Angliyalik ishbilarmonlar
Ingliz tadbirkorlari juda ham malakali hisoblanib, ular bozor sharoitlarini aniq tahlil qila olishadi, qisqa, o’rta va uzoq muddatli bashoratlar qilishning ustasi faranglari, qisqa muddatda foyda olinishi mumkin bo’lgan ishlarni juda qiziqish bilan bajarishadi, uzoq muddatli loyihalarni esa unchalik yoqtirishmaydi. Moliyaviy va xomashyo resurslari bilan savdo qilishda dunyoda ularning tengi yo’q desa ham bo’laveradi. Ular konservativ, eski g’oyalarga juda ham sodiq bo’ladilar. Ingliz tadbirkorlari juda ko’p sohalarni biladigan, eruditsiyali, insonfaktoriga
alohida ahamiyat beradigan insonlardir. Ular faqat iqtisodiyotnigina emas, balki adabiyotni, madaniyatni, sportni va boshqa sohalarni ham yaxshi biladigan insonlardir. Ularning kuzatish qobiliyati juda ham yuqori va yaxshi ruxshunos/psixologdirlar. Shuning uchun, ham yolg’onni, aldashni hamda chala bilim olganlarni yoqtirishmaydi. Ular bilan uchrashuvda dastavval kompliment sifatida «Biz inglizlardan ko’p narsani o’rganishimiz kerak» deb, keyin ulardan amaliy yordam so’ragan ma’qul bo’ladi. Ular o’z bilim va tajribalari bilan o’rtoqlashishga juda ham ishqibozlar va ba’zi paytlarda o’z ishlarining nozik tomonlarini ham ochiq aytib berishlari mumkin. Ingliz tadbirkorlari ko’p yillardan beri bu faoliyat turi bilan shug’ullanib kelgan oilalarning (dinastiyalar) farzandlaridir. Shuning uchun, ham ularda yoshlarning amaliy va ruhiy tayyorgarligi juda ham yuqori darajada bo’ladi. Ular kolledj va maxsus tijorat maktablarida chuqur nazariy va amaliy bilimlarni egallagan bo’ladilar. Ingliz tadbirkorlari doirasida shaxsiy va telefon muloqotida, tushlik va lanchlarda, simpozium va kongresslarga borganda, ko’rsatmalarga, klublarga tashrif qilganda o’ziga xos muomala qoidalari mavjudki, ularga rioya qilish katta ahamiyatga ega. Agar, Siz ular bilan til topib, aloqa qila olsangiz, faqat hozirgi kungagina emas, balki uzoq muddat davom etadigan do’stona aloqalarga ham ega bo’lasiz va bu korxonangizga katta, qimmatli hamda doimiy foyda keltirishi mumkin. Agar, Ingliz do’stingiz Sizni lanchga (tushlikka) taklif qilsa, aslo rad qilmang, lekin, keyinchalik Siz ham shunday ishni qilishingiz lozimligini aslo unutmang. Uchrashuvdan oldin uning qancha vaqti borligini so’rang, bu bilan Siz uning vaqtini qadrlashingizni ko’rsatasiz. Kim bilandir qachondir uchrashgan yoki muloqot qilgan bo’lsangiz, ularni kerakli vaqtlarda eslab, ularga bayramlar, tug’ilgan kunlar tabrigini yuborsangiz, obro`yingiz yana ham ko’tariladi va ular Sizni yaxshi odam va ishonchli hamkasb sifatida hurmat qila boshlashadi. Angliyada sovg’alarberishvaqabulqilishporasifatidaemas,balkibirritual sifatida qabul qilingan. Bunda beriladigan narsalarning ro`yxati oldindan ma’lum bo’ladi: kalendarlar, yozuv daftarchalari, avtoruchkalar, zajigalkalar, yangi yilga esa spirtli ichimliklar ham sovg’a qilish mumkin. Boshqa xil turdagi narsalar sovg’a qilinsa, ular buni qarshi tomonga qilingan bosim deb qabul qilinishlarimumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |