4. Davlat byudjetining soliqlarga ko’ra tarkibi. Soliq yuki.
Respublikamizda 1992 yilda jami 24 turdagi soliqlar va yig’imlar amalda bo’lgan bo’lsa ularning soni 2000 yili 17 tagacha, 2006 –yilga kelib esa 12 tagacha qisqardi. Ayni 2019 yilga kelib yanada qisqartirilib soddalashtirilmoqda. Soliqlar turining qisqarishi ayrim soliqlarning bekor qilinishi, ayrimlarini esa qo’shib yuborish-unifikatsiya qilish hisobiga ta’minlandi. Masalan ijtimoiy infratuzilma solig’iga obodonlashtirish yig’imi qo’shib yuborilgan bo’lsa, 2006 yilda ekologiya solig’i mutlaq bekor qilindi.
2000-2007 yillarda foyda solig’i stavkasi 31 %dan 10 foizga tushirildi, SHuningdek, tadbirkorlik sub’yektlaridan olinadigan yagona soliq unifikatsiya qilindi, ya’ni unga nobyudjet davlat jamg’armalariga o’tkaziladigan majburiy to’lovlardan yagona yo’l jamg’armasi, maktab ta’limini rivojlantirish jamg’armasiga ajratmalar ham qo’shib yuborildi. YAgona soliq stavkasi 2007 yilda 13 % ga, 2007 yilda esa 8 % gacha pasaytirildi.*
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Deputatlar O’zbekiston Respublikasining 2018 yilgi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalarining byudjetlari, shuningdek soliq va byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlarini ko’rib chiqdilar.
Deputatlar ta’kidladilarki, joriy yilda belgilangan chora-tadbirlarni o’z vaqtida va to’liq moliyalashtirishni ta’minlashga qaratilgan kuch-g’ayratni safarbar etish yuzasidan talay tizimli ishlar amalga oshirildi. Bunda mahalliy byudjetlar mustaqilligini oshirish, daromadlar tushumlarining qo’shimcha manbalarini aniqlash, shuningdek ularni jalb etish hisobiga byudjetning daromad qismini shakllantirish borasida sifat jihatidan yangicha yondashuvlardan foydalanildi. Bularning barchasi pirovard natijada belgilangan makroiqtisodiy ko’rsatkichlarga erishish imkonini berdi. Joriy yil byudjeti barcha nazarda tutilgan xarajatlar bajarilgan va tasdiqlangan dasturlar moliyalashtirilgan holda YAIMga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan ijro etilishi kutilmoqda.
Davlat byudjeti birinchi marta jahon moliya institutlari tomonidan e’tirof etilgan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, baholash indekslari asosida tuzilganligi ko’rsatib o’tildi. 2018 yilda YAIM 290,6 trln. so’m miqdorida bo’lishi prognoz qilinmoqda, deflyator 14,1 foizni, iste’mol narxlari indeksi 12-13 foizni tashkil etadi. Davlat byudjetini YAIMga nisbatan 0,02 foiz profitsit bilan tasdiqlash taklif etildi.
SHu bilan birga, 2018 yilgi soliq siyosatining xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va aholi daromadlariga soliq yukini yanada kamaytirishni, mahalliy byudjetlar daromadini oshirishni nazarda tutuvchi asosiy yo’nalishlari belgilanganligi alohida e’tirof etildi. Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq yuki darajasini fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan hisobraqamlariga ajratmalar miqdorini 1 foizdan 2 foizgacha oshirish hisobiga kamaytirish, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkasini pasaytirish taklif etildi. SHuningdek bir xildagi soliq solinadigan bazaga ega bo’lgan soliqlar va to’lovlarni birlashtirish yo’li bilan soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar sonini qisqartirish taklif etilmoqda.
Prognoz ko’rsatkichlar 2018 yilda ijtimoiy sohani qo’llab-quvvatlash bo’yicha ishlar davom ettirilishidan dalolat bermoqda. Xususan, ijtimoiy soha xarajatlari 34,7 trln. so’mni tashkil etadi.
Deputatlar tibbiy xizmatning avtomobil’ parkini yangilash, respublika va hududiy muvofiqlashtirish-dispetcherlik xizmatlarining ma’lumotlarini yagona uzatish tarmog’iga birlashtirish bo’yicha ishlarni davom ettirishga taalluqli takliflarni qo’llab-quvvatladilar. Ana shu maqsadlar uchun 141 mlrd. so’m ajratish rejalashtirilmoqda.
Barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari va Ekologik harakat deputatlar guruhining so’zga chiqqan vakillari Hukumat tomonidan taqdim etilgan 2018 yilgi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining loyihasini, shuningdek soliq va byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlarini qo’llab-quvvatlashni taklif etdilar. Loyiha Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |