bo‘lishi zarur; 2) Lloyd sug‘urta polislarini beradigan Lloyd sug‘urta
korporatsiyasini a’zosi; 3) potensial mijozlarga sug‘urta polisini sotish bilan
shug‘ullanadigan yoki manfaatdor tomonlarga sug‘urta sohasi bo‘yicha yuqori
darajada maslahat xizmatlarni ko‘rsatadigan jismoniy yoki yuridik shaxs.
Anderrayter siyosati- sug‘urtalash bilan bog‘liq yangi takliflarni ko‘rib
chiqish
va mazkur taklifni qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida
xulosalar chiqarishga
qaratilgan siyosat.
Annuitet –
renta va nafaqalarni sug‘urtalashning hamma turlarini
umumlashtiruvchi tushuncha. Bunda sug‘urtalanuvchi sug‘urta kompaniyasiga bir
vaqtning o‘zida yoki bir necha yillar davomida tegishli sug‘urta mukofotlarini
to‘laydi. Keyin sug‘urtalanuvchi butun hayoti davomida sug‘urta kompaniyasidan
daromad oladi. Annuitetning bir turi hisoblanadigan fuqarolarning
yillik daromadini
sug‘urtasi bugungi kunda Buyuk
britaniyada, Fransiyada va AQSHda keng
rivojlangan.
Dispasher –
dengiz transportida umumiy avariya sodir bo‘lganda ko‘rilgan
zararni kema, yuk va fraxt o‘rtasida taqsimlash bo‘yicha hisob-kitoblarni tuzadigan
mutaxassis. Rivojlangan mamlakatlarda dispasher funksiyasini maxsus
kompaniyalar bajaradi. Zararlarni taqsimlash bo‘yicha hisob-kitoblar dispasha
deyiladi va dispashani tuzganlik uchun haqni manfaatdor tomonlar (kema egasi, yuk
egasi, yukni sotib oluvchi shaxs) to‘laydi.
Evropolis –
Evropa Ittifoqi mamlakatlarida sug‘urta shartnomasi tuzganlik
faktini tasdiqlovchi sug‘urta polisi.
Kovernota –
sug‘urta vositachisi tomonidan sug‘urtalanuvchiga beriladigan va
sug‘urtalanuvchining sug‘urta shartnomasi tuzishini tasdiqlovchi hujjat. Ushbu
hujjatda ko‘rsatilgan muddat mobaynida sug‘urta brokeri sug‘urtalanuvchiga
sug‘urta polisini berishi shart. Chunki, kovernota sug‘urta kompaniyasi uchun
yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjat hisoblanmaydi.
Brutto - stavka
- sug’urta qoplamasini (sug’urta summasini) to’lashga
mo’ljallangan netto-stavka va ish yuritish xarajatlarini qoplashga mo’ljallangan
netto-stavkaga yuklama summalarini o’z ichiga olgan sug’urta mukofotlarining
tarif
stavkasini bildiradi. Ko’pgina adabiyotlarda ushbu ibora sug’urta tarifi ma’nosida
ham ishlatiladi.
Denonsatsiya
- shartnomadan voz kechish. Agar sug’urta munosabatlarida
tomonlardan biri yozma ravishda shartnomadan voz kechishi to’g’risida ikkinchi
tomonga ma’lum qilmasa, shartnoma unda ko’rsatilgan
muddatgacha kuchda
bo’ladi.
Depozit
- 1) sug’urta kompaniyasining bank muassasasida
saqlanadigan pul
mablag’i yoki qimmatli qog’ozlari. Bank, odatda, sug’urta kompaniyasiga o’z pulini
bankda saqlagani uchun foiz to’laydi; 2) ayrim mamlakatlar
qonunchiligiga
muvofiq, chet mamlakat sug’urta kompaniyasi, agar, biror boshqa mamlakatda
sug’urta faoliyatini amalga oshirmoqchi bo’lsa, dastlab u o’sha mamlakat bank
muassasasiga tegishli pul mablag’ini depozitga qo’yadi. Mazkur depozit, chet davlat
sug’urta kompaniyasining boshqa mamlakat xududida sug’urta faoliyatini amalga
oshirishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.