O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Biznes jarayonlarini boshqarish fani bo’yicha
1-Mustaqil ish
Mavzu: Webmoneydan foydalanish yo’llari
va O’zbekistonda Webmoney
Bajardi: 0ELOO5 - 1 guruh talabasi
Ibragimov Abbos
Tekshirdi: Xakimdjanova Dildora Kamilevna
Toshkent – 2020
Reja:
Elektron hamyon nima ?
O’zbekistonda Web-money
Webmoney elektron hamyoni qanday ochiladi ?
Elektron hamyonlarning afzalliklari
Webmoney attestat nima uchun kerak ?
Xulosa
Sodda qilib aytganda, elektron hamyon — bu elektron pul saqlanadigan joy. Elektron pul birligining biz biladigan puldan farqi shundaki, u qog'oz pul emas va u elektron hamyonda saqlanadi.
Elektron hamyonlar internetda joylashgan ma'lum bir moliya instituti tomonidan boshqariladi. Albatta, barcha bunday tashkilotlar litsenziyalangan va korxonalar sifatida ro'yxatga olingan bo’ladi, shuning uchun ular ishonchlilik nuqtai nazaridan an'anaviy banklarga tenglashtiriladi, ba'zilari esa ulardan ancha ustun turadi.
Freelancerlar orasida elektron pullar ayniqsa mashhur – chunki, maoshni olish yoki, to'lovni darhol amalga oshirishda ortiqcha soliq va komissiyalar olinmaydi.
Elektron hamyon tanlash uchun bir nechta maslahatlar:
Elektron hamyonni tanlashga ko'p vaqt ajratilishi kerak. Faqat shunday sharoitda siz virtual puldan foydalanish jarayonini sodda va qulay qiladigan, haqiqiy daromad keltiradigan moliyaviy mahsulotni olishingiz mumkin.
Avvalo, qaysi shartlar siz uchun muhim va qaysi shartlar e'tiborsiz qoldirilishi mumkinligini aniqlab olishingiz kerak.
Agar siz Amerika yoki Evropa internet-do'konlarida tovar sotib olishni xohlasangiz, faqat so’mda hisob raqamlarni ochadigan elektron to'lov tizimlari sizga mos kelmaydi.
Bankomatlarda valyutani almashtirish yoki naqd pulni olish uchun, to'lov tizimining komissiyasini taqqoslashni maslahat beramiz. Bundan tashqari, oddiy bankomat yoki, to'lov terminallari orqali hisobingizni to'ldirish mumkin yoki yo'qligini aniqlash lozim. Ba'zi to'lov tizimlari pullarni faqat telefon orqali qabul qiladilar.
Shuningdek, siz elektron hamyondan naqd pul olmoqchimisiz yoki faqat internetda to'lovlarni amalga oshirasizmi? degan savolga javob berishingiz kerak. Agar sizga naqd pul kerak bo'lsa, o'z kartalarini chiqaradigan yoki bankingiz bilan hamkorlik qiladigan elektron hamyonni tanlang. Aks holda, naqd pul olish qiyin bo'lishi mumkin, chunki valyuta ayirboshlash shahobchalarida naqd pul olish uchun juda yuqori komissiyalar belgilangan.
Internetda shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish choralariga rioya qiling. Masalan, elektron hamyonni ro'yxatdan o'tkazish uchun ko'p odamlarga ma'lum bo'lgan telefon raqamidan foydalanmang. Elektron hamyonni ochishning soddaligi teskari tomonga ega ekanligini unutmang — agar siz hisob qaydnomasini ro'yxatdan o'tkazishda foydalangan barcha ma'lumotlarni yo'qotib qo'ysangiz, uni tiklash qiyin bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |