Reja:
2. Obyektga yo’naltirilgan dasturlash paradigmasi
3. Obyektni modellashtirish texnologiyasi va unifitsirlangan modellash tili uchun Buch metodi
Unifitsirlangan modellash tili haqida
UML ga kirish: UML bu- unifitsirlangan modellash tili (Unified Modeling Language) hisoblanadi. U asosan obyektga yo`naltirilgan dasturlash masalalarini modellashtirishga mo`ljallangan.Shuning uchun ham biz ishni visual modellashtirishdan boshlaymiz. Ishda UML ning qo`llanilishini ham yoritamiz. Bunga ko`ra biz UML yordamida qanday modellashtirish kerakligini qaraymiz . UML bir qancha turdagi har xil diagrammalardan tashkil topgan modellash tilidir.
Tizimni modellashtirish -bu tizimning mavhum modellarini ishlab chiqish jarayoni bo'lib, unda har bir model o'zgacha nuqtai nazar yoki nuqtai nazarni taqdim etadi. Tizimnimodellashtirish odatda Birlashgan Modellashtirish Tilida (UML) diagramma turlariga asoslangan biron bir grafik modeldanfoydalangan holda tizimni ifodalashni anglatadi. Shu bilan birga, odatda tizimning batafsil spetsifikatsiyasi sifatida tizimning rasmiy (matematik) modellarini ishlab chiqish mumkin. Bu yerda UML-dan foydalanib grafik modellashtirishni yoritiladiva grafik modellashtirish qisqacha 10-mavzuda muhokama qilinadi.Modellar talablarga javob beradigan muhandislik(injiniring)jarayonida, tizim uchun batafsil talablarni olishga yordam berish uchun, tizimni ishlab chiqaruvchi muhandislarga tizimni tavsiflash uchun, va tizimni tuzilishi va ishlashini hujjatlashtirish uchun loyihalash jarayonida qo'llaniladi. Siz mavjud tizimlar va ishlab chiqiladigan tizimlarning modellarini ishlab chiqishingiz mumkin:
UML foydalanuvchilarining aksariyati beshta diagramma turi tizimning zaruriy ma'lumotlarini ifodalashi mumkinligini ta‟kidlashgan. Shunga ko‟ra UML diagrammalarining ushbu beshta turini ko‟rib chiqamiz:
1. Faoliyat diagrammalari (activity diagrams), jarayonlarda yoki
ma'lumotlarni qayta ishlashda ishtirok etadigan faoliyatlarni ifodalaydi.
2. Ishchi diagrammalar (use case diagrams), tizim va uning tashkil
etuvchilari o‟rtasidagi o'zaro ta'sirini ifodalaydi.
3. Ketma-ketlik diagrammalari (sequence diagrams), tizimga ta‟sir etuvchi subyekt va tizim o'rtasidagi o'zaro aloqani va tizim tarkibiy qismlari o'rtasidagi o'zaro aloqani ko'rsatadi.
4. Sinf diagrammalar (class diagrams), tizimdagi ob'ekt sinflarini va ushbu
sinflar o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatadi.
5. Holat diagrammalari (state diagrams), tizimning ichki va tashqi
hodisalarga qanday munosabatda bo'lishini ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |