2-ma'ruza. O‘rta asrlarda Buyuk Britaniya, Germaniya, aqsh, Fransiyada jismoniy tarbiyani rivojlanishi Reja


Osiyo, Afrika va Amerika qit'alarida jismoniy tarbiya va sport



Download 209,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana17.04.2023
Hajmi209,67 Kb.
#929344
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
2-ma\'ruza

Osiyo, Afrika va Amerika qit'alarida jismoniy tarbiya va sport 
 
Osiyo, Amerika va Shimoliy Afrika mamalakatlarida qadimgi an'analarning uzoq 
saqlanishi bu hududlarda feodal tuzumi va jismoniy madaniyatning sekin rivojlanishiga 
olib keldi. Shunday bo'lsada, eski an'analar zamirida yangi an'analar paydo bo'la 
boshladi. 
Osiyo mamlakatlari. O'rta asrlarda qadimgi jismoniy madaniyat tajribalari 
Hindistonda keng tarqaldi. Bunda kurash, kamondan o'q otish, yugurish, ot o'yinlaridan 
foydalanildi. Milliy raqslar bilan birgalikda xatxa-yoga (hind gimnastikasi), ya'ni 
gavdaning harakat me'yorlari, marosim (ritual) o'yinlari va boshqalar ommalasha 
boshladi. 
Xitoy. Dehqonlarning «sariq ro’mollilar» deb atalgan mashg'ulotlari III-V asrlarda 
davom etib kelgan. Bunda qurolsiz jang usullari avjiga chiqqan. Chunki hukmdorlar 
aholidan qurollarni yig'ib olgan va ularni ishlatishni taqiqlagan edi. VI asrda Xitoy 
gimnastikasi (ushu) tez rivoj topdi. Bunda qo'l va oyoqlarni ishlatib jang qilish, kaft va 
uning qirralari bilan urish amalga oshirilgan. Min sulolasi hukmronligi davrida ushu 
keng rivojlangan edi. Unda 20 xildan ortiq qurollar va tayoqlar qo'llanilgan. Lekin o'q 
otish qurollarining paydo bo'lishi bu turlar taraqqiyotini ancha pasaytirdi. Shunga 
qaramasdan, ushu mashqlaridan davolash maqsadida foydalanish davom etgan. Xitoyda, 
shuningdek, ot ustida chavgon yugurish va hindlarga xos xatxa-yoga bo'yicha 
musobaqalar o'tkazilib turilgan. 
Yaponiya. O'rta asrlarda Yaponiyada jismoniy madaniyatning rivojlanishi 
Samuraylar institutining tashkil etilishi bilan bevosita bog'liqdir. Samuraylar mayda 
dvoryanlarning harbiy-feodal tabaqasi bo'lib, ularning jismoniy tarbiya tizimi (busido) 
xilma-xil kurash turlari: sumo, jiu-jitsu va karate, bitta yoki ikkita qilich - kendo bilan 
jang qilish san'ati, nayza ishlata bilish (noginata), piyoda va otda yugurishda kamondan 
o'q otish, marosim bellashuvlar, turli xil to'p o'yinlari kabi mashqlarni o'ziga 
mujassamlashtiigan. 
Markaziy Amerika xalqlari. Yevropaliklar mustamlaka qilib olgan davrlaigacha bu 
mintaqada inklar, mayya va aseteklar davlatlari mavjud bo'lgan. XII asrlarda bu 
mamlakatlarda ma'lum darajada jismoniy tarbiya tizimi mavjud bo'lgan. Bunda davlat 
miqyosida va oila sharoitida tarbiya berish amalga oshirilgan. Tashkil qilingan 
maktablarda o'yinlar va boshqa jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishgan. Kamondan o'q 
otish, tayoqlarni (nayza) uloqtirish, qilich va qalqon bilan ishlash karatega o'xshash 
kurash kabi harbiy-jismoniy tayyorgarlik amalga oshirilgan. Inklar va aseteklarda uzoq 
masofalarga yugurish hayotiy ehtiyoj bo'lib hisoblangan. Ko'pchilik o'yinlar va mashqlar 
bu xalqlarning diniy marosimlari, urf-odatlari bilan bog'liq bo'lgan. Shuningdek, 


qabilalararo o'yinlar, diniy bayramlar, tantanalar, atletik musobaqalar tashkil etilgan. 
Butun jismoniy tarbiya tizimi aborigen xalqlarning mehnat, harbiy va hayotiy turmushida 
katta o'rin tutgan. Yevropaliklarning bosqinchilik, talon-taroj qilish, o'ldirish, majburlash 
kabi harakatlari Amerika xalqlarining jismoniy madaniyat tizimi rivojlanishiga salbiy 
ta'sir etgan. 
Afrika mintaqasidagi xalqlar. O'rta asrlarda Afrika xalqlari orasida mehnat, harbiy 
ishlar va ijtimoiy turmush orqali jismoniy madaniyat shakllari belgilangan. Jismoniy 
tarbiya oilada, ovchilar tomonidan qabilada va «xudo»lar uyida berilgan. Ko'pincha 
musobaqalashish shaklida amalga oshirilgan. Bunda kamondan o'q otish va tayoqlarni 
mo'ljalga tekkizish (viyel), ustunga kim o'zarga tirmashib chiqish kabilar qo'llanilgan. 
Raqslar bilan birgalikda harbiy mashqlar qo'shib o'rgatilgan. Yoshlarni harbiy jihatdan 
tayyorlash maqsadida oilada yoki «xudo»larning uylarida qabila, urug' boshliqlari 
rahbarligida turli xil an'anaviy marosimlar tashkil etilgan. Bunda kurash, nayza va lappak 
uloqtirishdan keng foydalanilgan. O'g'il va qizlardan iborat yoshlarni tarbiyalash tizimida 
tamtam sadolari ostidagi an'anaviy (ritual) raqslar, turli harakatli o'yinlar, akrobatik 
mashqlar asosiy vosita sifatida xizmat qilgan. An'anaviy marosimlar kurashsiz, 
chidamlilik, epchillik, jasurlikni tarbiyalovchi sport turlarisiz tashkil etilmagan. Bu, o'z 
navbatida, xalqlarning jipsligi, inoqligi, ahilligini ta'minlashga xizmat qilgan. 
Bosqinchilik va mustamlakachilik tayziqi Afrikada milliy jismoniy madaniyatining 
ancha susayishiga sabab bo'lgan. 

Download 209,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish