2-maruza. O’ta cho’kuvchan lyossli gruntlarda barpo etiladigan poydevorlar reja



Download 32,41 Kb.
bet1/3
Sana28.03.2022
Hajmi32,41 Kb.
#514549
  1   2   3
Bog'liq
2-maruza. O’TA CHO’KUVCHAN LYOSSLI GRUNTLARDA BARPO ETILADIGAN POYDEVORLAR (1)


2-maruza. O’TA CHO’KUVCHAN LYOSSLI GRUNTLARDA BARPO ETILADIGAN POYDEVORLAR


Reja:
2.1. Umumiy ma‘lumotlar
2.2. Lyossli gruntlarning o’ta cho’kuvchanlik ko’rsatkichlari
2.3. O’ta cho’kuvchan gruntlarda poydevor barpo etish


2.1. Umumiy ma‘lumotlar

O’zbekistonda, ayniksa uning Qashqadaryo, Surxandaryo va Toshkent viloyatlari hududlarida lyosslar va lyossimon gruntlar deb ataladigan tog’ jismlari keng tarqalgan bo’lib, ular o’zlarining suv ta‘siridagi o’ta cho’kuvchanligi bilan odatdagi gruntlardan farq qiladi. Qattiq zarrachalarining donadorlik tartibiga ko’ra, ular asosan sog’ va qumok tuproqlar turkumiga kiradi.


Lyosslar va lyossimon gruntlar qattiq zarrachalarining asosiy qismini chang zarrachalari tashkil etadi. Gil zarrachalarining miqdori odatda 15...20% dan ko’p bo’lmaydi. Ularning tarkibida shuningdek, gumus, gips, ohak va shunga o’xshash suvda oson eriydigan minerallar ham mavjud bo’ladi.
Tabiiy holda lyossli gruntlar o’ta g’ovak tuzilishga egadirlar. Ularning g’ovakligi odatda 44...50% ni tashkil etadi. G’ovaklarining o’lchamliri qattiq zarrachalar o’lchamlaridan bir necha o’nlab, hatto yuzlab marta katta bo’lganligi sababli, ularning bevosita qurollanmagan ko’z bilan ham ilg’ash mumkin. Bir-biri bilan to’tashib ketgan bundan makrog’ovaklar asosan vertikal yo’nalishda joylashadi. Shu sababli, ularning turli sabablarga ko’ra yemirilishi (nurashi)da bir necha metr balandlikda saqlanadigan vertikal yonbag’irlarni kuzatish mumkin.
Quruq va kam namlangan (5...2%) holatlarda lyossli gruntlar ancha yuqori mustahkamlik ko’rsatkichlariga ega bo’lib, turg’un zaminlarga xos sifati bilan ajralib turadi. Lekin qo’shimcha namlanish ular strukturasining keskin bo’zilishiga, ya‘ni katta miqdordagi cho’kishlarga olib keladi. Tabiiy holdagi yuqori mustahkamlik va suv ta‘siridagi o’ta cho’kuvchanlik lyossli gruntlar tarkibida karbonat va suvda tez eriydigan gips, natriy xlorid, ohak singari minerallarning mavjudligi bilan asoslanadi. Bu minerallar gruntning quruq holatdagi zarrachalari orasida yetarlicha mustahkam kristallizatsion bog’lanishlarni hosil qilgan holda, suv ta‘sirida tezda erish xususiyatiga egadirlar.
SHunday qilib, lyossli gruntlarning o’ta cho’kuvchanligi donadorlik tarkibining o’ziga xosligi, tuzilishining yirik va katta miqdordagi g’ovaklarga egaligi va tarkibida suvda eriydigan minerallarning ko’pligi bilan asoslanadi.



Download 32,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish