10.1.-diagramma
Bizga ma’lumki YAgona yo’l jamg’armasi, Maktab ta’limini rivojlantirish jamg’armasi, Pensiya jamg’armasi, Kasaba uyumasi jamg’armasi va Bandlilikka ko’maklashish jamg’armasini o’z ichiga olgan davlat nobyudjet fondlariga to’lovlar ham soliq mazmuniga ega bo’lib tovarlarlar va xizmatlar tannarxiga, ularning sotilish bahosi ko’tarilishiga, raqobatbardoshliligi pasayishiga olib keladi, shuningdek korxonalar moliyaviy resurslari qisqarishini keltirib chiqaradi. Nobyudjet davlat jamg’armalarini ham qo’shib hisoblanadigan jamlanma byudjet daromadlarining YAIMdagi ulushi sifatida aniqlanadigan soliq yukining ham kamayishini kuzatishimiz mumkin.
Iqtisodiyotga soliq yukining pasaytirilishi korxonalarning moliyaviy resurslarining ko’payishiga olib keldi. “ Bu o’z navbatida investitsiyalarnig ko’payishi, korxonalarning aylanma mablag’larini to’ldirish, ishchi va xizmatchilarning ish haqi va daromadlarini oshirish uchun qo’shimcha manba bo’lib xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |