Tilakoid membranalar fototizimlar orasida energiyaning taqsimlanishida ishtirok etadi
Yuksak о‘simliklarda fotosintez borishi turli hil yorug‘lik yutish xususiyatigi ega bо‘lgan
xususiyatlarga ega bо‘lgan ikki fototizimlar orasidagi harakatni о‘zida aks ettiradi. Agar energiyaning I
fototizim va II fototizimlarga о‘tkazilishi aniq muvofiqlikda bо‘lmasa va fotosintez boradigan muhitning
yorug‘lik cheklangan holatda ( yorug‘lik intensivligi kam bо‘lgan sharoitda) borishi natijasida elektronlar
oqimi kam energiya olayotgan fototizimlar tomonidan cheklanadi. Ba’zi samarali yorug‘lik sharoitlarida
energiyaning о‘zlashtirilishi xuddi fototizimlardagi kabi boradi. Bundan tashqari, fototizimlarda
joylashgan pigmentlarning xech biri yuqoridagi talablarni qondira olmaydi, shuning uchun yorug‘lik
intensivligi va spektral taqsimlanishning kunning turli vaqtida turlicha bо‘lishi ikki fototizimlarning
biriga ijobiy ta’sir о‘tkaza oladi.
Yorug‘lik intensivligi ta’sirida yuzaga keladigan yuqoridagi о‘zgarishlar turli sharoitlarga va
energiyaning bir fototizimlardan boshqa fototizimga о‘tkazilishini ta’minlovchi mexanizmlar tomonidan
tartibga solinadi. Bunday boshqarish mexanizmi turli eksperimental sharoitlarda о‘tkazilgan tajribalarda
aniqlangan. Kuzatishlardan fotosintezning umumiy kvant ajralishi tо‘lqin uzunligiga deyarli bog‘liq
emas. va bunday mexanizm mavjudligini tasdiqlaydi.
Tilakoid membranalar shu bо‘limning boshida muhokama qilingan, pigment oqsillarining
membranaga bog‘langan qismlaridan biri bо‘lgan, LHCII yuzasida joylashgan treonin qoldig‘ini
fosfolirlovchi proteinkinazadan tashkil topgan bо‘ladi. Qachonki LHCII fosfolirlanishga uchramasa, u II
fototizimlar uchun kо‘p energiyaga ega bо‘ladi, fosfolirlanishga uchrasa I fototizim uchun kо‘p
energiyaga ega bо‘ladi. Plastoxiniolarda I va II fototizimlar orasida elektron tashuvchilar qaytarilgan
holatda tо‘planishi natijasida kinazalar faollashadi. Plastoxiniolarning kam tо‘planishi odatda II
fototizimlar birinchi fototizimlarga nisbatan faollashganda yuzaga keladi. Fosfolirlangan LHCII
keyinchalik bir biriga yaqin tatrib bilan joylashgan membrana qismlariga о‘tkaziladi. Bu harakat ehtimol
qо‘shni membranalarning negativ zaryadlari ta’sirida yuzaga keladi.
LHCII ning yonlama harakati energetik balansning murakkab membrana granulalarida joylashgan
II fototizimlardan stroma lamelalarida joylashgan I fototizimlarga tomon surilishiga olib keladi. Bu
sharoit 2 holat deb nomlanadi. Agar I fototizimlar ortiqcha qо‘zg‘alishi natijasida plastaxinon kо‘proq
oksidlangan holatga о‘tsa, kinaza deaktivlanadi (faolligi kamayadi) va LHCII fosfolirlanish darajasi
membranalarga bog‘langan fosfatazalar ta’siri ostida kamayadi. Keyin LHCII qayta granulalarga
о‘tkaziladi va tizim oldingi 1 holatiga qaytadi. Oxir oqibatda fototizimlar orasida foydalanilishi mumkin
bо‘lgan energiya taqsimotining mufassal nazorati yuzaga keladi
Genetika, qayta tiklanish, va fototizimlarning rivojlanishi (evolyusiyasi).
Xloroplastlarning о‘ziga xos DNK va mRNK lari va oqsil sintezi tizimlari mavjud. Ammo ba’zi
xloroplastlar oqsillari yadro genlarida kodlanadi va xloroplastlarga transportirovka qilinadi. Bu bо‘limda
biz genetika, xloroplastlarning yig‘ilishi va asosiy tarkibiy qismlarini kо‘rib chiqamiz.