2-ma’ruza. Raqamli sxemotexnikaga oid asboblar va standartlar.
Reja:
1.Raqamli
sxemalarni loyihalash, modellash va tahlillash standartlari: IEEE 754,
ASCII, Unicode.
2.Sodda sxemalarni loyihalash uchun yagona HDL standart (masalan IEEE 1364/
Verilog, IEEE 1076/ VHDL)ni qo‘llash.
Raqamli sxemalarni loyihalash, modellash va tahlillash standartlari: IEEE
754, ASCII, Unicode.
Keyingi yillarda elektr va elektron sxemalarni loyihalash, modellash va olish
jarayoni katta tezlik bilan rivojlanib bormoqda. Bunday ishlarda hisoblash jarayoni
o’tgan asrning 70- yillarigacha kalkulyatorlar va kichik elektron hisoblash
mashinalari EHMlarda olib borilar edi. Mini EHMlarning o’rniga 80-yillarning
o’rtalariga kelib hisoblash quvvatlari va imkoniyatlari
uzluksiz ortib borayotgan
personal kompyuterlar (PK) qo’llanila boshlandi. Elektron sxemalarning tahlili
bo’yicha PK larning dasturiy ta`minoti faqat hisoblashlarning algoritmlari va sonli
tahlil usullarini rivojlantirish yo’nalishidagina emas, balki har xil turdagi sxemalar
(analogli, raqamli,
raqamli-analog, impuls va boshqalar) bilan tajribalar o’tkazish
uchun virtual muhitni yaratish imkoniyatini beruvchi foydalanuvchi uchun qulay
interfeysni yaratish yo’nalishida ham rivojlandi.
Elektrotexnika va elektronikani o’rganish jarayoni sxemalarni tahlil va tadqiq
qilish bilan bog`liq. Ushbu jarayonni kompyuter maksimal darajada yengillashtirishi
kerak. Virtual muhit kompyuterda elektr va elektron
sxemalar ustida tajribalar
o’tkazish uchun etarli sharoitlar yaratilgan laboratoriyani amalga oshirishi va
olinadigan natijalarning aniqligi real sharoitlarda olinadigan
natijalar aniqligidan
qolishmasligi kerak.
Modellash real jarayonga maksimal darajadi yaqinlashtirilgan bo’lishi, ya`ni,
sxemani tuzish, unga o’lchash asboblari va ostsillografni ulash,
sxema
elementlarining parametrlarini hamda ishlash rejimlarini o’rnatish va natijalarni
olish jarayonlarini o’z ichiga olishi kerak.
Raqamli sxemalarni loyihalash, modellash va olish jarayoni ularning ma’lum
bir standartlar asosida yaratilishini talab qiladi. Shuning uchun raqamli sxemalarni
loyihalash, modellash va tahlillash uchun IEEE 754, ASCII, Unicode,
sodda
sxemalarni loyihalash uchun yagona HDL standart (masalan IEEE 1364/ Verilog,
IEEE 1076/ VHDL)lari yaratildi va bugungi kunda qo’llanilmoqda.
IEEE 754.
IEEE-Elektr va elektronika muhandislari instituti (IEEE (Institute of
Electrical and Electronics Engineers) tomonidan yaratilgan bo’lib, haqiqiy sonlarni
ikkilik kod ko’rinishida ifodalash uchun ishlatiladi. Bu standart bugungi kunda
ko’plab
mikroprotsessorlarda, mantiqiy qurilmalarda va dasturiy vositalarda
qollanilmoqda.