Fransiyalik tadbirkorlar
Frantsuz firmalari bilan aloqa qilishni boshlash uchun eng avvalo ularni yaxshilab va har tomonlama o’rganish lozim bo’ladi, keyin esa ularga reklama materiallarini, kataloglarni, mahsulotingizdan namunalarni va qanday shartlar asosida mahsulotni ularga yuborishingiz mumkinligi haqidagi ma’lumotlarini jo’natishingiz lozim bo’ladi. Bu ma’lumot va materiallarning barchasi frantsuz tilida bo’lishi kerak, chunki, frantsuzlar ingliz yoki nemis tilini o’zaro biznes aloqalarida qo’llashni yoqtirmaydilar va bu ularning milliy qadr-qimmatlarini erga uradi deb tushunadilar. Taklif yuborganingizdan so’ng, javobni bilish uchun unga qo’ng’iroq qiling yoki faks jo’nating. Frantsiyada xuddi bizning mamlakatdagidek tanishlar, yaqin aloqalar va do’stlar katta ahamiyatga ega. Shuning uchun, ham kerakli aloqalar qarindoshlar va do’stona aloqalar tufayli o’rnatiladi. Ular hech kim bilmaydigan notanish odamlarni o’zlariga yaqin ham keltirishmaydi. U erda byurokratiya juda ham rivojlanganligini alohida aytib o’tish kerak. Qarorlar chegaralangan sonli yuqori lavozimli xodimlar tomonidangina qabul qilinadi. Frantsuzlar taklifingizni juda ham puxta va har tomonlama o’rganib chiqadilar. Ular tavakkalchilikni unchalik yoqtirmaydilar. Takliflar muhokama qilinayotganda frantsuzlar Sizning gapingizni tez-tez bo’lgan holda, o’z fikr-muloHazalarini va takliflarini bildirishni yoqtiradilar. Shuning uchun, ham Siz uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko’rib kelishingiz lozim bo’ladi. Ular bilan tuzilgan kontraktlar ko’pincha to’rt betdan oshiq bo’lmaydi va ularga o’zgartirish kiritishni frantsuzlar yoqtirishmaydi. Qabul marosimlari faqat kabinetdagina emas, balki nonushta, tushlik va kechki ovqat paytida ham o’tkazilishi mumkin. Lekin, takliflarni faqatgina kofe tortilgandan so’ng berishingiz mumkin.
Italiyalik ishbilarmonlar
Italiyalik tadbirkorlar o’zaro aloqalar o’rnatishda anchayin faoldirlar, ular tashkiliy va formal muammolarni echishni cho’zib o’tirmasdan darhol hal qiladilar, boshqa alternativ turdagi aloqalar o’rnatishga ham rozi bo’lishlari mumkin. Chunki, ularda administrativ qarorlar qabul qilishni uzoq muddatga cho’zadigan murakkab administrativ tadbirlar yo’q. O’zaro aloqalar bog’lash uchun ish yo’nalishi ko’rsatilgan va firma haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan xatlar bilan almashinish kifoya. Ko’pincha o’zaro iqtisodiy aloqalar o’rnatish uchun vositachi firma yoki shaxslarga murojaat qilish ham etarli bo’ladi. Italyan ishbilarmonlari bilan tanishishni boshlash uchun tashrif qog’ozlari (vizitkalar) bilan almashinish lozim bo’ladi. Shuning uchun, ham ulardan ko’proq miqdorda olishingiz zarur bo’ladi. Agarda Sizga biror-bir kimsa vizitka bersayu, Siz unga bera olmasangiz, darxol uzr so’rab, buning sababini aytish va keyinroq buni unga yuborishni va’da qilish lozim bo’ladi. Italyan tadbirkorlari jamiyatda yoki biznes olamida taxminan bir xil darajada turgan kishilarning bir-birlari bilan muzokara olib borishlariga katta e’tibor beradilar. Shuning uchun, ham uchrashuvdan oldin uchrashuv qatnashchilarining qaerda ishlashlarini, yoshlari va mansablarini bilishga intiladilar. Italiyaliklarning vizitkalarida ma’lumot italyan va ingliz tillarida beriladi. Italiyada hamkorlarning ishdan tashqari paytdagi noformal muloqotlariga ham juda katta ahamiyat beriladi. Ular o’z mamlakatlari bilan juda ham faxrlanadilar va shuning uchun, ham bu borada Sizda chuqur ma’lumotlar borligini sezsalar, Sizga nisbatan katta hurmat-e’tibor ko’rsatadilar. Ko’pgina masalalar va muammolarni italiyaliklar noan’anaviy muhitda, masalan restoranda muhokamaqilishni
yoqtiradilar. Chunki, ular bunday ochiq muhitda haqiqiy fikrlar gapiriladi va e’tiroz bildirish osonroq bo’ladi deb tushunadilar. Agarda bir masala bo’yicha tayinli bir echimga kelish qiyin bo’lsa, ular aqlga muvofiq bo’lgan kelishuvga ham yurishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |