2.2. Lyossli gruntlarning
o’ta cho’kuvchanlik ko’rsatkichlari
Lyosslar va lyossimon gruntlarning o’ta cho’kuvchanligi laboratoriya ustaxonalari sharoitida, grunt namunasining yonboshga kengayish imkoniyatini cheklovchi qurilmalar yordamida o’rganiladi. O’ta cho’kuvchanlikni baholashda, ko’pincha grunt namunasini odometr yordamida zichlanishga sinash natijalariga asoslaniladi. Shunday sinovlar natijasida namuna balandligining o’zgaruvchan r bosimga nisbatan bog’lanish grafigi (2.1-rasm) quriladi va gruntning nisbiy o’ta cho’kuvchanlik koeffitsienti quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
y = (hю - hy)/h0 , (2.1)
bu yerda hю - tabiiy namlikdagi grunt namunasining inshoot qurilgandan keyin ta‘sir qiladigan yukga mos bosimdagi balandligi; hy - namunaning shu bosim ostida qo’shimcha namlangandan keyingi balandligi; h0 - tabiiy namlikdagi namunaning zamin gruntining o’rganilaetgan chuqurligidagi tabiiy kuchlanishiga mos bosim bilan zichlangandan keyingi balandligi
Agar y < 0,01 bo’lsa, grunt o’ta cho’kuvchan deb hisoblanadi. Nisbiy o’ta cho’kuvchanlik namlanish paytida qo’yiladigan r bosim miqdoriga ham ko’p jihatdan bog’liqdir. Bir necha namunalarni qo’shimcha namlashdan so’ng, ularga turli miqdordagi r bosimlarni ta‘sir ettirib va mos ravishdagi y koeffitsientining qiymatlarini aniqlab y = f(р) bog’lanishining grafigini qurish mumkin (2.2-rasm). Bunday grafiklar y=0,01 dagi o’ta cho’kuvchanlikning quyi chegarasini tavsiflovchi boshlangich рy bosimni aniqlash imkoniyatini beradi. Bosimning р<рy qiymatlarida, lyossli grunt o’ta cho’kuvchan emas deb qaraladi.
2.1 – rasm. Lyossli gruntning defor- 2.2 – rasm. ( = ( (R) bog’lanishning
matsiyalanish grafigi grafigi
2.3 – rasm. Lyossli grunt sirtining suv ta‘siridagi o’ta cho’kishi: 1 – gruntning
o’ta cho’kishdan keyingi sirti; 2 – gruntning o’ta cho’kishgacha bo’lgan sirti;
3 – sepilgan qum qatlami; 4 – suvlangan grunt
Poydevor zaminadigi lyossli grunt qatlamlaridan olingan namunalarni laboratoriya sharoitida sinash natijalari asosida o’ta cho’kish (Sy) miqdorini quyidagi ifoda bo’yicha aniqlash mumkin:
Sy = y,i hi c, y , (2.2)
bu yerda y,I – i qatlamdagi gruntning nisbiy o’ta cho’kuvchanlik koeffitsientni; hi – i qatlam qalinlagi; c, y – grunt sharoitini hisobga oluvchi koeffitsient.
Grunt sharoitini hisobga oluvchi koeffitsient poydevor tag yuzasining kengligi b ga bog’liq bo’lib, agar b 12 m bo’lsa, c,y=1,0. Agar b3 m bo’lsa, bu koeffitsientining qiymati quyidagi formula bo’yicha hisoblab topiladi:
c,y = 0,5 +1,5 (р - рy)/р0 , (2.3)
bu yerda r – poydevor tovonidagi bosimning o’rtacha qiymati; р0 – 20 kPa ga teng bosim.
Poydevor tovonining kengligi 3 m < B < 12 m oraliqda bo’lganda, c,y koeffitsientning qiymati B = 3 m va B = 13 m kengliklar uchun aniqlangan qiymatlarni interpolyatsiya qilib topiladi.
O’ta cho’kuvchanlikni, qurilish maydonchasida qazilgan tajribaviy handakni, suv quyib sinash yo’li bilan yanada aniqroq baholash mumkin. Bunda handakning kengligi Вк ni cho’kuvchan grunt qatlamlarining umumiy chuqurligi Hy dan biroz kattaroq o’lchamda qabul qilish tavsiya etiladi. Suvning cho’kuvchan qatlamlarga erkin sizib o’tishini ta‘minlash uchun, handak tubiga uncha katta bo’lmagan qalinlikda qum sepiladi.
Qo’shimcha namlanish natijasida strukturasi bo’zilgan grunt, o’z og’irigi ta‘sirida, handak tubi va qisman yon qirg’oqlari bo’ylab cho’kadi (2.3 - rasm).
Gruntning cho’kuvchanlik bo’yicha holati handak markazidagi o’ta cho’kish miqdori (Sуд) bo’yicha baholanadi. Handak kengligi cho’kuvchan qatlamlarning umumiy chuqurligidan kichik bo’lsa, gruntda maksimal o’ta cho’kuvchanlik yuzaga kelmasligi ham mumkin. Bunday hollarda, o’ta cho’kishning haqiqiy miqdori quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi.
_________________
Sу.д = Sу.д Вk ( 2- B K/ HY) / Ну , (2.4)
bu yerda Sу.д - tajribada kuzatilgan o’ta cho’kish miqdori; Вk – handak tubining kengligi; Hy – cho’kuvchan gruntlar qatlamlarining umumiy chuqurligi.
Qo’shimcha namlanish va o’z og’irligi ta‘sirida deformatsiyalanishi bo’yicha o’ta cho’kuvchan gruntlar ikki turga bo’linadi:
birinchi tur – qatlamlarining cho’kish miqdori 5 sm gacha bo’lsa;
ikkinchi tur – qatlamlarining umumiy cho’kishi 5 sm dan katta bo’lsa.
2.3. O’ta cho’kuvchan gruntlarda poydevor barpo etish
O’ta cho’kuvchan gruntlarning hisobiy qarshiligi va poydevor o’lchamlari umumiy qabul qilingan usullar bo’yicha aniqlanadi. O’ta cho’kuvchan zaminlar hisobining zaruriy shartlaridan biri, ularni chegaraviy holatlarning ikkinchi guruhi bo’yicha deformatsiyalarga tekshirish bo’lib, bu shart quyidagicha ifodalanadi:
S = Sp + Sy Su , (2.5)
бu yerda S – inshoot zamindagi vertikal deformatsiyalar yig’indisi; Sp – tabiiy namlikdagi zamin gruntlarning inshootdan uzatiladigan yuk ta‘siridagi cho’kishi (qatlamlab yig’ish usuli bo’yicha aniqlanishi mumkin); Sy – qo’shimcha namlangan gruntning o’ta cho’kish miqdori; Su – loyihalanadigan inshoot uchun ruxsat etilgan chegaraviy cho’kish.
Agar (2.5)–shart ta‘minlanmasa, o’ta cho’kishni oldini olish bo’yicha maxsus tadbirlar qo’llaniladi. Suv xo’jaligi qurilishi ob‘ektlarini barpo etishda bunday tadbirlarga asosan quyidagilar kiradi.
1. Inshoot zaminidagi gruntlarni oldindan ho’llash (suvga to’yintirish). Bu tadbir nafaqat o’ta cho’kuvchanlikni, shuningdek gruntning suv o’tkazish qobiliyati (filtratsiya)ni ham kamaytiradi.
2. Gruntni mexanik usullarda zichlashtirish (sun‘iy asos hosil qilish). Bunda asosan silliq va mushtli statik zichlovchi mashinalardan va pnevmozichlovchilardan foydalaniladi.
3. Inshootlarda o’ta cho’kuvchanlikka chidamli konstruktsiyalarni qo’llash, inshoot qismlarini deformatsiya choklari bilan ta‘minlash.
4. O’ta cho’kish sodir bo’ladigan boshlangich davrlarda vaqtinchalik inshootlardan (masalan, vaqtinchalik kanallardan) foydalanish. Bunda asosiy inshootlar o’ta cho’kish jarayoni yakunlangandan so’ng barpo etiladi.
5. O’ta cho’kuvchan grunt qatlamlarini kesib o’tuvchi qoziqli poydevorlarni qo’llash (asosan akveduklar, konsolli sharsharalar va ko’priklarni barpo etishda qo’llaniladi).
6. Portlatish yordamida gruntning o’ta cho’kuvchanlik xususiyatini kamaytirish. Bunda suv ostida portlatish usuli ko’proq samara beradi.
7. Aralash usullar yordamida gruntni zichlash (masalan, gruntni oldindan qo’shimcha namlab, so’ngra uni mexanik usullarda zichlashtirish).
O’ta cho’kuvchanlikni kamaytirish yoki uni butunlay bartaraf etish tadbirini tanlashda ularning bir necha usullarini texnik-iqtisodiy nuqtai nazardan taqqoslab, so’ngra yakuniy to’xtamga kelinadi. Shuningdek, mazkur masalani hal etishda, inshoot zaminini suvdan himoyalovchi maxsus qurilmalardan (masalan, shpuntlardan) foydalanish imkoniyatlarini ham inobatga olish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |