XULOSALAR
So`ngi o`rta asr davrida yangi ishlab chiqarish munosabatlari kelib chiqdi.
Yollanma, keyinchalik esa doimiy qirol qo`shinlarining paydo bo`lishi, o`q
otadigan
qurolning va boshqa yangi harbiy
texnikaning kashf etilishi,
ritsarlik otliq askarlar
rolining pasayishiga va ritsarlik tarbiya tizimining inqirozga yuz tutishiga olib keldi.
So`nggi o`rta asr davridagi gumanistlar ta’limi cherkov ta’siridan
ozod qilish
uchun va maktablarda jismoniy tarbiyani joriy qilish uchun kurash olib bordilar.
O'rta asrlarda jismoniy madaniyat yangi shakllar va mazmunlaiga ega bo'lgan
holda, ularning deyarli barcha vositalari qadimgi ajdodlar jismoniy madaniyat negizida
rivoj topdi.
XV-XVII asrlarda Yevropa mamlakatlarida gumanistlar va utopistlar
tomonidan yoshlarni
jismoniy va ma'naviy jihatdan tarbiyalashga doir yangi g'oyalar ilgari surildi.
Shu asosda
tibbiyot, pedagogika va boshqa fanlar rivojlandi.Sanoat,
qurilish, texnika
va boshqa sohalardagi
kashfiyotlar davlatlarning iqtisodiy-madaniy jihatdan rivojlanishiga sabab bo'ldi.