2-ma’ruza. Fonetikа vа fonologiyagа oid g‘oyalаr. Rus vа chet el fonologik mаktаblаri


Moskva fonologiya maktabining asosiy qarashlari bo'yicha xulosalar



Download 215,39 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana08.06.2022
Hajmi215,39 Kb.
#643286
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2-ma’ruza. Fonetikà và fonologiyagà oid g‘oyalàr. Rus và chet el

Moskva fonologiya maktabining asosiy qarashlari bo'yicha xulosalar: 
1. Moskva fonologiya maktabida fonema nazariyasining asosini fonemaning morfemik aspekti tashkil qiladi. Bu 
maktab vakillarining fikricha , fonema ma'lum darajada mustaqil bo'lgan , demak , so'z va morfemaning tovush qobig'iga 
bog'liq bo'lmagan birlik emas , balki so'z va morfemaning tarkibiy elementidir. Bu nazariyadagi eng muhim asos 
morfemaning bir butunligidir . Demak , bu masalada Moskva fonologlari I.A. Boduen de Kurtenening fonemaga 
morfologik birlik sifatida qarashiga tayanishadi . Ularning fikricha , fonema morfema tarkibida turli pozitsiyada ( har xil 
tovushlar bilan yondosh holatda yoki urg'uli bo'g'inda ) qo'llanadi , shuning uchun morfemaning talaffuzi turlicha bo'ladi. 
Bu hol fonemalarning kuchli va kuchsiz pozitsiyalari haqidagi ta'limotni yuzaga keltirgan. 
2. Kuchli pozitsiyada fonema o'zining aosiy ko'rinishini maksimal saqlaydi va shu ko'rinishida u boshqa fonemaga 
qarama-qarshi qo'yiladi.
Kuchsiz pozitsiyada fonemaning asosiy ko'rinishi o'zgaradi. Masalan , unli fonemaning urg'uli bo'g'inda bo'lishi shu 
unli uchun kuchli pozitsiya ( sad , raz , mal kabi so'zlar tarkibida ) , urg'usiz bo'g'inda bo'lishi esa , kuchsiz pozitsiya ( sam? 
, sado`?, malo`? kabi so'z formalari tarkibida ) sanaladi . Kuchsiz pozitsiyada unli o'zgaradi : s?ma , s?do` , m?lo` kabi . 
Undosh fonemalar uchun kuchli pozitsiya ularning unlidan oldin kelishi ( vod? , bed? kabi ) , kuchsiz pozitsiya esa 
so'z oxirida yoki jarangsiz undoshlar oldida bo'lishidir : kot va kod ( talaffuzda ikkalasi ham kot ) , glas va glaz ( talaffuzda 
ikkalasi ham glas ) kabi. 
3. Pozitsiya tushunchasi bilan Moskva fonologiya maktabida variatsiya va variant tushunchasi ham bog'lanadi .
Masalan , mat , mat', myat, myat' so'zlaridagi " a " ning ottenkalari shu fonemaning variatsiyalari bo'ladi ( perseptiv jihatdan 
kuchsiz pozitsiya natijasi sifatida ) ; prud va prut so'zlari oxiridagi " d " va " t " esa fonema variantlari sanaladi ( signifikativ 
jihatdan kuchsiz pozitsiya natijasi sifatida ) , shuningdek , som? va sam? , les? va lis? so'zlarining birinchi bo'g'indagi unlilar 
ham fonema variantlaridir . Shundan ma'lum bo'ladiki , variatsiyalar bir fonemaga , variantlar esa ikkita har xil
fonemaga tegishlidir . 
4. Ikki fonema o'rtasidagi differensial belgilarning kuchsiz pozitsiyada yo'qolishi Moskva fonologiya maktabi 
nazariyasiga ko'ra neytralizatsiya ( mo''tadillashuv ) sanaladi . Neytralizatsiya , asosan , bir belgi bilan farqlangan 
fonemalarda sodir bo'ladi : plod va plot ( talaffuzda plot va plot ) kabi . 
5. Fonemalar tilda fonologik sistemalarga uyushadi , bu sistemada ular turli zidlanishlar ( oppozitsiyalar ) 
munosabatida bo'ladi . 
6. " Fonema varianti " tushunchasi Moskva fonologiya maktabida " giperfonema " tushunchasi bilan ham 
bog'lanadi . Masalan: som? va sam? ( talaffuzda: sam? va sam?) . Giperfonema : a G` o ; les? va lis? ( talaffuzda : lis?
va lis? ) . Giperfonema : ye G` i kabi .
Praga tilshunoslik to'garagida tilning tovush tomoniga oid qarashlar
17-§. Fonologiyaning ilmiy predmet sifatida shakllanishida Praga tilshunoslik to'garagi nomi bilan ma'lum
bo'lgan funksional tilshunoslik maktabining o'rni kattadir . Bu maktab 1926 - 1952 yillar orasida faoliyat ko'rsatgan .
Uning vakillari qatorida chex olimlari V. Matezius , B. Trnka , B. Gavranek , Y. Vyaxek , Ya. Mukarjovskiy ,
V. Skalichka , Y. Korjinek , rus olim-lari N.S. Trubeskoy , R.O. Yakobson , S.O. Karsevskiy va boshqalar bo'lgan.
Mazkur maktab vakillarining asosiy nazariy qarashlari " Praga tilshunoslik to'garagi tezislari " da ( 1929 y. ) ,
shuningdek qator maqolalarda o'z ifodasini topgan . Bu nazariyaning asosini tilga funksional sistema sifatida qarash
g'oyasi tashkil etadi . Maktabning strukturaviy-funksional konsepsiyasi tilning tovush jihatlarini tadqiq etishga
bag'ishlangan ishlarda ko'proq ko'zga tashlanadi . Bu konsepsiyaga ko'ra fonologiyada til tovushlarining akustik
obrazlariga , ularning sistema ichidagi aloqa-munosabat-lariga , demak , funksional sistema elementi sifatidagi
tavsifiga alohida e'tibor qaratilishi kerak . Shundan kelib chiqib , fonologiyaning vazifa doirasi quyidagicha
belgilanadi :
1. Eng oddiy va ahamiyatli akustik-artikulyasion obrazlarni ( fonemalarni ) , ular o'rtasidagi aloqa-
munosabatlarni aniqlash orqali muayyan tilning strukturaviy sxemasini belgilash . Bunda , xususan , fonologik
korrelyasiyalarga alohida e'tibor berish talab qilinadi . 
2. Muayyan tildagi fonemalarning birikish imkoniyatlarini , shuningdek fonema variatsiyalarining guruhlanishi
va tarqalish darajasini aniqlash . 


3. Muayyan tildagi fonemalarning qo'llanish darajasini , ularning funksional jihatlarini o'rganish .
18-§ . Praga funsional tilshunosligi maktabida morfono-logiya masalalariga ham alohida o'rin berilgan . Bu
nazariyaga ko'ra slavyan tillarida morfonema birinchi darajali ahamiyata egadir . U ( morfonema ) bir morfema
tarkibida o'zaro almashinib keladigan ikki yoki undan ortiq fonema obrazidir . Bunday almashinuv morfologik
struktura xususiyatidan kelib chiqadi . Masalan , rus tilidagi k G` ch morfonemasi ruka , ruchnoy so'zlaridagi k va
ch fonemalari kompleksidan tarkib topadi .
Praga tilshunoslik maktabi tavsiyasiga ko'ra bir tilda mavjud bo'lgan barcha morfonemalar hamda ularning
morfema tarkibidagi o'rinlari sinxron planda aniqlab chiqilishi kerak . Bu ishni barcha slavyan tillari miqyosida
amalga oshirish slavyanshunos-likdagi eng muhim masalalar qatorida qaralishi lozim .

Download 215,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish