali, uchinchi toifa uchun 3 pag‘onali va ba’zi joylarda esa to‘rt pog‘onali saylov edi, 1789-1794 yillar inqilobi zamondoshlarning o‘zlari absolyutizmning o‘nggi yillarida Volter, Montese, Didro, Gelvitsiy, Lametri asrlarini g‘oyat qunt bilan o‘rganganliklarini qayd qilgan edilar. Mele, Mabli va Marelli asarlari to‘g‘risida, ayniqsa 1788-1789 yillarda ommaviy harakatlar ta’sirida deputatlar talablari va burjua publitsistlarining propaganda adabiyotlari bilan bir vaqtda "Kambag‘allar nakazi", "To‘rtinchi toifa nakazi" kabi broshyuralar paydo bo‘ldiki, ularning qanday ahamiyatga egaligini nomlaridan ham bilishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |